Kirish I bob : tarjimaning turlarga bo`linish mezonlari


II BOB : TARJIMANING TURLARINI KELIB CHIQISHI VA XUSUSIYATLARI


Download 155.47 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi155.47 Kb.
#1527398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KETMA -KET VA SINXRON TARJIMA

II BOB : TARJIMANING TURLARINI KELIB CHIQISHI VA XUSUSIYATLARI
2.1 SINXRON TARJIMA VA UNING TARIXI HAQIDA
Har qanday nutqda 2 ta asosiy lahza majud. Ular nutqning boshlanish va tugashidir. Tarjimon aynan shularga o‘z e’tiborini qaratishi lozim. Agar u aniq bo’lmasa va o'tkazib yuborgan bo’linsa, so‘zlovchiga fikringizni oydinlashtira olasizmi? deb savol bering. Tarjimon so‘zlovchining fikrini o‘zining so‘zlari orqali ko‘proq ifoda etsa, tarjimaning sifati yahshiroq bo’ladi. Tarjimon ko‘proq ijodiy yondoshsa, uning tarjimasi to‘g’ri bo’ladi.
Sinxron tarjima ogʻzaki tarjimaning eng qiyin hamda muhim turlaridan bir hisoblanib, unda tarjimon ketma-ket tarjimadan farqli oʻlaroq asliyat tilidagi notiq nutqini bir vaqtning oʻzida tarjima tiliga tarjima qila borishi tushuniladi[1]. Sinxron tarzda tarjimani olib boruvchilar sinxron tarjimon yoxud sinxronist deyiladi.
Odatda, sinxron tarjima amaliyoti maxsus uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Baʼzida individual tinglovchilar uchun pichirlash texnikasi qoʻllaniladi. Sinxron tarjima imkoniyati zamonaviy tillarda taxminan 50% ni tashkil qiladi. Unda so'zlar hech qanday yangi maʼlumot boʻlmagan soʻzlar ulushiga toʻgʻri keladi, shu bilan birga maʼlumotning bir qismi tinglovchilar tomonidan toʻla toʻkis qabul qilinmay qoladi.
Aslini olganda, sinxron tarjima 20-asrga kelibgina qoʻllanila boshlandi. 19-asr oxiri – 20-asrning boshlari insoniyat faoliyatining koʻplab sohalarida – sanoat, fan, savdo-sotiqda jadal rivojlanish boʻlgani bilan ajralib turadi. Xalqaro hamkorlik oʻsib bora boshlagan ham yangi shakllarga kasb etgan. Keskin ortib borayotgan talabni qondira oladigan yangi aloqa imkoniyatlariga ehtiyoj sezila boshladi. Sinxron tarjima birinchi marta 1919-yilda Parijdagi tinchlik konferensiyasida qoʻllanilgan. SSSRda sinxron tarjimadan ilk bor 1926-yilda, Kominternning 6-kongressi paytida istifoda etilgan. Sinxron tarjimonlarning saʼy-harakatlari tufayli akademik Pavlovning 1935-yilda Leningradda boʻlib oʻtgan XV Xalqaro fiziologik kongressdagi ochilish nutqi ingliz, nemis va fransuz tillarida oʻtkazildi. Kommunistik partiyaning 20-syezdi oltita tilda olib borilgan[2]. 2-Jahon Urushidan soʻng 1946-yildagi Nyurnberg Xalqaro harbiy sudida ilk marotaba sinxron tarjimadan foydalanildi[3]. Sinxron tarjima talabi dastlab tarjima bilan shugʻullanuvchilarning mutlaq aksariyatini sarosimaga soldi. Hatto sinxron tarjima tanqid ostiga olinib, uning maqsadga muvofiq emasligi haqida mulohazalar bildirildi. Shunga qaramay, sinxron tarjima imkoniyatlarining amalda namoyish qilinishi natijasida tez orada yangi soha mutaxassislarini tayyorlash dasturlari ishlab chiqila boshlandi. Sinxron tarjimaning kasbiy va akademik mezonlari belgilandi. Biroq hali-hanuz koʻpchilikning sinxron tarjimaga skeptik nazar bilan qarashi seziladi.
Maxsus uskunalar — bu sinxron tarjima tizimi (statsionar yoki simsiz nutq uzatishga asoslangan) boʻlib, odatda statsionar yoki yigʻiladigan stend (kabina), bu yerda sinxron tarjima tizimi, shu jumladan ikki juft minigarnituralar va tarjimonlar uchun mikrofon mavjud. tarjimani talab qiladigan ishtirokchilar soniga qarab minigarnituralar yoki koʻchma qabul qiluvchilar toʻplami turlicha boʻladi. Tarjima qilish paytida sinxron tarjimon ovoz oʻtkazmaydigan quloqchin kiygan izolyatsiya qilingan kabinada boʻladi, shunda oʻz ovozi notiqning ovozini eshitishga xalaqit bermaydi. Qatnashchilar esa maxsus quloqchinlarda tarjimani eshita boradilar. Sinxron tarjima texnologiyalaridan foydalangan holda, odatda, koʻp odamlar ishtirok etuvchi tadbirlar hamda kongress, konferensiya, seminar, prezentatsiya kabi katta konferens-zallarda yoki auditoriyalarda oʻtkaziladi.
Sinxron tarjima
Sinxron tarjimada, tarjimon tarjima qilish kabinasida o‘tiradi va naushnik (quloq eshitgich) orqali so'zlovchini tinglaydi, so‘ng tinglash chog’ida mikrofon orqali tarjima qiladi. Konferensiya xonasidagi delegatlar asosiy tilni naushnik orqali tinglashadi.
Sinxron tarjimon imo-ishoralar orqali ham bajariladi (kar va soqovlar uchun). So‘zlangan tildan imo-ishora tiliga tarjima qilinadi. Imo-ishorada tarjimonlar kabinada o‘tirishmaydi: ular so'zlovchini ko‘ra oladigan va boshqa qatnashchilarga ko'rina oladigan konferensiya xonasida turishadi. Pichirlab tarjima qilish sinxron tarjimaning shunday shakliki, bunda, tarjimon konferensiya xonasining kabinasida emas, balki tarjima kerak bo’lgan delegatning ortida o’tiradi va nutqning asosiy mazmunini delegatning quloqlariga pichirlaydi.
Tarjimonning bu shakllardan foydalanishi konferensiya muhitida chegaralanmagan. Sinxron tarjima, misol uchun katta konferensiyalarda, forumlarda ishlatiladi va pichirlab tarjima qilish biznes uchrashuvlarda ishlatilishi mumkin.4
Konferensiya tarjimonlari, o‘z navbatida, ular tarjima qilayotgan delegatlar o‘rnida bo’lib qolishadi. Ular birinchi shaxs, delegat nomidan gapiradi. “U dediki, o‘ylashicha, bu yaxshi fikr ekan” kabi gaplarni tarjima qilmaydi. Konferensiya tarjimoni delegatning gapirish ohangiga tushgan holda tarjima qilishi lozim. Konferensiya tarjimoni nutqning qanday davomiylikda bo‘lishiga qaramasdan uni tarjima qila olishi kerak. Ular tarjima texnologiyasini o‘rganib olgan bo’lishlari lozim. Amaliyotda, agar tarjimonlar 5 daqiqalik nutqni qoniqarli deb hisoblashsa, ular har qanday davomiylikdagi nutqni tarjima qila olishlari zarur.
Konferensiya tarjimonlari aniq vaqtda ishlaydilar. Hattoki ketma-ket tarjima chog’ida ham ular so‘zlovchi gapini tugatgandan so‘ng tezda harakatga tushishlari va ularning tarjimasi tez va maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, tarjimonlar faqatgina taxlil va fikrlarni qayta sintez qilishga emas, balki juda ham tez bajarish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.
Hozirgi kunda sinxron tarjima mahsus moslamalar bilan bajarilyapti: delegatlar kabinada so‘zlanayotgan gapni naushnik orqali tinglab o‘tirgan tarjimonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikrofonda gapirishadi: tarjimonlar tarjimani eshitishni istayotgan, naushnik kiyib olgan delegatlarga mikrofon orqali tarjima qilishadi. Ba’zi hollarda moslamalar mavjud bo’lmasa ham, sinxron tarjima pichirlash orqali amalga oshiriladi. Qatnashchilardan biri so'zlaydi va bir vaqtning o‘zida tarjimon tarjima xizmatini talab qiluvchi bir yoki ko‘pi bilan ikki insonning quloqlariga pichirlab tarjima qiladi.
Shu ayonki, sinxron tarjimaga ketma-ket tarjimaga qaraganda kamroq vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, sinxron tarjima bilan ko‘p tillilik tarjimani ta’minlash imkoni ko‘proqdir, xuddi olti tillilik (BMT) yoki yetti tillilik (Yevropa jamiyati)ga o‘xshab. Ushbu imkoniyat berilgach va halqaro tashkilotlar orasidagi hamkorlik kengaygach, ko‘proq tarjimalar sinxron tarzda qilinmoqda. Sinxron tarjima Birinchi jahon urushi paytida vujudga kelgan. O’sha davrda fransuz tili xalqaro til hisoblangan va muhim xalqaro uchrashuvlar Fransiyada bo’lib o’tgan. Birinchi jahon urushi davrida tarjimonlar ko‘magiga muhtoj bo’lgan yuqori martabali Amerika va Britaniyalik muzokara olib boruvchi shaxslar fransuz tilini bilmasdilar. Ayniqsa, Nuremberg (Nuremberg) va Tokio (1946—1968) sud jarayonlaridan so‘ng konferensiya tarjimasi keng qamrovli bo’lib ketdi. Hozirdabu keng tarzda faqatgina konferensiya emas, balki radio va televideniya dasturlarida ham qo‘llanilyapti.

Download 155.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling