Kirish Kuchlanish, tok va qarshilik


Sxema iste’molchisi va manbani ekvivalent qarshiligi


Download 395.81 Kb.
bet9/30
Sana31.01.2024
Hajmi395.81 Kb.
#1828765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Elektrotexnika

Sxema iste’molchisi va manbani ekvivalent qarshiligi. Siz ishonch hosil qildingizki, qandaydir o’zgarmas kuchlanish berilgan kuchlanish bo’lgichi qandaydir kuchlanish manbaiga ekvivalent va u unga ketma – ket ulangan rezistorga; masalan, kuchlanish bo’lgichi 10kOm – 10kOm , bunda ideal batareykadan 30V kuchlanish beriladi, u batareykadagi 15V kuchlanishga aniq ekvivalent, u qarshiligi 5kOm li resistor bilan ketma – ket ulangan (rasm 1.11). Rezistorni iste’molchi sifatida ulanishi bo’luvchi sxemani chiqishida kuchlanish tushuvini keltirib chiqaradi va unga manbadagi qandaydir qarshilik mavjudligi ta’sir qiladi (kuchlanish bo’luvchisi uchun ekvivalent qarshilikni eslaymiz, agar uni chiqishi kuchlanish manbai sifatida bo’lib chiqsa). Ko’pincha bu hodisa yaxshi emas. Bu muammoni yechish uchun yondashuvlardan biri “chidamli” kuchlanish manbai hosil qilishdir. U kuchlanish bo’lgichida kichik qarshilikli rezistorlardan foydalanishdan iborat. Ayrim hollarda bunday yondashuv foydali hisoblanadi. Ammo hammasidan yaxshi kuchlanish manbaini hosil qilish bo’lib, uni ko’pincha faol komponentlardan foydalanilgan ta’minot manbai deyiladi, bularga tranzistorlar yoki amaliy kuchaytirgichlar kiradi, ular bilan biz 2 – 4 boblarda tanishamiz. Bunday yondashuv kuchlanish manbaini hosil qilish imkonini beradi, uning ichki qarshiligi milliomlarni tashkil qiladi (Omni mingdan bir xissasi), shu vaqtda katta toklar talab qilinmaydi va ancha katta quvvat sochilmaydi, bu esa past omli kuchlanish bo’lgichlari uchun harakterli hisoblanadi. Ulardan tashqari faol ta’minot manbaida chiqish kuchlanishini boshqarish qiyinchilik tug’dirmaydi.

Rasm 1.13
Ekvivalent ichki qarshilik tushunchasi barcha turdagi manbalar uchun qo’llasa bo’ladi faqat batareya va kuchlanish bo’lgichlari uchun emas. Barcha signal manbalari (masalan, sinusoidal signallar generatorlari, kuchaytirgichlar va o’lchov asboblari) ekvivalent ichki qarshilikka ega. Iste’molchini ulanishi uning qarshiligi ichki qarshilik bilan teng yoki undan kam chiqish parametrlarni ancha kamayishini keltirib chiqaradi. Xohishga qarshi ochiq zanjirda kuchlanishni kamayishi iste’molchi ulangan vaqtida “zanjirni ortqicha yuklanishi” deyiladi. Shu sababli RH>> RЯвнут shartni bajarishga harakat qilinadi, chunki yuqori omli iste’molchi manbaga uncha katta bo’lmagan kuchlantiruvchi ta’sirga ega bo’ladi (rasm 1.14); bunga misol tariqasida keyingi boblarda uchrashamiz. Yuqori omli sharoitlar bunday o’lchov asboblari uchun majburiy hisoblanadi, voltmeter va ossilograf kabi.

Rasm 1.14. Iste’molchi qarshiligi chiqish qarshiligiga solishtirganda katta bo’lishi lozim, chunki manba signali zanjir uzuq bo’ganida kuchlanish qiymatidan pastroq kuchsizlanmasin.
Qabul qilingan ifodalar uchun bir necha so’z aytamiz: ko’pincha “kuchlanish bo’lgichi kirishiga tashqaridan qarshilik” yoki chiqish tomonidan iste’molchidan bir necha omni tashkil qiladi” so’zlarini ko’pincha eshitishimiz mumkin. Bu so’zlarni e’tiborga olishni maslahat beramiz, chunki ular tushunarli shaklda qayerdadir ularga nisbatan resistor borligini bildiradi.

Download 395.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling