Kirish L. Bob. Turkiy tillar haqida umumiy tushuncha


Download 233.75 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi233.75 Kb.
#1588067
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O\'zbek va qirg\'iz tilidagi kelishik shakllari talqini tahriri

Jo‘nalish kelishigi. Turkiy tillarda jo'nalish kelishigining -qa/ -ga / -ga, -ka/-ga/-a /-э/ ya/ -qa/ -ja/ a, -ka(<-karu) shakllari qoTlanadi. -ga / -ga, -qa/-ka affikslari jo'nalish kelishigining asosiy shaklini tashkil etadi. Bu shakllarning ishlatilishi, asosan, shu affiksni qabul qiluvchi so‘zning xususiyatiga bogTiq: -ga shakli, odatda, unli yoki jarangli undosh bilan tugagan qattiq o’zakli so‘zlarga qo‘shiladi: barcaga, uyquga, suvga, maqsudga, yolga, aqsamga kabi; -qa shakli jarangsiz undosh bilan tugagan qattiq o‘zakli so‘zlarga qo‘shiladi: xalqqa. Yumshoq o‘zakli so‘zlarga -ga yoki -ka shakli qo’shilgan. Jo‘nalish kelishigi affiksining yumshoq o‘zakli so'zlarga qo'shiluvchi jarangli -ga, jarangsiz -ka shakllari arab yozuvida bir xil ko‘rinishga ega boTgan, ya’ni kof va alif orqali ifodalangan. Singarmonizm qonuniga muvofiq unli yoki jarangli undosh bilan tugagan yumshoq o‘zalcli so'zlarga qo'shilganda, bu affiks -ga tarzida, jarangsiz undosh bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda - kci tarzida talaffuz qilingan.
Turkiy tillar taraqqiyotining dastlabki davrlarida jo'nalish kelishigining -qaru-kciru//- qari/-kari// -ra /-ru shakllari ham iste’molda bo'lgan. Bu affikslar keyinchalik grammatik m a’nosini yo'qotib, so'zning ajralmas qismiga aylangan va bunday so'zlar ravish yoki yordamchi so'zlar turkumiga o'tgan. Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida ham bu shakllarningma’nosi chegaralangan bo'lib, asosan. bir narsa-predmetning boshqa narsa-predmet (obyekt) tomonga yo'nalishini ifodalagan. Keyingi davrlarda -gciru//-gari, -qaru//-kari affiksi tasqan, ickari kabi so'zlar tarkibida saqlangan bo'lib, bu so'zlar hozirda ravish turkumiga o'tgan. Bu jarayon ancha qadimdan boshlangan. Masalan, O'rxun-enasoy bitiglarida kungaru (orqaga-g'arbga), ilgari (oldinga - sharqqa) kabi so'zlar ravish ma’nosida qo'llangan.
-ra//-ra affiksining kelishik vazifasida ishlatilishi qadimgi turkiy yodgorliklarning ayrimiarida kuzatiladi. -ru /-n affiksning kelishik vazifasida ishlatilishi ham qadimgi davrlardanoq chegaralangan.
Jo'nalish kelishigi qo'shimchalar!: 1) qipchoq, qarluq-uyg'ur tillari, Sibir, Oltoy turkiy tillarida -ga//- qa//-ya//-xa//-go//-qo//-xo: olt. ayilgci “uyga”, yapasqa “chaylaga”, (osко “muzga”; qaraim. ataga, atqa “otga”, maa “menga”; qirg'. malga “molga”, tongo “to'nga”, maga “menga’’; yoq. dalga “suruvga”, qisqa “qizga”, kyolge “ko'lga”, inaxka “sigirga”, qunayya “ho'kizga”, bihiexe “bizga”, q.qalp. atasina “otasiga”; 2) xakas tili va dialektlarida -gaa //-qaa//-xaa//-ka: xaska “o'rdakka”, tagaa “tog'ga”, saga “senga”, aga “unga", palaaga “bolaga”; 3) o'g'uz tillari, qisman oltoy, xakas, shor tillarida -a//-ya: ozarb. adama “odamga”, gapiya “eshikka”, saa.se “senga”; gag. kira “dalaga”, sokaa “ko'chaga”, bana “menga”; turkm. gecaa “echkiga”, durnaa “turnaga”; xak. taga “tog'ga”; 4) chuvash tilida -a //—na//-ya: xira “dalaga”, xulana “shaharga”.

Download 233.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling