Kirish L. Bob. Turkiy tillar haqida umumiy tushuncha
Turkiy tillarda kelishiklar tizimi
Download 233.75 Kb.
|
O\'zbek va qirg\'iz tilidagi kelishik shakllari talqini tahriri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh kelishik
Turkiy tillarda kelishiklar tizimi.
Turkiy tillarda kelishik tiziminingikkiko'rinishimavjud.Birinchisi, nisbatan qadimiy bo'lib, bobo til davriga xosdir. Ikkinchisi, nisbatan keyinroq, ya’ni asos til davrining so'nggi bosqichlarida paydo bo'lgan, deb qaraladi. Turkologlar qadimgi turkiy tildagi kelishiklar soni haqida turlicha fikr bildiradilar: V. V.Radlov 8 ta, I.A. Batmanov 6 ta, V.I.Nasilov 7ta, A.Kononov 11 ta kelishik mavjud bo'lganligini ta’kidlaydi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jiqatidan unchalik farq qilmaydi. Tatar, gagauz, ozarbayjon, turkman, o'zbek, qoraqalpoq tillarida 6 ta, qozoq tilida 7ta, xakas va Chuvash tilida 8 ta ,yoqut, turk, boshqird tillarida 9 ta kelishik mavjud. Turkiy tillarda kelishik shakllari qo'llanishining o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha: 1. Ayrim so'z tarkibidagi kelishik shakllari yaxlitlanib qolgan. Qadimgi kelishik shakllari ba’zi so'zlar tarkibida qotib qolgan holda hozir ham uchraydi: : icra, iizra, ickari, tasqan. 2. Bir o'zakka ikki xil kelishik shakli qo'shilgan: menitjcci, ilgarii kabi. 3. So'z o'zagining qattiq-yum shoqligiga qarab kelishiklar har xil fonetik variantlarda qo'shilgan. Kelishik qo'shimchasini olgan so'z ba’zan fonetik o'zgarishga uchragan (atja, alarrny). 4. Ayrim turkiy tillarda kishilik olmoshlari kelishik qo' shimchasi sifatida saqlangan. Masalan, qozoq, qoraqalpoq, xakas, qirg'iz tillarida maga, sagaij, ogflT) kishilik olmoshlari jo'nalish kelishigi -get o'rnida ishlatiladi.5. Qadimgi yodgorliklarda vosita kelishigi mavjud bo‘lgan: -in, -in. Bu kelishik ko‘pgina turkiy tillarda kategoriya tizimidan chiqqan, hozirda qo‘llanayotgan ayrim so'zlar tarkibida uchraydi :acin -toqin, yazin –qism Turkiy tillarda kelishiklar quyidagicha: Bosh kelishik — Qaratqich kelishigi - uj, - щ,-пщ/-niij); - ya Tushum kelishigi - i. -i, —ay; - ni / - nu; -in-// in, -u, -tg Jo'nalish kelishigi - qa, -gd,-a, -э, у a/ -qa, —ja, — a, -ka(<-kant) O'rin-payt kelishigi - ta//- ta // -to, -da, -da, //-la//-lo//-za//-zo//- sa//-so//-na// Chiqish kelishigi - tan, -tan, -dan, - dan; - da; -dan: -day: -dyn Vosita kelishigi -in/ -in// -un Birgalik kelishigi -la, -le, -lan, -len,-li,-li ,O'xshatish-qiyoslash kelishigi -ca, -ce! Bosh kelishik. Turkiy tillarda bosh kelishik morfologik ko'rsat- kichga ega emas. Bosh kelishikning asosiy vazifasi gapda ega vazifasida kelishidir. Ol yigitlar aytdilar (QR). Quyas har kiln tiz urur ol qapuqqa (MN). Qaratqich. tushum, jo'nalish kelishiklari belgisiz qo'llanganda shaklan bosh kelishikka o'xshaydi, lekin ma’nosi va vazifasiga ko'ra farq qiladi: shirin olma (bosh kelishik), olma sharbati (qaratqich kelishigi). Barcha turkiy tillar qatori qirg’iz tilida ham bosh kelishik shakli xuddi shunday. Download 233.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling