Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilidan faol leksik minimumni tanlash tamoyillari


Download 266.5 Kb.
bet3/10
Sana18.12.2022
Hajmi266.5 Kb.
#1031049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilidan faol leksik minimumni tanlash tamoyillari.
Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ko’pincha shaxsning yutuqqa erishishga bo’lgan ehtiyojiga bog’liq bo’ladi4. Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko‘rsatishicha, u murakkab sub’ektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz ob’ekt (tizim)larga qaraganda o‘z-o‘zini tartibga solish, tiklash, ma’lum holatda saqlash hamda takomillashtirishda eng yuqori darajadagi mavjudot hisoblanadi. O‘z-o‘zini tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan azaliy imkoniyatdir. Chunonchi u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Ammo bu sifat birdaniga ko‘zga tashlanmay, imkoniyat tarzida ruhiy, fiziologik zahira shaklida mavjud bo‘ladi. Kelajakni ko‘ra olish insonlarga xos bo‘lib, olamning makon va zamon birligini anglash vositasidir. Kelajakni ko‘ra bilish insonga avvaldan fiziologik jarayonlarni qayta qurish va noqulay vaziyatlarga o‘ziga xos tarzda javob berishni ta’minlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgacha harakat akseptori muayyan neyrofizologik aniqlikka ega bo‘lmay, butun miya faoliyati va xotira tuzilmasining mahsuli hisoblanadi. Insonda oldindan hodisalarni ko‘ra olishda miyaning old qismi muhim hisoblanadi. Aynan shu tuzilmalar yuksak afferent umumlashmalar va qarorlar qabul qilish, harakat dasturini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Shu asosda jismlar qabul qilingan qaror va harakat dasturi asosida turli harakatlarni amalga oshiradi. Ammo har qanday harakatlarni bajarish miyaning doimiy nazorati ostida amalga oshadi. Bunday nazorat teskari afferentatsiya yoki ikkiyoqlama aloqa yordamida bajariladi. Ikkiyoqlama aloqa tizimlari orqali axborot harakat akseptoriga boradi, unda ushbu harakatning tayyor modeli, uni bajarish rejasi hamda yakuniy natija ifodalanadi. Harakatni bajarish vaqtida hissiyotlar muhim hisoblanadi. Agar u harakatni bajarish jarayonida aniq modelga mos kelsa, insonda qoniqish va ijobiy his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi.
Olingan harakat natijasi aniq modelga mos kelmasa, salbiy his-tuyg‘u hosil bo‘lib, inson jismi o‘z zahirasini kutilgan natijani olishga yo‘naltiradi. Inson o‘z-o‘zini takomillashtirishining turli bosqichlarida faoliyat sub’ekti sifatida o‘z-o‘zini anglash va boshqarishni o‘rganadi, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda nimaga qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u o‘zining imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘la boshlaydi. Jumladan:
1. O‘z oldiga maqsad qo‘yadi, uni amalga oshirishga intiladi.
2. O‘z harakatini amalga oshirish yo‘llari va vositalarini aniqlaydi.
3. O‘z faoliyatini dasturlashtira oladi, maqsadga erishish yo‘llari va vositalari, uning natijalarini tasavvur qiladi.
4. O‘z-o‘zini hamda harakat mahsulini baholay oladi.
5. Olingan natijalarga o‘zgartirish kiritadi va ularni tuzata oladi.
6. O‘z-o‘zini boshqarish jarayonida o‘zaro munosabatlarni anglaydi. Pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida, ularda kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘zlikni anglashning o‘rnini belgilar ekanmiz, uni bola shaxsi tuzilishidan (strukturasidan) alohida holda o‘rganish mumkin emas. Bunda bola shaxsi strukturasiga K.K.Platonov talqini asosida yondashamiz. Bu talqinda quyidagi komponentlar ajratib ko‘rsatilgan:
1. Shaxs qiziqishlari, intilishlari, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodlarining muayyan maqsadga yo‘nalganligi.
2. Shaxs tajribasi, bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari, odatlari uning tayyorgarligini belgilashi.
3. Ayrim psixik jarayonlarning doimiy xususiyatlar diqqat, idrok, tafakkur, xotira, iroda, hissiyot, psixik harakatlarning mashqlar asosida rivojlanishi.
4. Biologik jihatdan belgilangan xususiyatlar mashq qilish vositasi va temperament, yosh, jinsiy xususiyatlarda namoyon bo‘lishi.
Yuqorida keltirilgan shaxs tuzilishi komponentlari pedagogning kasbiy faoliyatiga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sir yo‘nalishi mazkur sifatlarning ijobiy shakllanganlik darajasi bilan ularning kasbiy yo‘nalganlik darajasiga mos kelishiga bog‘liq. O‘z navbatida ularning ham rivojlanish darajasi bola shaxsi faoliyat ehtiyoji va uning jamiyat, kasbdoshlari bilan shakllangan munosabatlar tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim-tarbiyaning jamiyat va har bir kishi hayotidagi ahamiyati ortib borishi uni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Takomillashtirish an’anaviy usul va vositalar bilan emas, balki yangi pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish zaruriyati vujudga keladi. Yangi pedagogik texnologiyalar jarayonni takomillashtirish imkonini beradi. Reyting, test metodlari ta’lim-tarbiyaning inson va uning faoliyati, malakasini o‘rganishda mantiqiy, insoniy qirralarini miqdoriy son va sifat jihatdan aniqlashga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Chunki taraqqiyot qancha tezlashsa muayyan sohalarni o‘rganishga mantiqiy yondashuvni miqdoriy aniqliklarda o‘lchash ehtiyoji kuchayadi.
Pedagogikada miqdoriy kattaliklarning qo‘llanilishi uning rivojlanganligini ifodalaydi. Bugungi kunda mavjud fanlarni o‘rganishga tizimli yondashuv qaror topmoqda. Pedagogikada pedagogik tashxisning oddiy metodlari bilan bir qatorda, uning murakkab shakllari va texnologiyalari tatbiq etilmoqda.
Pedagogik tashxis endi paydo bo‘lgan, butunlay yangi bir soha emas. Inson biror faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlashdan oldin, ma’lum natijani ko‘zlaydi, xatti-harakatini shunga muvofiq tashkil etadi. Ta’lim-tarbiya, malaka oshirishda ham inson o‘z xatti-harakatini ma’lum reja asosida tashkil qilib, ma’lum natijani ko‘zlaydi. Pedagogik faoliyat asrlar davomida shunday tashkil qilingan. Ammo taraqqiyot va fanning hozirgi bosqichida qo‘llanib kelingan metodlarning imkoniyatlari hozirgi zamonaviy talabni qondira olmay, sodda bo‘lib tuyuladi. Taraqqiyot taqozosi bilan paydo bo‘lgan ehtiyoj yangicha yo‘l tutish, yondashuvni taqozo qiladi.
“Pedagogik tashxis” atamasi 1968 yilda olmon pedagogi K.Inmgemnpkam tomonidan birinchi marta qo‘llanilgan. Hozirgi kunda pedagogik tashxis faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga mansub. Shuning uchun undan har kim o‘z qiziqishi va o‘rganadigan sohasiga mos ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik tashxisni pedagogikaga doir jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini aniqlash va tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot olish imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogik tashxisni o‘quv va bilish jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga maslahat berish tarzida ham talqin qiladilar.
Pedagogik tashxisni keng ma’noda qo‘llash: o‘quv jarayoni, o‘qutuvchilar va tarbiyalanuvchilar faoliyatini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda ma’lum o‘zgartirishlar kiritish vositasi sifatida qarash o‘tgan XX asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng qo‘llangan edi. Bu ishni professor J.G‘.Yo‘ldoshev boshqarib, o‘zi qator ishlar e’lon qildi. Pedagogik tashxisdan kamchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, yordam ko‘rsatishda foydalaniladi. Pedagogik tashxis asosida o‘quv jarayoni tashkil qilinadi, tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirishi bilan ta’limning maqsadi hamda tashkiliy shakli, shart-sharoitlarining bir-biriga mosligi aniqlanadi va bu jarayonda tarbiyachilar kasbiy mahorati, o‘rni belgilanadi. Ko‘pchilik hollarda o‘quv jarayonini tashkil qilish darajasi, tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishining pastligi, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl va metodlarining bir-biriga mos tanlanmasligi oqibatida pedagoglarning umumiy ma’naviyati va kasbiy saviyasining zamon talabiga to‘g‘ri kelmasligi kuzatiladi. Pedagogik tashxisning umumnazariy asosi yaratilmaganligi, go‘yoki u pedagogika oldida turgan masalalarni yechishga tez yordam ko‘rsatish vazifasini bajarayotgandek tuyuladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, zamon o‘zgarishi, rivoji bilan pedagogika oldida turgan vazifalar ham yangidan paydo bo‘laveradi. Bunday sharoitda pedagogik tashxisning vazifalari ham o‘zgaradi. Bizningcha, pedagogik tashxisga gnoseologik, ya’ni kishining bilimga bo‘lgan intilishi va shu asosda ayni vaziyat uchun pedagogik jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish instrumenti sifatida qarash lozim.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida gnosiologiyaning xususiy bir ko‘rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya (bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas. Gnoseologiya – borliq (tabiat va jamiyat) hamda inson va tafakkurni bilishning umumiy (falsafiy) qonuniyatlarini o‘rganadi. Shu jihatdan pedagogik tashxis dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlari bilan qurollantirilib, nazariy-metodologik asos vazifasini o‘taydi. Pedagogik tashxis gnoseologiyadan farqli tarzda umumiy bog‘lanishlarni emas, balki pedagogik jarayonlarga xos ayrim holatlar uchun aniq pedagogik qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda pedagogik tashxis ko‘proq amaliy jihati bilan namoyon bo‘ladi.
Pedagogik tashxis bilan ilmiy tadqiqot uzviy bog‘liq, ammo ular o‘rtasida ma’lum farqlar ham mavjud. Ilmiy tadqiqot ancha keng bo‘lib, pedagogik tashxis unga bo‘ysundirilgan, uning topshirig‘ini bajaradi, ayrim jihatlarini hal qilishga amaliy yordam beradi. Pedagogik tashxisni torroq, bizni qiziqtirgan pedagoglar malakasini oshirish jarayoniga nisbatan oladigan bo‘lsak, bu jarayonni individuallashtirish, ya’ni aniq bir pedagog ehtiyojiga moslashtirish, undagi pedagogik mahoratning zamon talabiga javob berishi, uning ma’lum o‘lchovlarini belgilab, malaka oshirish jarayonini xato va kamchiliklardan xalos qilish, kurs tinglovchilari tarkibini belgilashda bir xil bilim, mahoratga ega bo‘lganlar uchun ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl va metodlarini tanlashga erishish instrumenti sifatida qarash mumkin.
Pedagogik tashxisni aynan shunday tushunganda uning maqsadiga mos tashxis usullarni qo‘llash asosida tinglovchilarning malaka oshirishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish, buning uchun ularning bilish faoliyatini tashkil qilish, bu jarayonni qulaylashtirish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda pedagogik tashxis yordamida malaka oshirish jarayoni tahlil qilinadi va uning samaradorligi aniqlanadi. Tashxis faoliyati jarayon tarzida qabul qilinib, ma’lum mezonlarga rioya etiladi. Kurs rahbarlari tinglovchilar faoliyatini kuzatib, ularning fikr-mulohazalarini turli yo‘llar: suhbat, so‘rov (anketa) asosida bilib, kurs mazmuni va maqsadi, o‘qitish shakllariga o‘zgartirishlarkiritadi. Tashxislash faoliyatini shunday tashkil qilganda nafaqat malaka oshirishning mazmun va shakli, balki didaktik vositalar, texnologiyalarni qo‘llanish darajasining muhimligi, didaktik jarayonlarga mos kelishini ham aniqlash mumkin. Bunday holatda pedagogik tashxis didaktika va umuman ilmiy tadqiqot uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi pedagogik-psixologik diagnostikani amalga oshirishda ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Uning bu boradagi ishida hal qiluvchi omillar: o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz takomillashtirish, mustaqil bilim olish sifatini ta’minlash, qat’iy intizom, iroda asosida o‘z burchiga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ammo uzoq yillardan buyon pedagogik faoliyat ko‘rsatish va rasmiy tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish natijasida shu narsaga ishonch hosil qildikki, mavjud pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi unga qo‘yilgan talablarni to‘la qondira olmaydi.
Pedagogning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirish, uni tizimli tashkil qilish malaka oshirish shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik hamda uning yetarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlay olmaydi. Pedagoglar malakasini oshirish jarayonini erkinlashtirish uning majburiy shakllarini chegaralab, pedagogik jamoada va mustaqil ta’lim olish shakl va muddatlarini erkin tanlash yo‘lidan borishni taqozo qiladi.
Pedagoglar malakasini oshirish modomiki o‘z xususiyatlariga ega pedagogik tizim ekan, u, eng avvalo, kattalar (ya’ni ta’limning ma’lum bosqichini tugallab, ma’lumoti haqida rasmiy hujjatga ega bo‘lgan bola shaxsi), jamiyatda ma’lum ijtimoiy mavqega ega, kasbli kishilarni o‘qitish tizimi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan tarbiyachi faoliyatini refleksiv tashkil qilish o‘z-o‘zini (“ichki”) tashxis qilishni taqozo qiladi. Ichki tashxis tarbiyachi bola shaxsii faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o‘zi tahlil qilib, aniqlab, ularni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlarni ko‘rish, o‘zgartirish kiritishda namoyon bo‘ladi.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida pedagogik tashxisning vazifasi quyidagilardan iborat:
- tarbiyachilar malakasini oshirishning yagona tizimi (O‘MOT)da har bir bo‘g‘in (MOI - tuman metodika kabineti - maktab-tarbiyachi)ning imkoniyatlarini aniqlash;
- har bir bo‘g‘in faoliyatidagi ijobiy va salbiy jihatlarni izlab topish;
- tarbiyachilar kasbiy faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- har bir bo‘g‘inning ta’sir doirasini aniqlab, ular o‘rtasida ikki yoqlama aloqa shakllarini belgilash;
- tarbiyachi ishining ta’sirchan mexanizmlarini topish;
- tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirishda tarbiyachi Maktabgacha yoshdagi bola shaxsiiy mas’uliyatini oshirish;
- tarbiyachi kasbiy darajasi uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani qayd qilish;
- pedagoglarning psixofiziologik xususiyatlari bilan ishchanligi hamda malakasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash;
- malaka oshirish tizimi uchun ta’limning optimal mazmun, maqsad, shakl, metod, vositalarini belgilash.
Pedagogik tashxisning muhim jihatlardan biri o‘rganilayotgan pedagogik hodisa tabiatiga mos metod yoki metodikani tanlashdir. Har qanday ezgu-niyatlar ham to‘g‘ri tanlanmagan metodika asosida barbod bo‘lishi, kutilgan natijani bermasligi mumkin. Pedagogik tashxis metodlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- kuzatish; - o‘z-o‘zini kuzatish; - taqqoslash; - tahlil qilish; - bashoratlash;
- olingan natijalarni izohlash-sharhlash; - so‘rov (anketa); - og‘zaki so‘rov;
- intervyu.
Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika fani ilmiy tadqiqot metodlarining hammasi ham tashxislovchi xarakteriga ega. Ular pedagogik jarayon, hodisa va voqealar, pedagogik jarayon sub’ektlarining u yoki bu jihati haqida ma’lumot berar ekan, shunga tashxis qo‘yadi, uni bilish, anglash, tahlil qilishga imkon beradi. Tadqiqot metodologiyasi va metodikasi yaxlitligida u yoki bu metod oddiy axborot beruvchi yoki tashxislovchilik vazifasini bajaradi. Tadqiqot maqsadiga muvofiq metodlar tizimidan metodika shakllantiriladi. Undan maqsadga muvofiq foydalanishga ko‘ra metod turli vazifalarni bajaradi.



Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling