Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 266.5 Kb.
bet6/10
Sana18.12.2022
Hajmi266.5 Kb.
#1031049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalganligi. Psixologik-Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish boshqa psixodiagnostik va Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatishdan farqli ravishda aniq yo‘nalishga, aniq ob’ektga va maqsadga qaratilgan. Shu sababli diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga (masalan, talaba), aniq guruhga tegishli bo‘lishi, diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, kamchiliklarni bartaraf qilish, yordam berishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim.
3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalligi. Qo‘llanilayotgan metodikalar, talabaga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki psixodiagnostga kam kuch va vaqt sarflab, talaba haqida muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig‘ishga imkon berishidir. Diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun psixodiagnostikada ko‘p yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarini tanlash hamda qo‘llash zarur.
4. O‘rganish ob’ekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi. O‘rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni pedagoglarga ko‘rsatish va diagnostika jarayonida o‘rganilayotgan talabaga yoki ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda, kamchiliklarni bartaraf qilishda o‘quv yurti rahbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik-pedagogik yordamlar berish, to‘g‘ri yo‘lga solish, qo‘llab-quvvatlash vazifalarning birgalikda olib borilishidir.
5. Diagnostikaning ketma-ketligi va uzluksizligi. Diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borish, o‘quv jarayoniga, talabaning o‘zlashtirishiga halaqit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalardan keyingi bosqichlarda, ta’lim-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chiqadi.
6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi. Diagnostika metodlarining oddiyligi, amaliy psixologlar, pedagoglar, o‘quv yurti rahbarlari, tekshiriluvchi uchun qulayligi, ularda diagnostikaga nistaban qiziqish, intilish uyg‘otishga xizmat qilishini ta’minlovchi tamoyildir.
7. Diagnostikaning har tomonliligi (kompleksliligi). Bu tamoyil talaba Maktabgacha yoshdagi bola shaxsiini, uning individual-psixologik xususiyatlarini, psixik jarayonlarining rivojlanganlik darajasini, o‘quv faoliyatining boshqa xususiyatlarini o‘rganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar talabani bir butun holda, har tomonlama o‘rganish, ta’riflash, yondashish imkonini berishda yuzaga chiqadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi, bir-birini to‘ldirishi bu tamoyilning asosiy talablaridan biridir.
8. Diagnostikaning talaba rivojlanishining kelajagini, oqibatlarini oldindan ko‘ra olish(bashorat qilish) imkonini bera olishi. Har qanday psixologik-Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish talabaning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o‘quv jarayonining tashkil qilganlik darajasini ko‘rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim.
Diagnostik jarayonda o‘rganilayotgan ob’ektning “kelajagi”, ertangi kuni, taraqqiyot an’analari ma’lum omillar ta’sirining oqibatlarida ochib berilishi kerak. Shu holdagina, bashorat mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, talaba taraqqiyotidagi ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to‘g‘ri yo‘lga solish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu sababli psixologik-Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish metodlarining prognostik bo‘lishi eng muhim talablardan biridir. Psixologik testlardan foydalanadigan kishilar uchun qo‘yiladigan maxsus talablar. Psixodiagnost o‘z xatti-harakatini amalga oshirayotgan bir vaqtda, quyidagi bosqichlarga amal qilishi lozim bo‘ladi.

  • Birinchidan, diagnostik faoliyat ob’ekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash;

  • Ikkinchidan, diagnostika ob’ektini o‘rganishning mezonlari va ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash;

  • Uchinchidan, diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan metodikalarni tanlash;

  • To‘rtinchidan, tanlangan metodikalar yordamida ma’lumotlar yig‘ish (tadqiqot o‘tkazish);

  • Beshinchidan, olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash;

  • Oltinchidan, psixologik tashxis ishlab chiqish va xulosalarni chiqarish;

  • Yettinchidan, psixologik bashorat ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni oldindan taxmin qilish);

  • Sakkizinchidan, tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini yaratish.

Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga: a) tekshiruv ob’ektining aniqlash; b) tekshiruv metodini aniqlash; v) metodni tahlil qilish; g) ma’lumotlar interpretatsiyasi; d) metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog‘liq bo‘ladi.
Psixodiagnostika axloqiy-ma’naviy normalari. Psixolog tashxischining kodeksdagi axloqiy-ma’naviy normalarining asosiy tamoyillari qatoriga aytish joiz bo‘lgan omillar: 1. Psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati; 2. Ob’ektivlik, haqqoniylik va o‘z faoliyatidagi yuqori talablarga rioya qilishga asoslangan mas’uliyatlilik; 3. Jamiyatning axloqiy talablariga mos keluvchi axloqiy va xuquqiy standartlar; 4. Psixodiagnostning omma oldida o‘zini tuta bilishi; 5. Sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik; 6. Sinaluvchi bilan bo‘lgan ishonchli munosabatlar, uni tadqiqot xarakteridan xabardor qilish; 7. Tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik; 8. Tadqiqotdagi ehtiyot choralar; 9. Metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlari; 10. Diagnostik natijalarni tahlil qilish.
Psixologik testlardan, so‘rovnomalardan to‘g‘ri foydalanish maqsadida bir qator ehtiyot choralari mavjudki, ularni amalda bajarish ishning samarasini oshiradi. Diagnostik metodlarni qo‘llanilishi va yoyilishi bizning mamlakatimizdagi axloqiy standartlarga yoki professional axloq kodeksiga bo‘ysunishi kerak. Psixolog-tashxischining professional axloqiy kodeksida insoniyat manfaatidagi fanning shakllanishi bilan ayrim individlarning muvaffaqiyati va huquqlarini himoya qilishdek qadriyatlarning nizolari o‘rin olgan kritik vaziyatlarga nisbatan diqqat-e’tibor qaratilgan bo‘lishi kerak.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling