Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha qiyinchilik va imkoniyatlar


Download 266.5 Kb.
bet4/10
Sana18.12.2022
Hajmi266.5 Kb.
#1031049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

1.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha qiyinchilik va imkoniyatlar.
Tajriba o‘tkazish davomida rioya qilish kerak bo‘lgan talablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Sinaluvchilarga ko‘rsatmalarni yozma ravishda bir xil tarzda ma’lum qilmoqlik, og‘zaki shaklda berilgan taqdirda esa aynan o‘sha so‘zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi;
2. Biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hech qanday imkoniyat yaratmaslik;
3. Eksperiment davomida ayrim sinaluvchilar uchun qo‘shimcha tushuntirilishlar berilmaslik;
4. Turli guruhlar bilan bo‘ladigan eksperiment doimo imkon darajasida bir xil vaqtda va bir sharoitda o‘tkazilishi;
5. Barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqti bir xil belgilanishi va hokazo.
Odatda metodika mualliflari uning o‘tkazilish jarayoni haqida aniq ko‘rsatmalar beradilar. Diagnostik metodikalar tadqiqot metodlaridan shu bilan farqlanadiki, bu metodikalar standartlashgan holda bo‘ladi. Standartlashtirish - testni o‘tkazish va bajarishni baholash jarayonining bir xilligidir. U ikki xil tarzda izoh etiladi: eksperiment jarayoniga yakka talablarni ishlab chiqish va diagnostik sinovlar natijalarini baholashdagi yakka mezonni (kriteriy) aniqlashdan iborat. Diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish uchun eksperiment o‘tkazish sharoitlarini va uning natijalari tahlilini maksimal darajada standartlashtirish lozim bo‘ladi. Eksperiment shartlarini standartlashtirishga quyidagilar kiradi:
a) eksperimentni o‘tkazish;
b) instruksiya;
v) testlashtirish jarayonining tasviri.
Diagnostik eksperimentlarni standartlashtirish jarayoni o‘tkaziladigan tadqiqotning shart-sharoitlari, ko‘rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi.
Metodikalarni standartlashtirishning yana bir muhim bosqichi diagnostik tadqiqotning natijalarini taqqoslash mumkin bo‘lgan mezonlarni tanlashdan iborat bo‘ladi. (Chunki diagnostik metodikalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarishda oldindan tayyorlangan standartlari mavjud bo‘lmaydi). Umuman, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi - bu metodika mo‘ljallangan guruhdan farqlanmaydigan boshqa kattaroq sinaluvchilarda o‘tkazish bilan amalga oshirilishidir. Saralangan standartlashtirishda sinaluvchilar guruhida maxsus normalar ishlab chiqiladi, bunda ulardagi xususiyat berilgan topshiriqning nafaqat o‘rta bosqichida, balki undan kam yoki ko‘p jihatli bosqichida ham aniqlanadi. Natijada diagnostik tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin. Bu esa konkret sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan holatini aniqlashga imkonberadi.
Ma’lumotlarni to‘plash bosqichi. Diagnostik metodlar yordamida ma’lumotlar to‘plash jarayoni o‘rganilayotgan xodisa va kishi haqidagi ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rsatkichlar to‘plami bilan tanishishdan boshlanadi. Barcha mashhur psixodiagnostik metodikalar mualliflari tadqiq qilinayotgan sinaluvchining o‘tmish va hozirgi hayoti haqida mukammal o‘rganib chiqishga katta ahamiyat beradilar. Bu bilan tadqiqotning asosiy foni yaratiladi, tashxis va tahlil uchun zarur bo‘lgan bola shaxsining umumiy obrazi elementlari belgilanadi.Vaholanki, psixodiagnostik jarayon «tadqiqotchi-sinaluvchi» kabi o‘zaro munosabat tizimini yaratar ekan, adabiyotlarda ushbu tizimga oid daxldor turli o‘zgaruvchanlar ta’sirini tahlil qilishga diqqat qilinadi. Odatda vaziyatli o‘zgaruvchanlar, tadqiqot va vazifaning o‘zgaruvchan maqsadlari, tadqiqotchi va sinaluvchining o‘zgaruvchanlari ajratiladi. Bu ko‘rsatkichlar ahamiyati katta bo‘lsa-da, ularning ahamiyati tadqiqot o‘tkazishda, uni tahlil qilishda va olingan natijalarni qo‘llay bilishda inobatga olinishi lozim. Ma’lumki, testlashtirish jarayoniga kuchli ta’sir etuvchi hamma omillarni ham nazorat qilib bo‘lmaydi. Ammo testlashtirish jarayoniga tayyorgarlikda kutilmagan vaziyatlarni yuzaga kelishini inkor etish hamda ushbu jarayonni bir maromda o‘tkazishni ta’minlashdan iborat. Testdan foydalanayotgan psixolog, sinaluvchi havola etilayotgan topshiriq va vazifalarga barcha diqqat-e’tiborini yo‘naltirilganligiga, ularni hal etishda barcha kuch-quvvatlarini safarbar etishlariga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.
Fanda psixodiagnostik vaziyatlar klassifikatsiyasi yaratilgan bo‘lib, V.I.Drujinin (1990) ushbu vaziyatlarning to‘rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi:
1) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok etish va keyingi bosqichlarni mustaqil tanlovi (psixologik maslahat);
2) tadqiqotda majburiy ishtirok etishi, ammo keyingi harakatlarda mustaqil tanlovga ega bo‘lishi (testni ishlab chiqishda talablarni o‘rganish);
3) tadqiqotda majburiy ishtirok etish va tadqiqotdan so‘nggi harakat tanlovi bog‘lab qo‘yilgan (egallab turgan mavqei talablariga ko‘ra mos keluvchi testlashtirish);
4) tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok, lekin keyingi harakatlar bog‘langan (professional tanlov).
Shuni qo‘shimcha sifatida aytish kerakki, har qanday psixodiagnostik tadqiqotlar sinaluvchilarda tajriba motivini faollashtiradi, uni minimal darajaga olib kelish esa psixolog vazifalaridan biri hisoblanadi. Metodikalarni tanlash shunga asoslanadiki, ular iloji boricha maktabgacha yoshdagi bola shaxsining individual xususiyatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu – o‘z o‘rnida diagnostik yechim va tahlilning aniqligiga sabab bo‘ladi.
Diagnostik vazifalarga mos keladigan metodikalarni tanlanishi, tadqiqotni o‘tkazilishini shakllantirilishi va olingan natijalar foydalanilayotgan metodikalar xususiyatlari asosida aniqlanadigan bo‘lishi kerak. «Xomaki» baholar standart kattaliklarga, aqliy koeffitsientlarga aylanadi hamda «Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi ko‘rinishi chizmasi» yaratiladi.
Interpretatsiya va qayta ishlash bosqichi. Psixodiagnostik sohadagi ko‘pgina mutaxassislar, tadqiqotdan olingan natijalarning miqdoriy baholanishi foydali ekanligi to‘g‘risida fikr bildiradilar. Ammo tadqiqot ma’lumotlarini umumlashtirishning qanday yo‘llari ishonchliroq bashorat qilishga olib borishi borasida qarama-qarshi fikrlar ham mavjud: kliniksub’ektiv tajribaga, intuitsiyaga yo‘naltirilgan, yoki statistik-ob’ektiv, kriteriylarga yo‘naltirilganlarimi?
Klinik yondashuv sifatli tahlilga asoslangan holda amalga oshadi. Uning muhim xususiyatlari “sub’ektiv hukm”ga va professional tajribaga ishonch bo‘lganligidadir. “Sof holda”gi klinik yondashuv haqiqiy fikrlashdan uzoq bo‘lmaydi. Statistik yondashuv ob’ektiv (miqdoriy) ko‘rsatkichlarni, ularning statistik qayta ishlanishni inobatga olishni e’tirof etadi. Sub’ektiv hukmning ahamiyati minimumga olib kelinadi. Bashorat empirik jihatdan aniqlangan statistik mos kelishligi asosida amalga oshadi.
Klinik va statistik bashoratning samaradorligi haqidagi masala psixologlar tomonidan ko‘p marotaba muhokama qilingan va hozirgacha ham munozaralar predmeti bo‘lib kelmoqda. Ushbu munozaralarga asos solgan P.Mil (1954), bu sohada ancha tajribaga ega bo‘lganligi bois shunday xulosaga keladiki, statistik bashorat klinik bashoratga nisbatan samaraliroq ekanligini ta’kidlaydi. Chunki, psixolog inobatga olishi kerak bo‘lgan diagnostik ma’lumotlar hajmining kengayib borishi avvaliga o‘sishiga, so‘ngra esa bashoratning aniqligini kamayib borishiga olib keladi. Lekin bu klinik yondashishlar psixodiagnostikada ahamiyatli o‘rin egallamaydi, degani emas.
Klinik yondashuvga muqobilini topish murakkab. Diagnostik tadqiqotlarni to‘laligicha amalga oshirishda asoslangan psixologik xulosalarni qilish zarur. Ko‘pgina diagnostik vaziyatlar klinik va statistik yondashuvlarning qarama-qarshi taqqoslanishini emas, balki garmonik jihatdan mosligini ta’minlanishini taqozo etadi.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling