Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 266.5 Kb.
bet5/10
Sana18.12.2022
Hajmi266.5 Kb.
#1031049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ishonchlilik -bu jarayonning ob’ektlarga nisbatan barqarorligidir. Diagnostik ma’lumotlarning ishonchliligi va sifati ma’lum darajada tekshiruv metodi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ular mos keluvchi texnik tekshiruv yordamida avvalo korreksion statik metodlar yordamida aniqlanadi. Psixodiagnostik metodning ishonchlilik darajasi uchta shartga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilar:
 metodning ob’ektivligi; test misollarining bir xilligi; tekshirilayotgan shaxs xususiyatlarining muvozanatlashganliligi;
Metodning ob’ektivliligi - bu olingan ma’lumotlar va ularning psixodiagnostik interpretatsiyasini tadqiqotchiga bog‘liq emasligi. G.Vitslak o‘z qarashlarida metodning ob’ektivligini uchga bo‘lib o‘rganadi.
 test o‘tkazishning ob’ektivligi; tahlilning ob’ektivligi; olingan ma’lumotlar interpretatsiyasining ob’ektivligi.
Ma’lumki, turli tadqiqotchilar bir-biridan mustaqil holatda ayni psixologik metod bilan, bir xil eksperimental sharoitda foydalanadilar. Ular olingan natijalari solishtirilib metodning ob’ektivlik koeffetsenti chiqariladi. Ammo metodning ob’ektivligini amaliy jihatdan tekshirishda bir muncha qiyinchiliklar vujudga keladi, chunki bir xil eksperimental sharoitlarni vujudga keltirish juda qiyindir. Ishonchlilik har doim ham validlikni ifodalamaydi. Ko‘pgina psixologlar shunday xatoga yo‘l qo‘yishadiki, ular avvalo tekshirishning ma’lum bir protsedurasini taklif etib, ob’ektlarni barqaror farq qila olishga bo‘lgan ishonchliligi ko‘rsatiladi-yu, ammo validlik haqidagi masala ochiq qolaveradi.
Masalan, sensor psixofizikada o‘rganilayotgan sezgi xususiyatlari oddiy jismoniy stimullar bilan bir xil determinatsiyalashgani uchun validlik darajasi sezilarli ahamiyat kasb etmasa, diferensial psixometrikada validlik muammosining ahamiyati keskin oshib ketadi. Shuning uchun biz quyida validlikka alohida e’tiborni qaratamiz.
Validlik. Psixodiagnostikada validlik - faoliyatni o‘zlashtirishga bo‘lgan muvaffaqiyatni tekshirishda test masalalarining ayni shu faoliyat xususiyatlariga mos kelishini sinab ko‘rishda qo‘llaniladi. Fanda validlikning bir necha turlari farqlanadi:
a) Konstruktiv validlik - uni baholash testlashtirish ob’ektini psixologik tahlil qilishni taqozo etadi. Ya’ni, test natijalari ajratilgan xususiyatni qay tarzda tekshirishni o‘rganadi. Masalan, o‘zlashtirishning diagnostik nazoratida mujassam bo‘lmagan indikatorlar haqiqatdan ham o‘quv jarayonining shart-sharoitlarini namoyon qiladimi yoki yo‘qmi va hokazo.
b) Kriterial validlik - test natijalari yordamida, individning bizni qiziqtirayotgan xattiharakat aspektining hozirgi vaqtdagi va kelajakdagi holati haqida hukm chiqarish mumkinmi yoki yo‘qmi, degan masalani aniqlash imkonini beradi. Buni aniqlash uchun test natijalari tashqi kriteriylar bilan solishtiriladi yoki turli testlar natijalari taqqoslanadi.
v) Prognostik validlik - tashqi kriteriylar va sinaluvchining xulq-atvori bashorati aniqlanadi. Metodning validligi - psixodiagnostik metodning natijalari ayni o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatlariga mos kelishidir. Validlik tushunchasini ishonchlilik tushunchasidan farqini o‘rganilayotgan tadqiqotning “ob’ekti” va “predmeti” farqini ajratish bilan tushuntirish qulaydir.
Psixologik-Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatishning asosiy tamoyillari. Albatta, har bir fan sohasi o‘ziga xos ob’ektga va predmetga hamda ularga mos keladigan tadqiqot yoki amaliy metodlariga, o‘z tamoyillariga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologikMaktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatishning asosiy tamoyillarini ko‘rsatib o‘tamiz:
1. Diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslanganligi. Diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo‘llaniladigan metodikalar, ko‘rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi, olingan natijalar va ularning interpretatsiyasining ishonchliligi, aniqligi, validligini puxta ishlab chiqilgan metodik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tomoyili qo‘llanilayotgan metodikalarning etnik, ijtimoiy muhitga, shu jumladan diagnostika o‘tkazilayotgan o‘quv yurti, o‘quv guruhi va auditoriyaga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish pedagogik-diagnostikalarni turli xil yengil, «ko‘ziga yaxshi ko‘ringan» yoki «qo‘liga tushib qolgan» metodikalarni bilib-bilmay qo‘llashdan saqlaydi.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling