Kirish mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy


Darvozabonlar raqiblar harakatini mufassal o’rganib chiqib


Download 0.56 Mb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1493498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GANDBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI 2

Darvozabonlar raqiblar harakatini mufassal o’rganib chiqib, raqib peshqadamlarining har biriga o’ziga xos harakat tuzadi. Bu esa pozitsiya tanlashni osonlashtiradi. Shuning uchun darvozabon (to’g’ri pozitsiya)dan u yoki bu tomonga siljib, muvofiq harakatlaniladi.

  • O’z harakatlarining kuchli va sust tomonlarini bilish. Alohida hollarda о’уinchi yiqilgan holda to’pni qabul qilib olish qulay bo’lgan tomonda darvozaning katta qismini tark etadi. Bu darvozani ko’proq qismini bekitish uchun pozitsiyani to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Joy (pozitsiya) tanlash qobiliyatini takomillashtirish doimo mashq qilish, har bir taym davomida katta diqqat-e‟tiborni, xotirjamlik va dadillikni talab qiladi.

    Harakat usulini tanlash darvozabonga zarbani neytrallash uchun texnik usulni to’g’ri bajarish imkonini beradi. Bunda darvozabon darvozada egallagan pozitsiyasini hisobga oladi.
    Darvozabon himoya vaqtida sheriklari bilan aniq kelishib harakatlansa, o’yin ishonchliroq bo’ladi. Darvozabon, birinchidan, mashq qilish, o’rtoqlik va taqvimiy o’yinlar jarayonida takomillashadi; ikkinchidan, o’yinning borishi darvozabonni o’yinchilari bilan oldindan kelishib olganiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Shuningdek, sheriklar bilan ularga darvozabondan qanday to’pni qabul qilib olish qulayligini kelishib olish kerak.
    Darvozabon bu xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bundan tashqari, to’pni o’yinga kiritishda umumiy qoidaga rioya qilish lozim: sherikka to’pni raqibdan uzoqroq tomonga uzatish kerak (raqib to’pni to’sib olmasligi uchun).
    Oliy toifali darvozabonlar qisqa va o’rtacha uzatishlarini xush ko’rishadi, chunki ular aniqroqdir.
    Darvozabon uchun har bir o’yinda butun diqqat-e‟tiborini jamlash qobiliyati ham muhim hisoblanadi. Bu psixologik xislatlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. O’yinga sozlanish qobiliyati ko’p jihatdan darvozabonni muvaffaqiyatli o’yinini belgilab beradi. Albatta, har bir darvozabon o’yinga o’ziga xos tarzda sozlanadi va hech kim bu borada aniq tavsiya berolmaydi. Bu borada darvozabonlar buni qanday amalga oshirishgani qiziqish uyg’otadi. Shu tariqa yuqorida keltirilgan malumotlarga hotima sifatida shuni aytish mumkinki, muvaffaqiyatli o’yin olib borish uchun darvozabon atletik xossalarga, yuqori darajada rivojlangan jismoniy va ruhiy xislatlarga, raqib hujumini qanday tarzda rivojlanishini oldindan bilish qobiliyatiga va dadillikka ega bo’lishi kerak. Bunday xislatlarsiz darvozabon biror yutuqqa erishishi mushkul bo’ladi.
    Darvozabonlardan nafaqat texnik usullarini to’g’ri bajarish, balki ularni yuzaga kelgan o’yin vaziyatida maqsadga muvofiqligi jihatidan tahlil qilish ham talab etiladi. Kuch va tezkor-kuch xislatlarini rivojlantirish uchun mashqlar yotgan yoki o’tirgan holatda kichik vaznli tezkor harakatlarni bajarilishini nazarda tutadi. Bunda shtanga, gantellar va turli yordamchi uskunalar qo’llaniladi.

    Xulosa
    Ushbu kurs ishida gandbolning rivojlanish tarixi, o’yin texnikasi va taktikasi tasnifi, o’yin qoidalari, hakamlik uslubiyati, gandbol o’yin texnikasi va taktikasiga o’rgatish, gandbol musоbаqаsini tаshkil qilish vа o’tkаzish аsоslаri, musobaqa faoliyatining strategiya va taktikasi, gandbolchilarni psixologik tayyorgarligi, ganbolchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish, tayyorgarlik turlari, yosh gandbolchilarni tanlab olish uslublari yoritilgan.
    Mualliflar tomonidan tayyorlangan o’quv qo’llanma barcha jismoniy tarbiya fakultetlari talabalariga mo’ljallangan “Gandbol nazariyasi va uslubiyati” o’quv qo’llanmasi o’z mohiyati hamda mazmuni jihatidan nafaqat jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan barcha ta‟lim muassalalari sportchi yoshlarga tavsiya etiladi, balki shu soha o’qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-tashkilotchilariga ham dasturulamal sifatida xizmat qilishi mumkin.
    Ushbu o’quv qo’llanma 61010300 sport faoliyati o’quv rejasi, DTS va namunaviy o’quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. O’quv qo’llanmani nashrdan chiqarish mazkur yo’nalish bo’yicha ta‟lim berish sifatini yanada rivojlantiradi degan umiddamiz. Albatda sport nazariyasi va amaliyoti kundan kunga o’zgarib borishi tabiiy hol, binobarin, o’quv qo’llanmadagi rasmlar qo’llanmani yanada boyitishga olib kelish bilan bir qatorda talabalar va murabbiylarga o’rgatishda biroz bo’lsa ham amaliy yordam beradi degan umiddamiz.
    Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling