Kirish mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy


Download 0.56 Mb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1493498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GANDBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI 2

3.3. Darvozabon taktikasi
Uchrashuvning natijasi ko’p jihatdan darvozabonning o’yiniga bog’liq. U to’pning uchushida ta‟sir qilishi mumkin bo’lgan va shuning uchun darvozaga yo’l qo’yadigan yoki qo’ymaydigan o’yinchi sanaladi. Darvozabon taktikasining umumiy jadvali quyidagicha (14-jadval).

Darvozaboni tanlash ko’p jihatdan hujumchi bilan bo’lgan kurashning natijasi hal qiladi. Ushbu tanlov hujumchining qay holatda hujum uyushtirishiga bog’liqdir.


Darvozabonning tayyorgarligi to’rt bosqichda amalga oshiriladi:

Darvozabonning pozitsiyani to’g’ri tanlab olishi uning hujumchiga qarshi olib borgan kurashining natijasini belgilaydi. Pozitsiyani tanlab olish to’pli hujumchining qayerdaligiga bog’liq bo’ladi. Pozitsiyani to’g’ri tanlab olishda darvozabon harakatni darvoza shtangasini tutashtiruvchi yarim yoy bo’ylab harakatlanishi to’g’ri deb hisoblanadi. Bu yarim yoyning darvoza chizig’idan uzoqligi 20 sm dan 1 m gacha bo’ladi. Agar to’p otish 300 dan kam bo’lgan burchak ostida amalga oshirilsa, darvozabon ustuni yonidan 40-50 sm maydonining ichkarisidan o’rin oladi. To’pning maydon yuza chizig’idan markazga qarab uzoqlashib yo’nalishiga ko’ra hujumchining hujum chizig’iga qarab darvozabon yarim oy shaklida harakat qilib pozitsiya tanlaydi.
Darvozani raqibning yakunlovchi to’p otishdan bevosita himoya qilishda darvozabon quyidagilarga rioya qiladi:

  1. Pozitsiya (joy) tanlash. Joyni to’g’ri tanlash darvozabonga kamroq kuch sarflash hamda raqib zarbalarini qabul qilib olish imkonini beradi. Bunda to’pga egalik qiluvchi hujumkor jamoa o’yinchisini joylashgan o’rnini, ya‟ni zarba berilishi mumkin bo’lgan burchakni hisobga olish kerak. Burchak qanchalik o’tkir bo’lsa, darvozabon to’pga egalik qiluvchi o’yinchiga nisbatan oldindagi ustunga shunchalik yaqinroq joylashadi. Markaz bo’ylab hujumda darvozabon to’p otilish burchagini kamaytirishi va darvozani istagan burchagiga yo’naltirilgan to’pni qabul qilib olishini yengillashtirish uchun birmuncha oldinga siljishi kerak.

Joyni to’g’ri tanlaydigan darvozabon kamdan-kam hollarda yiqiladi, bu esa raqib to’pni to’g’ridan-to’g’ri darvozabonga uzatayotgandek fikr uyg’otadi, aynan shu joyni to’g’ri tanlash qobiliyatini yuqori baholashdir.


  1. Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling