Kirish mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me‟yoriy
Download 0.56 Mb.
|
GANDBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI 2
To’pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p jamoaning hujumga o’tishi uchun muhim sharoit yaratishdan iboratdir. Shuning uchun darvozabonning baland trayektoriya bilan yoki uzoq masofalarga to’pni yuqoridan qo’lni bukib uzatishni qo’llashi qoida tusiga kirib qolgan. To’pni egallaganidan so’ng, darvozabon uni uzatish uchun qulay tarafni tanlaydi.
Darvozabonning harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri pozitsiyasi –darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon baland “trayektoriya”da keladigan to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. To’p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to’p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga chiqadi. Otilayotgan to’p 30° dan kichik burchak ostida bo’lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi. Darvozabon hech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida hujumchining to’p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhimdir. Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo’lsa, unda u 9 metrli chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to’pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib o’tish hujumini amalga oshirsalar, o’yinga qo’shilishga tayyor bo’lib turadi. Bunday holda u to’pni egallash uchun maydonga chiqishi mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo’lsa, unda orqaga chekinadi va darvozada turib, tez yorib o’tib, to’pni darvozaga otayotgan hujumchining to’pini qaytarishga harakat qiladi. Darvozabon darvozaning o’ng tomoniga yo’naltirilgan to’pni aks ettirish uchun asosiy taraftdan qarama-qarshi (chap) oyoq bilan itarib, o’ng qo’lni to’singa uzatib, tirsak qo’shilishida iloji boricha to’g’rilaydi, kaft to’pga qaratiladi, barmoqlar. ajratilgan Darvozabon tanasi to’pni uchish yo’nalishi bo’yicha egiladi. Keyin (o’ng) oyog’i avval tizzaga egilib, so’ngra to’pning uchish yo’liga keskin ravishda “otiladi” (imkon qadar yuqori), oyoq bir tomonga buriladi, itarish qulayligi uchun oyoqning barmog’i biroz o’ngga buriladi. To’pni aks ettirishda darvozabon tanasi va yugurish oyog’i bir chiziq bo’lishi kerak (34-35rasmlar). 34-rasm 35-rasm Chap qo’l tirsak qo’shilishida tekislanadi va ko’krak qafasi darajasidan boshgacha pozitsiyani egallaydi. O’ng qo’lning to’pni pastdan yuqoriga keskin siljishi qo‟ldan uzoqlashadi. To’pni ikkala qo’l bilan ham aks ettirish mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling