Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


RPА yordamida ajratma olish usuli


Download 0.84 Mb.
bet16/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

RPА yordamida ajratma olish usuli. RPА - tanaga joylashtirilgan rotor va statordan tashkil topgan boʼlib, teshikchalarga, kontsentrik holda joylashgan tishlarga ega. Rotorning ichki qismida maydalashga va aralashtirishga moʼljallangan pichoqlari yoki kurtakchalari boʼlishi mumkin.
RPА ning faol ishlashi - teshikchalar kattaligiga rotorning aylanish tezligiga bogʼliq. RPА yordamida qiska vaqt ichida (60-90 daqiqa) yuqori sifatli ajratma olish imkoni mavjud. Аparat tannin, oblipexa yogʼi, ekstraktlar olishda sinovdan yaxshi oʼtadi. Misol: kalendula nostoykasining 70% spirt bilan olish uchun 20 mm kattalikda xomashyo ishlatiladi. Bunda xomashyo bilan ekstragent nisbati 1:3 ni tashkil qiladi. Ekstraktsiya 2 marta qaytarildi, soʼngra ajratmalar birlashtirilib tindirildi va baholanadi. Olingan natijalar mavjud texnologiya boʼyicha 4 marta ajratma olishga asoslangan ekstraktga nisbatan quruq qoldiq, spirt, biofaol moddalar miqdori boʼyicha birmuncha yuqori boʼladi. Xuddi shu holat valeriana ekstraktsi olishda ham bosqichlar ixchamlanib, qisqa vaqt ichida talabga javob beradigan tayyor mahsulot olish mumkinligini koʼrsatadi. RPА ni ajratma olish jarayonida keng qoʼlamda tadbiq qilish kelajakda katta iqtisodiy foyda beradi [2.7].
Аjratma olish tezligi. Аjratma olishda u yoki bu usulning maqsadga muvofiqligi vaqt birligida ajralgan modda miqdori bilan belgilanadi. Аjratma olish jarayonida ekstraktiv moddalarning ajralib chiqish tezligi ajratma olish vaqtini belgilaydi. Koʼpincha ekstraktiv moddalar ajratma olishning birinchi soatlaridayoq tez ajralib chiqadi, soʼng yangi miqdor ajratuvchi ishlatilishiga qaramay ajratish tezligi susayib, ajratma olish uzoq vaqt davom etadi.
Bu oʼsimlik toʼqimasidagi moddalarning molekulyar massasi har xil boʼlganligi, toʼqimalar holati, maydalik darajasi, maydalash vaqtida xomashyo shaklining oʼzgarish-oʼzgarmasligi va boshqalar bilan izohlanadi. Аjratma olish kinetikasini oʼrganish shu jarayonni mukammal tarzda olib borish imkoniyatini beradi. Ishlatiladigan spirt quvvatini toʼgʼri tanlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Shunga asoslanib DF va boshqa meyoriy texnik hujjatlarda ayrim ekstraktlar uchun belgilab qoʼyilgan spirt quvvatiga tuzatish kiritish mumkin.
Ekstraktlar 10° C haroratda 3 kun davomida tindiriladi, soʼngra suziladi. Hozirgi vaqtda ekstrakt nomi bilan yuritiladigan preparatlar olinishi va tarkibi bir xil emasdir. Ularning ayrimlari faqat tashqi koʼrinishi toʼq rangda boʼyalganligi bilan ekstraktga oʼxshasa ham aslida ekstrakt emas. Bunga yodning 5% va 10% li ekstraktlari misol boʼla oladi. Ekstraktlarning eritib tayyorlanadigan ekstraktlar ham alohida guruhni tashkil qiladi. Bir necha oʼsimlik xomashyolaridan olingan ajratmalarni aralashtirib tayyorlanadigan murakkab ekstraktlarning ham oʼziga xos tomonlari bor.
Suyuq ekstraktlar - oson qoʼzgʼaluvchan spirt-suvli ajratmalar boʼlib, 1:1 nisbatda, yaʼni bir ogʼirlik qism ham ashyodan bir hajmiy qism mahsulot olinadi. Suyuq esktraktlar tayyorlanishi nisbatan osonligi, taʼsir qiluvchi moddalar majmuasining tabiyligi, xomashyo va tayyor mahsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda keng qoʼlamda ishlatishga keng imkon beradi. Shu bilan birga ular ekstrafaol moddalarga toʼyingan boʼlib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismi uchib ketishi bilan choʼkma hosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab kuyadi. Suyuq ekstraktlar perkolyatsiya reperkolyatsiya va boshqa usullarda olinishi mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling