1.6. Ajratma olish usullari
DF ХI boʼyicha ekstraktlar rasmiy matseratsiya (ivitib qoʼyish), kasrli matseratsiya, ajratuvchining majburan aylanishni taʼminlovchi matseratsiya (matseratsiya-tsirkulyatsiya), perkolyatsiya (siqib chiqarish), girdob va norasmiy zamonaviy tezlashtirilgan usullar (ultratovush, Farmatsiya-ilmiy tekshirish oliygohi (VNIIF), markazdan qochish kuchiga asoslangan) bilan olinadi [2.10].
Matseratsiya usuli. Matseratsiya - namlash soʼzidan olingan. Gʼalvirsimon tub ustiga maydalangan xomashyo (1-8 mm) koʼrsatilgan miqdordagi ajratuvchi solinib, 15-20° C haroratda, vaqt koʼrsatilmagan boʼlsa, 7 kunga qoldiriladi hamda vaqti-vati bilan aralashtirilib turiladi. Koʼrsatilgan vaqt oʼtgandan soʼng (C-c=0 boʼlganda) ajratma quyib olinadi va qoldiq siqib olinadi. Аjratmalar birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli hajmga yetkaziladi. Bu oddiy usul boʼlib, asbob-uskunalarni koʼpam talab etilmaydi. Kamchiligi: oʼsimlik xom-ashyosidan taʼsir etuvchi modda toʼliq ajralib chiqmaydi, jarayon uzoq davom etadi.Matseratsiya idishi zanglamaydigan poʼlat yoki duralyuminiydan yasalgan boʼlib, aralashtirilgichi, ostki qismida gʼalvirsimon tubi va joʼmragi boʼladi [2.7].
Kasrli matseratsiya usuli. Kasrli matseratsiya yordamida hujayralardagi ekstraktiv moddalarni tez va toʼliqroq ajratib olish uchun ajratuvchini ikki yoki uch qisimga boʼlib, har safar xomashyoga toza ajratuvchi bilan ishlov beriladi va ajratma quyib olinadi, yaʼni
3 q spirt bilan 4 kun
1 q spirt bilan 2 kun
1 q spirt bilan 1 kun
5 q spirt bilan 7 kun
Matseratsiya-sirkulyatsiya usuli. Matseratsiya-tsirkulyatsiya usulida ajratuvchining aylanma xarakatini soʼrgʼich yordamida oshirish mumkin. Bunda ajratuvchi qayta-qayta soʼrgʼich bilan soʼrib olinib, yuqoridagi idishga qaytarib solinadi.Bu ikkala usulda ham kontsentratsiyalar farqining koʼpayishi hisobiga jarayon tezlashadi. Buning natijasida olinadigan ajratma tarkibi boshqa ajratma olish usllarida olingan ajratmalarga nisbatan biofaol moddalargan toʼyingan boʼladi. Shuning uchun korxona sharoitida matseratsiya-sirkulyatsiya usuli koʼp qoʼllaniladi [2.7].
Do'stlaringiz bilan baham: |