Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Dorivor rozmarin o’tining dastlabki farmako-toksikologik tadqiqotlari


Download 0.84 Mb.
bet18/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

2.1. Dorivor rozmarin o’tining dastlabki farmako-toksikologik tadqiqotlari
Dastlabki tadqiqotlarda dorivor roamarin xomashyosining o’tkir toksikligi va anemiyaga qarshi faolligi o’rganilgan edi [1.4]. Natijada salat bargi o’tkir toksikligi LD50>6000 mg/kg ya’ni deyarli zaharli emasligi (V-toksiklik sinfi) aniqlangan.
Qusihga qarshi faolligi “Metoklopromid” preparati bilan hayvonlarda solishtirilgan va ijobiy natijalarni ko’rsatgan. Bajarilgan ushbu dastlabki tadqiqotlar va uning natijalari dorivor rozmarin asosida qusishga qarshi ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
2.2. Maqsadga muvofiq ajratuvchining konsentratsiyasini tanlash
Аjratma olish jarayonida ajratuvchini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Аjratuvchi shunday tanlangan bo'lishi kerakki, xomashyodan asosiy taʼsir qiluvchi modda maksimal miqdorda, yot moddalarni minimal miqdorda ajralib chiqishni taʼminlashi, oʼsimlik xomashyosini yaxshi namlashi, hujayra devori orqali yaxshi shimilishi lozim. Ekstraktsiya jarayoniga taaluqli bo’lgan adabiyotlar va maqolalarga tayanib, ajratuvchi sifatida eng ko’p qo’llaniladigan va nisbatan ko’proq ajratma olishga imkon beradigan ajratuvchilar bular: etanol, atseton, suv, geksanlar hisoblanadi.
Аjratma olish jarayoni koʼpgina omillarga asoslangan holda olib borilishi kerak (har-xil konsentratsiyada, oʼsimlik harakteri, maydalik darajasi, temperatura, ekstraktsiya davomiyligi, ajratuvchi tabiati va boshqalar).
Biz talabalar ilmiy jamiyatida olib borilgan dastlabki tadqiqotlarimiz natijasi asosida shuni aniqladikki dorivor rozmarin xomashyosidan suvli ajratma olinganda ajratmamiz tiniq va quruq qoldiq miqdori bo’yicha yaxshi ko’rsatkichlar qayd qilindi. Dorivor rozmarin suyuq ekstrakti tayyorlash uchun optimal ajratuvchi tanlab olish uchun suv, etanol va atsetondan foydalandik. Bularning har biri uchun 3 xil 1:5, 1:10, 1:15 nisbatlardan foydalanildi. Etanolning turli xil foiz konsentratsiyalaridan ajratuvchi sifatida foydalanildi. Xususan, 20%, 30%, 40%, 50%, 60%, 70%, 80%, 90% hamda 96% li etil spirti dorivor rozmarin suyuq ekstraktini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishda qo’llanildi.
Dastlab xomashyoni tayyorlash uchun O’zbekiston hududida yetishtirilgan dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis L) barglari va yosh novdasidan foydalanildi. Xomashyo an’anaviy usulda tayyorlandi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling