Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Аjratmani organoleptik tahlil qilish


Download 0.84 Mb.
bet26/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Аjratmani organoleptik tahlil qilish. Organoleptik tahlil bu - preparatning tashqi koʼrinishi, rangi, hidi, taʼmi orqali tekshirilishidir. Аjratmaning rangi hamda tiniqligini aniqlashda XI DF da keltirilgan usullar qoʼllanildi. Ekstraktning rangini aniqlash uchun ekstrakt bir shishidan tayyorlangan probirkalarga solindi va kun yorugʼligida, oq fonda solishtirildi. Ekstraktning hidi ekstraktni probirkaga solib, hidlab koʼrib va uning taʼmi tatib koʼrish orqali aniqlandi.
Tekshirishlar natijalariga koʼra, dorivor rozmarin asosida tayyorlangan qusishga qarshi taʼsirga ega ekstrakt - tiniq, toʼq sariq rangli, oʼziga xos oʼtkir hidga va achchiq, taʼmga ega spirtli ekstraktdir.
Quruq qoldiq miqdorini aniqlash. Preparatning quruq qoldiq miqdori XI DF boʼyicha aniqlandi. Buning uchun tekshirilinayotgan preparatdan 5 ml oʼlchab olinib, aniq ogʼirlikkacha keltirilib, tortib olingan chashkaga solindi. Soʼng chashka 102,5±2,5°C haroratdagi quritish javoniga (3 soat) qoʼyildi. Belgilangan muddat oʼtgach, chashka quritish javonidan olinib, eksikatorda 30 daqiqa davomida sovutildi. Soʼng chashka, ichidagi quruq qoldiq bilan toʼrt xona aniqlikkacha tortib olindi.
Quruq qoldiq miqdori formula (3.1 ga qarang) orqali hisoblandi.
(3.1)
Bunda
m0 - quruq chashkaning massasi, g;
m1 - chashkaning quruq qoldiq bilan massasi, g;
m2 - quruq qoldiq massasi, g
Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
Quruq qoldiq miqdorini aniqlash bo’yicha olingan natijalar





DF ХI bo'yicha quruq qoldiq %

DF ХI bo'yicha quruq qoldiq o'rtacha % ko'rsatkichi

1

1,984

2,01

2

2,050

3

2,010

Demak, suyuq ekstraktning quruq qoldiq miqdori 2,01 % ga teng.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling