2.1-sxema
Texnologik jarayon sxemasi
II bob bo’yicha xulosa
1. Ajratma olish uchun maqsadga muvofiq ajratuvchi va uning konsentratsiyasi tanlab olindi, farmakologik taʼsiri o’rganilib, oʼsimlik xomashyosining maydalik darajasini ekstraktiv faol moddalar ajralib chiqish tezligiga tasirini oʼrganildi. Xomashyoning ajratuvchini shimish koefisiyenti va dinamik muvozanatning yuzaga kelish vaqtini aniqlash bo’yicha tajribalar amlga oshirildi.
2. Texnologik omillarni o’rganib chiqib, optimal parametrlarni aniqlab, dorivor rozmarin o’ti asosida qusishga qarshi vosita sifatida ekstrakt texnologiyasi ishlab chiqildi.
III BOB. DORIVOR ROZMARIN ASOSIDA OLINGAN SUYUQ EKSTRAKT SIFАTINI BАHOLАSH
3.1. Qusishga qarshi ta’sirga ega suyuq ekstrakt sifatini baholashda aniqlangan koʼrsatkichlar
Farmatsevtika sohasida yaratilib, keng miqyosda ishlab chiqarilib, isteʼmol uchun tadbiq etilayotgan barcha dorivor preparatlar isteʼmolchiga yetib borguncha albatta sifat nazoratidan oʼtkaziladi. Bu jarayon majburiy boʼlib, ish davomida dori vositasi barcha koʼrsatkichlari boʼyicha standartlanadi.
Standartlash jarayoni dori vositasining toʼla tahlili boʼlib, ahamiyati jihatdan oʼta muhimdir. Jarayon davomida dorivor preparat oʼzining kimyoviy, fizikaviy va biologik xususiyatlari boʼyicha tekshiriladi. Har bir dori vositasining tegishli meʼyoriy texnik xujjatlari boʼlib, barcha tahlillar shu xujjat asosida olib boriladi. Standartlash jarayoni natijalariga koʼra dori vositasining “taqdiri”, yaʼni uning isteʼmol uchun chiqarilishiga ruxsat berish yoki bermaslik belgilanadi. Keltirilganlardan koʼrinib turibdiki, dorivor preparatning sifat nazorati juda eʼtiborli boʼlib, hozirgi kunda unga nisbatan nazorat yanada kuchaytirilgan. Shularni nazarda tutgan holda, yurtimizda dori vositalarining sifat nazorati tahlillari doimiy tarzda akreditatsiya tekshirishlaridan oʼtkazilib boriladigan, eng zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan analitik laboratoriyalarda yuqori toifali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Dorivor rozmarin asosida qusishga qarshi taʼsirga ega ekstrakt tayyorlangandan soʼng sifat nazorati tahlilidan oʼtkazildi. Buning uchun hozirgi kunda qoʼllanilayotgan ayrim dorivor preparatlarning farmakopeya maqolalaridan, taʼsir qiluvchi moddalarning tahlil uslublari keltirilgan meyyoriy texnik xujjatlardan foydalanildi. Standartlash jarayoni davomida ekstraktning quyidagi koʼrsatkichlari tekshirildi:
- ekstraktni organoleptik koʼrsatkichlari;
- preparat tarkibidagi spirt miqdori;
- quruq qoldiq miqdori;
- preparatning zichligi;
- ekstraktning chinlik koʼrsatkichlari;
Barcha tahlillar “Medstandart” ilmiy markazidadagi kimyoviy tahlil laboratoriyasida, zamonaviy uskunalar va tahlil uslublari asosida, ilmiy rahbar nazorati ostida amalga oshirildi. Bunda aniqlik darajasi yuqori boʼlgan fizikaviy - kimyoviy uskunalar hamda turli kimyoviy tahlil usullaridan foydalanildi. Аjratmaning son koʼrsatkichlari toʼla oʼrganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |