Suyuq ektrakt zichligini aniqlash. XI DF boʼyicha suyuqliklarning zichligi piknometr yordamida aniqlanadi. Buning uchun toza, quruq piknometrni 0,0001 g aniqlikkacha tortib olinadi. Belgisidan ozgina yuqoriroqqacha tozalangan suv bilan toʼldirilib, ogʼzi probka bilan yopiladi. Soʼng, suyuqlik harorati 20°C boʼlgan termostatda 20 daqiqa davomida ushlanadi. Shu sharoitda piknometrdagi suyuqlik miqdori belgisigacha yetkaziladi, ortiqcha suyuqlik pipetka yordamida olib tashlanadi. Termostatda yana 10 daqiqa ushlab turilgach, piknometr tashqariga chiqarilib, filtr qogʼozi bilan artiladi va tortib olinadi. Soʼng piknometrdagi suv toʼkib yuborilib, spirt va efirda chayiladi, quritiladi. Shundan keyin piknometrga tekshirilayotgan suyuqlik (ekstrakt) solinadi va yuqorida bajarilgan jarayonlar takrorlanadi [2.17].
Zichlik - (g/ml) quyidagi tenglama bilan topiladi:
(3.2)
Bunda
m - boʼsh piknometr massasi, g;
m1 - piknometrning tozalangan suv bilan massasi, g;
m2 - piknometrning tekshirilayotgan suyuqlik bilan massasi, g;
0,99703 - 20°C haroratdagi suvning zichligi, g/ml (havoning zichligi inobatga olingan);
0,0012 - 20°C haroratda va 101,1 kPa (760 mm Sim.ust) barometrik bosimdagi havoning zichligi.
3.2-jadval
Suyuq ektrakt zichligini aniqlash bo’yicha olingan natijalar
№
|
m
|
m1
|
m2
|
1
|
14,2641
|
24,1906
|
23,8865
|
2
|
14,3683
|
24,3221
|
23,9987
|
3
|
14,3860
|
24,3365
|
23,9512
|
Demak, ekstraktimiz zichligi 0,9644ga teng ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |