Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


-rasm. Chapdan 1-ekstrakt temir (III) xlorid qo’shilgan va 2-ekstrakt temir (III) xlorid qo’shilmagan namuna


Download 0.84 Mb.
bet30/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

3.1-rasm. Chapdan 1-ekstrakt temir (III) xlorid qo’shilgan va 2-ekstrakt temir (III) xlorid qo’shilmagan namuna
Flavonoidlarning spektrofotometrik tahlili. Tarkibida flavonoidlarning spektrofotometrik aniqlash flavonoidlarning alyuminiy xlorid bilan reaksiyasidan foydalangan holda spektrofotometrik tarzda aniqlandi, bu esa bataxrom siljishiga olib keladi [2.11-2.13].
1 ml ekstrakt hajmi 25 ml bo'lgan o'lchov kolbasiga solinadi, so’ng 5 ml 5% li alyuminiy xloridning 70% li etil spirtidagi eritmasidan, 10daqiqadan so'ng 2 ml 5% li sirka kislotasining 70% li spirtdagi eritmasi qo'shiladi. 70% etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi hamda 30 daqiqaga qoldiriladi. Olingan eritmaning optik zichligi devori qalinligi 10 mm bo'lgan kyuvetada 408 nm to'lqin uzunligidagi spektrofotometrda o'lchandi. Kompensatsion eritma (blank) sifatida shu tarzda tayyorlangan eritma ishlatiladi, ammo alyuminiy xloridning 70% etil spirtidagi 5% eritmasi qo'shilmagan.
Parallel ravishda, 30 daqiqadan so'ng, eritmaning optik zichligi o'lchandi. Standart eritma (rutinning ishchi standart namunasi), sinov eritmasiga o'xshash tayyorlanadi, 1 ml rutinning RSO eritmasi, 5 ml 5% li alyuminiy xloridning 70% li etil spirtidagi eritmasidan va 2 ml 5% li sirka kislotasining 70% li spirtdagi eritmasi qo'shiladi, 70 % li etil spirti bilan belgisigacha keltiriladi. Kompensatsion eritma (blank) sifatida shu tarzda tayyorlangan eritma ishlatiladi, ammo alyuminiy xloridning 70% etil spirtidagi 5% eritmasi qo'shilmagan.
Flavonoidlar umumiy miqdori (Rutin bo'yicha) quyidagi formula bo'yicha % hisoblanadi:
D х m0 x P x 1 x 25 х Vв D х m0 x P х Vв
Х = --------------------------------------- = ------------------------- (3.4)
D0 x 100 x 25 x 1 x Мс D0 x 100 x Мс
Bunda
D – tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi;
D0 – standart namuna optik zichligi;
m0 – rutin namunasining og'irligi, g;
Р – standart namunadagi rutin miqdori, sifat sertifikatida foizlarda qayd etilgan; Мс – ekstrakt olish uchun ishlatilgan xomashyo massasi, grammda;
Vв – ajratib olingan ektrakt (filtrat) miqdori, mililitrda.
Rutin RSO sini tayyorlash. 1350C haroratda doimiy og'irlikkacha quritilgan taxminan 25 mg (aniq tortilgan) RSO rutin 100 ml hajmli o'lchov kolbasiga solinadi, suv hammomida qizdirib 80 ml 70% etanolda eritiladi, sovutilgandan so'ng eritmaning hajmi 96% etanol bilan belgisigacha keltiriladi. Eritmaning saqlash muddati salqin va qorong'i joyda yaxshi yopiq idishda 1 oy.
Alyuminiy xloridning 5% li eritmasini tayyorlash. 5 g alyuminiy xlorid 100 ml hajmli o'lchov kolbasiga solinadi, keyin ehtiyotkorlik bilan, sekin 35 ml 70% etanol quyiladi, sekin aralashtiriladi va eritiladi, so'ngra 70% etanol bilan belgisigacha keltiriladi. Eritmaning saqlash muddati - 5 kun
Sirka kislotasining 5% li eritmasini tayyorlash. 100 ml hajmli o'lchov kolbasiga 5 ml konsentrlangan sirka kislotasi quyiladi va 70% etanol bilan belgisigacha keltiriladi. Eritmaning saqlash muddati - 5 kun
Natija. Suyuq ekstrakt tarkibidagi flavonoidlarni miqdoriy aniqlash natijalari statistik ishlovdan o'tkazildi (3.4-jadvalga qarang).



3.2-rasm. Rutin satandart eritmasi optik zichligi




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling