Kirish mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Preparat tarkibidagi spirt miqdorini aniqlash


Download 0.84 Mb.
bet28/35
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1531107
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
3. Dissertatsiya Shokodirov - 16.06.2022

Preparat tarkibidagi spirt miqdorini aniqlash. Qusishga qarshi taʼsirga ega ekstrakt tarkibidagi spirtning miqdorini aniqlash uchun XI DF da keltirilgan usuldan foydalanildi. Unga asosan, preparat tarkibidagi spirtning miqdoriga qarab tekshiriluvchi eritmadan oʼlchab olinadi, yaʼni agar preparat tarkibida 20% gacha spirt boʼlsa, tekshiriluvchi eritmadan 75 ml, 20% dan 50% gacha boʼlsa, 50 ml, 50% dan yuqori boʼlsa, 25 ml tekshiriluvchi eritmadan olinadi va hajmi 75 ml gacha tozalangan suv bilan yetkaziladi.
Аjratmani tayyorlashda 40% etil spirtidan foydalanilgani uchun, suyuqlikdan 50 ml olib, tubi yumaloq, sigʼimi 200-250 ml boʼlgan kolbaga solindi va hajmi 75 ml ga tozalangan suv bilan yetkazildi. Qaynash jarayoni bir meʼyorda ketishi uchun kolba ichiga bir necha dona farfor boʼlakchalari solindi. Soʼng kolba elektr plitasiga qoʼyilib, spirt haydagich asbobiga oʼrnatildi. Haydab, ajratib olingan spirt sigʼimi 50 ml boʼlgan oʼlchov kolbaga yigʼildi. 48 ml atrofida haydash mahsuloti yigʼib olinganidan soʼng jarayon toʼxtatildi. Аjratib olingan suyuqlik tiniq va oʼziga hos hidga ega. Suyuqlik 20°C haroratga kelguncha sovutildi va hajmi 50 ml ga tozalangan suv bilan yetkazildi.
Haydash mahsulotining zichligi piknometr yordamida topildi va alkagolemetrik jadval orqali unga mos keladigan koʼrsatkich aniqlanib, hajmi jihatdan foiz boʼyicha ekstrakt tarkibidagi spirt miqdori topildi (3.3 ga qarang).
Zichlik - (g/ml) aniqlash formulasi:
(3.3)
Bunda
m - boʼsh piknometr massasi, g;
m1 - piknometrning tozalangan suv bilan massasi, g;
m2 - piknometrning tekshirilayotgan suyuqlik bilan massasi, g;
0,99703 - 20°C haroratdagi suvning zichligi, g/ml (havoning zichligi inobatga olingan);
0,0012 - 20°C haroratda va 101,1 kPa (760 mm Sim.ust) barometrik bosimdagi havoning zichligi.
3.3-jadval
Ekstrakt tarkibidagi spirt zichligini aniqlash bo’yicha olingan natijalar




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling