Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#139468
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash


 

 



 

 


 



Kirish 



Mavzuning  dolzarbligi  Vatanimiz  mustaqillikni  qo`lga  kiritgach  juda  ko`p 

sohalarda jumladan, fan, ta`lim va ishlab chiqarish sohalarida tub burilishlar sodir 

bo`ldi.  Haqiqiy  erkinlik  va  istiqlolga  erishish  –  bu  mustaqillikni  qo`lga  kiritish 

emas,      balki  uni  ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy  jihatdan  qurish  va  mustahkamlash, 

xalqaro  hamjamiyatda  o`zimizga  munosib  o`rin  egallash  va  hurmat  qozonishdan 

iborat  ekanini  teran  angladik.  Bu  maqsadga  erishish  yo`li  –  yer  osti,  yer  usti 

boyliklaridan  ishlab  chiqarish  va  intellektual  salohiyatimiz  kuch  qudratimizdan 

foydalanib  ko`pni  ko`rgan,  mehnatkash  xalqimizning  aql  –  zakovati,  g`ayrat  – 

shijoatiga  va  xalqaro  hamjamiyat  hamkorligiga  tayanib  dunyodagi  zamonaviy 

rivojlangan davlatlar qatoriga kirish yo`lidir [1].    

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta`kidlaganlaridek, 

“Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, 

avvalo,  ichki  manbalarni  safarbar  etish  iqtisodiyotimizning  muhim  tarmoqlarini 

jadal,  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jixozlash,  transport 

kommunikatsiyalarini  yanada  rivojlantirish  va  ijtimoiy  infratuzilma  ob`ektlarini 

barpo  etish,  hal  qiluvchi  ustuvor  yo’nalishga  aylandi”  [2].  Prezident  Islom 

Karimov: “Bugun biz tarixiy davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar 

qo`yib,  avvalambor,  o`z  kuch  va  imkoniyatlariga  tayanib,  demokratik  davlat  va 

fuqarolik jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda 

yashamoqdamiz”, - degan edilar [3]. 

Jamiyatni  asosiy  rivojlantiruvchi  va  ishlab  chiqarish  tizimini  boshqaruvchi 

kuch inson ekanligini e`tiborga olib uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’likni 

saqlash  ijtimoiy  sotsial  taraqqiyot  yo`lidagi  muhim  omil  bo`lib  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  sanoat  korxonalarining  muhim  talabi  faqat  sifatli  mahsulot 

ishlab  chiqarish  bo`lib  qolmasdan,  balki  ishlab  chiqarish  sharoitini  yaxshilash, 

ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo`lgan 

manbalarni  yo`qotish,  ish  faoliyati  inson  uchun  charchash,  toliqish  va  kasalliklar 

manbai  bo`lmasdan,  quvonch  va  baxt  keltiruvchi  faoliyat  bo`lishini  ta`minlashga 

harakat qilishi zarur. 


 

Boshqa  sohalar  kabi  kimyo,  oziq-ovqat  sanoati  korxonalariga  taalluqli 



mehnatni  muhofaza  qilish  muammolarini  echimi  va  inson  salomatligini  saqlash 

O`zbekiston davlati taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi. 

Zamonaviy  ilmiy-texnika  rivoji  talablariga  faqat  har  tomonlama  chuqur 

tahlil  etib,  ishlab  chiqarilgan  mehnat  muhofazasi  majmui  tizimigina  javob  bera 

oladi.  Uning  asosini  ishlab  chiqarishga    yuqori  samaradorlikka  ega  bo’lgan  va 

xavfsiz,  yangi  texnika  va  texnologiyalar,  mehnatni  tashkil  qilishning  ilg’or 

usullarini tadbiq qilish tashkil qiladi. Ushbu sohalar uchun yuqori malakali kadrlar 

tayyorlash hozirgi kun talabidir.  

Biror bir soha yo’qki kimyo fani yutuqlarining mahsuli kirib bormagan bo’lsa. 

Kundalik  ehtiyojimizda  keng  ishlatilayotgan  tovar  mahsulotlarning  aksariyati 

kimyo bilan bog’liq bo`lgan korxonalarda malakali muxandis texnolog, nazoratchi, 

laborant, ishchilar va boshqa ko`plab mutasaddilarning  mexnati natijasida vujudga 

kelgan.  Kimyoning tarmoq sohalarida faoliyat yurituvchi barcha shaxslar bevosita 

kimyo laboratoriyasi bilan uzviy bog’liqlikda bo`ladilar. Kimyo laboratoriyalarida 

ishni  tashkil  qilish  va  uni  amalga  oshirish  jarayonlari  tajribalar  bilan  amalga 

oshiriladi.  Bunday  holda  laboratoriyada  ishlashning  umumiy  qoidalarini  bilish  va 

xavfsizlik  qoidalariga  qat`iy  amal  qilish  juda  zarurdir.  Kimyo  laboratoriyasiga 

kirishi  mumkin  bo`lgan  va  ruxsat  etilgan  shaxslar  jumladan  o`quvchi  yoshlar, 

talabalar,  texnik  va  texnologlar,  muxandislar,  o`qituvchi  va  laborantlar 

laboratoriyada  muayyan  vaqt  davomida  texnika    xavfsizligi    qoidalariga  rioya 

qilishlari kerak. 

Muayyan  fanning  amaliy  mashg’ulotlari  uchun  maxsus  ko`rsatmalar  va  shu 

laboratoriyada  ishlashning  umumiy  qoidalari,  ishlash  tartibi  qolaversa  favqulotda 

ko`ngilsiz  hodisalar  ro`y  berganda  ko`rsatiladigan  birinchi  yordam  qoidalari 

atroflicha izohlash orqali berilgan uslubiy  yoki metodik ko`rsatmalarning ko`p va 

yetarli darajada emasligi muammoning dolzarbligini belgilaydi. 



Mavzuni  o’rganganlik  darajasi  O`zbekistonda  kimyo  sohasi  ancha 

rivojlanib kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Kimyoviy tajribalar joriy etilgan 

dasturlarga  muvofiq  ravishda  o`rta  umumta`lim  maktablarida,  akademik  litsey  va 


 

kasb  hunar  kollejlarida,  oliy  ta`lim  va  ilmiy  tadqiqot  muassasalarida,  ilmiy 



markazlarda, oziq-ovqat, nooziq ovqat hamda kimyoviy ishlab chiqarishga tegishli 

muassasalarning  laboratoriyalarida  amalga  oshiriladi  va  xavfsizlik  qoidalari  ham 

ishlab chiqilgan. Laboratoriyada ishni tashkil qilish qoidalari bo`yicha (rus tilidagi 

adabiyotlarda 

xususan, 

N.V.Kostin, 

A.N.Zaxarov,

 

F.Yu. 



Rachiniskiy), 

N.X.Maqsudov,  T.S.Nazarova,  A.A.Grabetskiy,  V.N.Lavrova  va  boshqalarning 

nashr etgan ishlari mavjud.    

Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari    Kimyo  laboratoriyasida  ishlashni 

qoidalariga  doir  uslubiy  ko`rsatma  tayyorlash.  Ushbu  maqsadni  amalga  oshirish 

uchun quyidagi vazifalar belgilandi: Mavzuga oid bo`lgan ma`lumotlarni to`plash, 

o`rganish  va  sharxlash.  Kimyo  laboratoriyasida  ishlashni  qoidalari,  xavfsizlik 

texnikasiga  doir  ko`rsatma  tayyorlash.  BMIni  bajarish  davomida  quyidagilarga 

erishildi:  Kimyodan  laboratoriya  mashg’ulotini  tashkil  etish  va  o`tkazish,  tajriba 

va uning vazifalari, tajriba turlari haqidagi nazariy ma`lumotlarni to`plandi, kimyo 

laboratoriyasida    laboratoriya  mashg’ulotlarini  bajarishga  oid  tartib  -  qoidalar  va 

ko`rsatmalar,  xavfsizlik  texnikasi  bo`yicha  ba`zi  ma`lumotlar  umumlashtirilib 

ko`rsatma shakliga keltirildi. 



Tadqiqot  ob’ekti  va  predmeti    Kimyo  laboratoriyasi.  Uning  predmeti 

ishlashning  umumiy  qoidalari,  xavfsizlik  texnikasi,  instruktaj.  Ma`lumotlarni 

jamlab ko`rsatma shakliga keltirish. 

BMIning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati    BMIni  bajarish  davomida  to`plab 

o`rganilgan  kimyo  laboratoriyalarida  ishlashni  qoidalari, 

laboratoriya 

mashg’ulotini  tashkil  etish  va  o`tkazish,  noorganik  va  organik  moddalar  bilan 

laboratoriyada  ishlash  qoidalari    va  xavfsizlik  texnikasi,  xavfsizlik  texnikasi 

ko`rsatmasini  o`tkazish  bo`yicha  instruktaj,  ko`ngilsiz    hodisalar  ro`y  berganda 

ko`rsatiladigan  birinchi yordam to`g’risidagi ma`lumotlar kimyo laboratoriyasida 

muayyan bir vaqt ichida faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ko`rsatma yoki eslatma 

sifatida  ishlatilishi  mumkinligi  jihatidan  ahamiyat  kasb  etishi  mumkin. 

Tayyorlangan  ayrim  qoidalar  jamlanmasidan  o’qitish  jarayonida,  amaliy 

mashg’ulotlarda manbaa sifatida foydalanilishi mumkin. 


 



BMIning  tarkibiy  tuzilishi    BMI  kirish,  uchta  bob,  xulosa  hamda 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 78 bet, 

shundan matn qismi 78 bet. Unda foydalanilgan adabiyotlar iborat. 

Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, tadqiqot 

obe`kti va predmeti, ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. 



Birinchi  bob  -  “Adabiyotlar  sharxi”.  Adabiyotlar  sharxida  maktablarda 

kimyo  laboratoriyasi,  kimyoviy  tajriba  va  uning  vazifalari,  tajriba  turlari 

to`g`risida ma’lumotlar keltirilgan.  

Ikkinchi  bob  -  “Asosiy  qism”  deb  nomlanib,  unda  kimyodan  laboratoriya 

ishlari  va  ularni  bajarishning  umumiy  qoidalari,  mashg’ulotlarini  bajarishga  oid 

tartib  -  qoidalar  va  ko`rsatmalar,  ba’zi  asboblar  va  ular  bilan  ishlash,  xavfsizlik 

texnikasi,  instruktaj,  ko`ngilsiz    hodisalar  ro`y  berganda  ko`rsatiladigan    birinchi 

yordamlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.  

Uchinchi  bob-  xorijiy  investitsiyalar  qismi  bo`lib,  unda  investitsiyalar  va 

ularni bugungi kundagi ko`lami haqida ma`lumotlar keltirilgan. 

BMIning  xulosa  qismida  bajarilgan  ishlar  natijalari  umumlashtirlib,  mavzu 

bo`yicha xulosalar berilgan. 



 



I BOB. Adabiyotlar sharxi 



1.1. O`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo laboratoriyasi: 

laborant va o`qituvchining vazifalari, laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish 

va o`tkazish 

Ma`lumki  kimyo  fani  tabiiy  fanlar  qatoriga  kiradi  va  u  kimyoviy  moddalar 

ularning  bir-biriga  aylanishi  va  o`zgarishlarni  o`rganadigan  fan  hisoblanadi.  Fanni 

o`zlashtirishda  nazariy  ma`lumotlar  bilan  bir  qatorda  amaliy-laboratoriya  ishlarini 

ham  o`rni  benihoya  kattadir.  Amaliy  ishlar  nazariyani  to`ldirishga  tasavvurlarni 

yanada  kengaytirishga  yordam  qiladi.  Laboratoriya  ishlari,  amaliy  ishlar  asosan 

laboratoriyalarda  xususan  o`rta  umumiy  ta`lim  muassasasida  kimyo  kabinetlarida 

amalga oshiriladi.  

Yangi  taxrirdagi  DTS  talablariga  ko`ra  kimyo  kabinetining  maqsadga 

muvofiq  holda  yaxshi  jihozlanishi  eng  muhim  vazifalardan  biri  bo`lib 

hisoblanadi.  Kabinetning  jihozlanishi  laboratoriya  mashg’ulotlarni  yaxshi 

o`tkazishga to`liq imkon berishi bilan birga u pedagogik, ilmiy, ruhiy fiziologik, 

estetik va texnikaviy talablarga javob beradigan bo`lishi shart. 

Kabinetdagi  o`quv  materiallari  komplekti  sinfdagi  barcha  o`quvchilarga 

etadigan  bo`lishi  kerak.  Xar  bir  o`quv  materiali  muayyan  laboratoriya  amaliy 

mashg’ulotlarni  va  qilib  ko`rsatiladigan  tajribalarni  o`tkazishga  mo`ljallangan 

bo`ladi.  Qilib  ko`rsatiladigan  va  laboratoriya  tajribalari  o`quvchilar  darsda 

o`tgan  mavzuni  yanada  chuqurrok  o`zlashtirib  olishlariga  yordam  beradigan 

bo`lishi zarur. Tajribalar o`tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay 

bo`lishi hamda doimo taxt turishi kerak. 

O`rta  umumiy  ta`lim  maktablarida  kimyo  kabineti  laboratoriya 

mashg’ulotlari  o`tkaziladigan  xona va  reaktivlar  saqlanadigan  preparatxonadan 

iborat  bo`ladi.  Laboratoriya  xonasida  turli  asbob  va  reaktivlar  saqlanadigan 

shkaflar,  o`quvchilar  mashg’ulot  o`tkazadigan  stollar,  turli  xil  maketlar  va 

stendlar  bo`ladi.  O`quvchilarning  stollar  va  o`qituvchi  tajriba  ko`rsatadigan 

stol  xar  bir  darsning  mazmuniga  ko`ra  jihozlanadi.  O`qituvchi  tajriba 

ko`rsatadigan  stol  yonida  vodoprovod  jo`mragi  va  gaz  gorelkasi  albatta 


 

bo`lishi  shart.  O`quvchilar  esa  spirt  lampasidan  foydalanadilar.  O`quvchilar 



stolida  laboratoriya  shtativi,  probirkalar  qo`yilgan  shtativ,  100  yoki  250  ml  li 

kolba,  2  yoki  5  millilitrli  pipetka,  25  sm  uzunlikda  shisha  tayoqcha, 

menzurka,  voronka  va  chinni  stakan  quyilgan  bo`ladi.  Tuz,  kislota  hamda 

asoslarning 

har 

xil 


kontsentratsiyali 

eritmalari 

laborant 

xonasida 

(preparatxonada)  turadi  va  zarur  bo`lganda  o`quvchilarga  laborantning  o`zi 

quyib  beradi.  Bundan  tashqari,  laboratoriya  xonasida  bir  chekkada  va  olish 

qulay bo`lgan joyda yong’inga qarshi kurash vositalari (qum solingan yashiq, 

o`t  o`chirgich  va  boshqalar)  hamda  aptechka  bo`lishi  kerak.  Kabinetda 

doimo bo`lishi lozim bo`lgan o`quv qurollariga quyidagilar kiradi:  

1)  har  bir  o`quvchiga  tarqatib  beriladigan  materiallar:  turli  minerallar, 

kimyoviy  xom  ashyo  namunasi,  turli  qazilma  boyliklar  kollektsiyasi, 

metallarning  qotishmalari,  kauchuk  namunasi,  toshko`mir  va  neftdan 

olinadigan  mahsulotlar,  alyuminiy,  po`lat  kollektsiyasi,  kimyoviy  tolalar 

kollektsiyasi;  

2)  ko`rgazmali  materiallar:  atom  kristall  panjarasi,  atom  modeli,  turli 

kimyoviy ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi jadvallar;  

3)  tajriba  o`tkazishga  zaruriy  reaktivlar:  oksidlar,  kislotalar,  tuzlar, 

indikatorlar,  spirtlar,  al’degidlar  aromatik  uglevodorodlar,  organik  kislotalar, 

uglevodlar;  

4) tajriba o`tkaziladigan asboblar: ozonator, eritmalarini sinab ko`rish uchun 

elektrolizyor,  suvni  elektroliz  qilish  asbobi,  vol’tmetr,  oxaktoshni  kuydirish  pechi, 

mufel’  pechi,  quritish  shkafi,  distillyator,  texnik  tarozi  va  boshqa  asboblar. 

O`qituvchi  ish  joyi  yoritilishi  sun`iy  yoritgichlar  bilan  kamida  300lk,  sinf 

doskasi 500 lk ni tashkil etishi lozim. 

 Kimyo  kabineti  ana    shular  bilan  to`liq  jihozlangandagina  mashg’ulotlar 

sifatli o`tadi. 

Har  qanday  laboratoriyada  albatta  laborant  lavozimida  ishlovchi  mutaxassis 

shaxs  faoliyat  yuritadi.  Har  bir  laborantni  u  faoliyat  yuritayotgan  muassasaning 

o`ziga xosligidan kelib chiqqan holda burch va vazifalari belgilab qo`yilgan.     


 

10 


 Laboratoriya  mashg’ulotini  tashkil  etish  va  o`tkazishda  laborantning 

vazifasi 

Kimyo kabinetida laborant asosan quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 

1.  Kabinetdagi  asbob-jihozlarni  tartibli  saqlash  va  kabinetni  ozoda  tutish 

jumladan,  kimyo  kabineti  va  preparatlar  saqlanadigan  xonalarni  muntazam 

ravishda (vaqti-vaqti bilan) shamollatib turishi kerak. 

2.  Kimyoviy  idish,  asboblar  va  ba`zi  yordamchi  materiallarni  qulay 

o`rinlarga joylashtirish. 

3.  O`qituvchining  yordamida  inventar  va  asbob-reaktivlarni  hisobga  olish 

daftarini yuritish. 

4. O`qituvchining topshirig’iga muvofiq kimyo kabinetiga  zaruriy  reaktiv  va 

materiallar  keltirish.  Alohida tuzilgan grafik daftari asosida darsga kerakli o`quv 

qurollarini tayyorlash. 

5.  Aptechkada  birinchi  yordam  uchun  zaruriy  dori  darmonlar  bo`lishini 

nazorat qilib turish. 

Bundan  tashqari,  o`quvchilar  laboratoriya  ishini  bajarayotganlarida 

xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  rioya  qilishlarini  laborant  kuzatib  turadi. 

Laborant o`zining nazariy va amaliy bilimlarini doimo oshira borishi va har yili 

o`qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. Har kuni ishning oxirida kabinetdagi 

elektr  asboblar  o`chirilganligini  stollarda  reaktivlar  qolmasligini,  vodoprovod  va 

gaz  jo`mraklari  bekilganligini  tekshirib,  so`ngra  kabinetni  qulflaydi.  Xar  bir 

laborantda xalat, ko`zoynak, rezina qo`lqop bo`lishi kerak. Laborant doimo ozoda 

kiyingan  bo`lishi,  saranjom-sarishta  ishlashi,  moddalar  bilan  ishlagandan  so`ng 

qo`lini  albatta  sovunlab  yuvishi  lozim.  Laboratoriyada  sintetik  kiyimlar  kiyish 

tavsiya etilmaydi. 

Laborant lavozimida yangi ishlayotgan kishiga quyidagicha maslaxat berish 

mumkin:  xar  bir  ishni  mas`uliyat  sezgan  holda  o`ylab,  ehtiyotlik  bilan 

bajarishga  harakat  qilish,  moddalarni  kapsulyator  yoki  chinni  qoshiqcha 

yordamida  olish,  ortiqcha  moddalarni  idishga  qaytarib  solmaslik  lozim.  Agar 



 

11 


modda  etiketkasiz  idishda  bo`lsa,  uni  o`qituvchining  ishtirokisiz  sinab  ko`rish 

yaramaydi. 

O`quvchilarga  o`qituvchining  ruxsatisiz  hech  qanday  modda  bermaslik 

kerak.  Asbob  va  idishlarni  tajriba  o`tkazishga  tayyorlashda  uning  nixoyatda  toza 

bo`lishiga e`tibor berish lozim; benzin quyilgan idishni issiq suv yoki 10% li oxakli 

suv bilan, yupqa devorli idishlarni esa «fil’tr qog’oz parchalari bilan yuvish kerak. 

Reaktivlarning qalin devorli shisha idishlarda qizdirish, qizdirilgan reaktivlarni issiq 

holicha  o`lchov  kolbasiga  quyish  yaramaydi.  Xavonchada  qattiq  ishqor  yoki  tuzni 

maydalashdan  oldin  ko`zoynak  taqish  va  rezinali  qo`lqop  kiyib  olishni  esdan 

chikarmaslik  lozim.  O`t  olib  ketish  xavfi  bor  moddalarni  juda  ehtiyot  bo`lib 

qizdirish, bunda ochiq alangadan foydalanmaslik kerak. Gazometrni kislorod bilan 

to`ldirganda uning suvini to`kish kerak. 

Spirt  lampalariga  faqat  denaturat  quyiladi.  Benzin,  kerosin  va  boshqa 

organik  moddalar  qoldig’i  rakovinaga  emas,  balki  maxsus  idishga  quyiladi. 

Laborant  laboratoriya  mashg’ulotini  o`tkazishda  o`qituvchiga  bevosita  yordam 

beradi.  Har  bir  laboratoriya  mashg’ulotini  o`tkazishda  laborant  nimalarni 

tayyorlashi  kerakligini  o`qituvchi  maxsus  laboratoriya  jurnaliga  yozib 

qo`yadi.  

Laborant  va  o`qituvchi  o`zaro  birgalikda  o`quv  laboratoriya  tajribasini 

mashg’ulotdan  avval  birinchidan  yaxshilab  tayyorgarlik  ko`rishlari  kerak, 

ikkinchidan,  o`quvchi  ishtirokisiz  ya`ni  o`zlari  muayyan  tajribani  sinov  tarzida 

bajarib  ko`rishlari  kerak.  Aks  holda  mabodo  o`quvchilarga  tajribalarni 

ko`rsatayotganda  biror  muhim  qismi  ko`ngildagidek  chiqmasa  (masalan  gaz 

chiqmay qolsa yoki cho`kma tushmay qolsa yoki rang o`zgarmay qolsa) tajribani 

ishonchliligiga putur yetishi mumkin.  

Laborant  ko`rsatadigan  tajriba  yoki  laboratoriya  mashg’ulotiga  zaruriy 

asbob  va  reaktivlarni  o`qituvchi  tomonidan  tuzilgan  kartochka  asosida 

tayyorlaydi. Ayrim hollarda ba`zi zarur narsalar laborantning esidan chiqib qolishi 

mumkin.  Shu  sababli  tayyorlangan  o`quv  asbob-reaktivlarini  o`qituvchi  albatta 

ko`zdan kechirishi va yetishmagan narsalarni laborantga aytishi lozim. 



 

12 


Ko`pchilik  hollarda,  maktablarimizda  laborantlar  sifatida  umumiy    o`rta 

ma`lumotlilir  ishlaydi.  Shu  sababli  laborantning  ishlarini  doimo  kuzatib  borish, 

har  haftaning  bir  kunida  laborantlarning  ishlari,  shuningdek,  nazariy  bilimlar 

yuzasidan  dars  o`tib  turish  lozim.  Ayniqsa,  o`qituvchi  laborantlarning  quyidagi 

ishlarida ishtirok etishi kerak:  

a)  turli  normal  va  molyar  eritmalar,  shuningdek,  ma`lum  foizli  eritmalar 

tayyorlash;  

b) o`quvchi stolini turli asbob va reaktiv bilan jihozlash;  

v) elektr toki yordamida olib boriladigan mashg’ulotni jihozlash;  

g) turli kislota va ishqorlarning eritmalarini tayyorlash;  

d) moddalarni klassifikatsiyalashda.  

Laboratoriya  ishi  bajarilayotganda  laborant  o`quvchilarning  bajarayotgan 

ishlarini  o`qituvchi  bilan  birgalikda  kuzatib  boradi.  Lekin  o`quvchining 

qilayotgan ishiga aralashmaydi, unga xalaqit bermaydi. Zarur hollardagina kerakli 

materialni  olib  keladi.  Umuman,  laboratoriya  mashg’ulotining  samarali  o`tishi, 

o`qituvchi va o`quvchilarning tayyorgarligi bilan birga laborantning ongli ravishda 

bilib  tushunib  ishlashiga  ham  ko`p  jihatdan  bog’liq.  Shu  sababli  laborant  o`z 

vazifasini  to`g’ri  anglab,  sidqidildan  bajarishi  kerak.  Laboratoriyada, 

preparatlar  xonalarida  ovqat  tayyorlash,  ovqatlanish  maqsadga  muvofiq 

emas.  Laborantning  yana  bir  muhim  vazifalaridan  biri  bu  eskirgan  va 

belgilangan yaroqlilik muddati o`tgan (yoki muddati yaqinlashgan) reaktiv va 

preparatlarni muntazam nazorat qilib bu haqida muddat tugashidan kamida 1 

oy  avval  o`qituvchiga  bildirishi  yoki  eslatishi  kerak  bo`ladi.  Qolaversa 

etiketkasiz, tarkibi noaniq reaktivlarni laboratoriyada saqlamasligi kerak.  

Yuqori  kontsentratsiyali,  o`yuvchi  yoki  o`tkir  xidli  (yoki  shularga 

o`xshash)  moddalarni  hech  qachon  nazoratdan  chetda  qoldirmaslik  kerak. 

Ularni  qulflanadigan  seyf  yoki  shkaflarda  maxsus  qutilarda  saqlanishi 

xavfsizlikni ta`minlanishiga yordam beradi.       



O`quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlash 

Laboratoriya  ishi,  ko`rsatiladigan  tajribalar  va  amaliy  mashg’ulot 



 

13 


darslarining  muvaffaqiyatli  o`tishi,  avvalo  o`quvchilarning  tayyorgarlik 

darajasiga,  o`qituvchining  talabchanligiga  va  o`quvchilarni  laboratoriya  ishiga 

tayyorlay bilishiga bog’liq.  

O`rta  umumiy  ta`lim  maktabida  laboratoriya  mashg’ulotlarini  o`tkazishda 

sinfdagi  o`quvchilarning  hammasi  mashg’ulotni  bir  xilda  bajara  olishiga 

erishish  muhim  ahamiyatga  ega  bu  narsa  o`quvchilarning  nazariy  bilimi  darajasiga, 

ayniqsa  shu  mavzuni  qanday  o`zlashtirib  olganligiga  bog’liq.  Ikkinchidan, 

o`quvchilarning  intizomi,  darslarga  puxta  tayyorlanib  kelishi,  shuningdek,  har  bir 

o`quvchi stolining to`g’ri jihozlanishi  ham  mashg’ulotlar  yaxshi  o`tishining  eng 

muhim shartlaridan biridir.  

O`quvchilar  mavzu  materialini  yaxshi  o`zlashtirib,  mustaqil  fikrlash 

malakasi  hosil  qilganliklaridan  keyingina  laboratoriya  mashg’ulot  o`tkaziladi. 

Shu  sababli  o`quvchilar  o`qituvchi  ko`rsatadigan  tajribalarni  diqqat  e`tibor  bilan 

kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so`zsiz bajarib kelishlari zarur. 

Laboratoriya  ishlarini  bajarishdan  oldin  o`quvchilarni  stollarga  to`g’ri 

taqsimlash,  zaruriy  reaktiv  va  asboblar  bilan  to`liqn  ta`minlagan  bo`lishi  lozim. 

O`quvchilarni asbob va reaktivlar bilan to`g’ri ishlashga o`rgatish, o`quvchining ish 

stoliga qo`yilgan barcha materiallar haqida to`liq axborot berish, ayniqsa kislota va 

ishqorlar, shuningdek zaharli moddalar bilan ishlash qoidalarini yaxshi tushuntirish 

kerak.  O`quvchilar  bu  moddalar  bilan  ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 

kat`iy rioya qilishlari lozim. 

Stollarga qo`yilgan reaktivli idishlarga reaktivlarning nomi yozilgan kog’oz 

(etiketka) yopishtirilgan bo`lishi kerak. Xar bir o`quvchi reaktivlarning xossalarini, 

ishlatish  usullarini,  stoldagi  shisha  idish  va  asboblardan  to`g’ri  foydalanish 

yo`llarini  yaxshi  bilishi  kerak.  Laboratoriya  mashg’ulotini  o`tkazishdan  oldin 

o`qituvchi  shu  mashg’ulotga  doir  mavzuning  nomini  eslatib  o`tadi  va  mavzu 

materialini o`qib kelishga buyuradi. Shu bilan birga laboratoriya ishidan yoziladigan 

hisobot shaklini tayyorlab keladi. 

O`qituvchi  bajarilishi  lozim  bo`lgan  laboratoriya  ishini  o`quvchilarga 

tushuntirganda ular oldiga quyidagicha talablar qo`yadi: 



 

14 


1.  Har  bir  ishni  puxta  bajarish  uchun  asbob  jihozlardan  to`g’ri  foydalana 

bilish. 


2. Laboratoriya ishini boshidan oxirigacha mustaqil bajarish va undan to`g’ri 

xulosa chiqarish. 

3.  O`tkazilayotgan  kimyoviy  reaksiyada  yuz  berayotgan  hodisaning 

mohiyatini tushunib, undan to`g’ri xulosa chiqarish. 

4.  Kimyoviy  reaksiyalar  vaqtida  issiqlik  chiqish  va  yutilish,  yorug’lik  va 

tovush chiqish sabablarini aniq bilib olish. 

5.  Reaksiya  vaqtida  hosil  bo`layotgan  moddalarning  rangi,  hidi  va  agregat 

holatini esda qoldirish hamda yozib borish. 

6.  Har  bir  ishni  xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  to`la  rioya  qilgan  holda 

mustaqil bajarish. 

 Sinf  o`quvchilarini  laboratoriya  ishiga  tayyorlashda  o`zlashtirmaydigan 

yoki  intizomi  bo`sh  bo`lgan  o`quvchilarga  alohida  e`tibor  berish,  ularning 

nazariy  bilimini  hisobga  olgan  holda  vazifa  topshirish  lozim.  O`qituvchi 

o`quvchilarni  laboratoriya  ishini  bajarishga  ruxsat  etishdan  oldin  ularning  qay 

darajada tayyor ekanliklarini savol javob yo`li bilan tekshirib ko`radi. 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling