Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz
Kimyo laboratoriyasida tarozida tortishda rioya qilinishi kerak bo`lgan
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Laboratoriyada ishlatiladigan ba’zi asboblar va ular bilan ishlash
- Tomizgich va ajratkich voronkalar.
- Quyidagilarni doimo yodda saqlang!!!
Kimyo laboratoriyasida tarozida tortishda rioya qilinishi kerak bo`lgan qoidalar. 1. Texnik tarozida moddalar tarozining yon tomonida emas, ro`parasida stulda o`tirib tortiladi. 2. Tarozi bilan juda ehtiyot bo`lib ishlanadi. 3. Tarozi doimo toza tutiladi. 4.
Moddalarni tortishda maxsus toshlardan, toza va quruq idishlardan foydalaniladi. Uchuvchan va suv shimadigan moddalar yopiq idishlarda tortiladi. 5. Tarozi pallasiga issiq (ayniqsa qizdirilgan) yoki sovuq narsalarni qo`yish yaramaydi. Tortiladigan narsalar 10-15 daqiqa tutib turiladi, buning uchun eksikatordan foydalaniladi. 6. Tarozida narsalarni tortish va toshlarning o`rnini almashtirish yoki toshlarni olish ishlari tarozini arretirlagan holatdagina bajariladi 7. Arretirni ko`tarish yoki tushirish uchun tarozi dastasi bir tekisda oxirigacha buraladi. Bunda tarozi pallalari tebranmasligi kerak. Tarozi strelka shkala o`rtasida turgandagina arretirlanadi. 8. Tarozi pallasiga toshlar pintset bilan quyiladi va olinadi. 9. Har bir analizda bitta tarozidan va shu taroziga tegishli toshlardan foydalaniladi. 10. Tarozida moddalarni tortishdan oldin tarozi nol’ nuqtasiga to`g’rilab qo`yiladi. Tinch holatda turgan va hech qanday og’irligi bo`lmagan tarozi strelkasining ko`rsatishi tarozining nol’ nuqtasi deyiladi. Tarozida modda tortilayotganda modda bilan toshlar muvozanatga kelganda ham strelka nol’ nuqta atrofida tebranib turishi kerak. Nol’ nuqta strelkaning 5 marta tebranib turganda ko`rsatgan sonini o`rtacha qiymati bo`ladi, masalan:
48
Strelka-
ning tebranish i Strelkaning chetka chiqishi nuqtasi O`rtachasi Nol’ nuqtasi
CHapga O`nga
7,7; 7,9; 8,1 12,6; 12,4 7,9 12,5
10,2
11. Tarozining o`ng tomoniga toshlar qutichasi, chap tomoniga esa tortiladigan modda quyiladi. Tortiladigan moddaning xarorati laboratoriyadagi xaroratga baravarlashuvi uchun modda tarozi yonida 5-10 daqiqa saqlanadi. 12. Tortiladigan modda tarozining chap pallasiga, toshlar esa o`ng pallasiga qo`yiladi. 13. Modda bilan toshlar muvozanatga kelganda, ya`ni strelka shkaladagi noldan chap va o`ng tomonga baravar chetga chiqa boshlagandan so`ng toshlarning og’irligi yoziladi va bu yozuv toshlarni qutichaga qo`yishda tekshirib ko`riladi. 14. Modda tortib bo`lingandan keyin tarozi pallalarida hech narsa qoldirmasligi va tarozi oriyentirlanishi lozim.
Organik kimyo laboratoriyasida anorganik kimyo laboratoriyalaridagi kabi asboblar –probirkalar, stakanlar, konussimon, tekis va yumaloq tubli har xil kolbalar ishlatiladi. Bundan tashqari organik kimyo laboratoriyalarida turli sovitkichlar, deflegmatorli haydash kolbalari va maxsus moslamalardan foydalaniladi. Organik kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblarni olib boriladigan ishning hajmi, xarakteri-reaktsiya sharoitiga qarab tanlash muhim ahamiyatga ega. Laboratoriyada ishlatiladigan eng oddiy asboblardan-kimyoviy stakanlar, oson uchuvchan organik erituvchilar-efir, benzol, spirt va boshqa tez yonuvchan moddalarning ishtirokisiz bajariladigan ishlarda faqat suvli eritmalar bilan
49
ishlashda yordamchi idish sifatida ishlatiladi. Stakanlarni ba`zi bir past xaroratda olib boriladigan (100 o S dan oshmaydigan) havo va nam ta`sir etganda ham reaktsiya osonlik bilan boradigan ishlarda ham ishlatish mumkin. Kolbalar. Tekis tagli va konussimon kolbalar eritmalar tayyorlashda, erituvchilarni saqlashda va shunga o`xshash ishlarni bajarishda ishlatiladi. Bu kolbalar yuqori xaroratda olib boriladigan ishlarda va ayniqsa, bosim yoki past bosim-vakuum bilan olib boriladigan tajribalarda ishlatilmaydi. YUqori xarorat va vakuumda olib boriladigan hamma ishlar har xil katta-kichiklikdagi yumaloq tubli, noksimon kolbalarda o`tkaziladi. Keyingi yillarda har xil katta-kichik shlifli kolbalar va laboratoriyada ishlatiladigan boshqa ko`pgina asboblar ishlab chiqarilmoqda. Laboratoriyada olib boriladigan ishlarni ana shu shlifli asboblarda o`tkazish har tomonlama qulaydir. SHlifli asboblarni afzalligi shundaki, reaktsion aralashmani ancha tozaligini ta`minlaydi va yig’ilgan asboblarning ko`rinishi chiroyli bo`lishi bilan birga har qanday murakkab moslamalar yig’ishni ham osonlashtiradi. Ba`zi bir ishlarni bajarish uchun maxsus moslama yig’ishda kichik shlifli kolbani katta shlifli sovitkichka, boshqa biror asbobga ulash kerak bo`lsa yoki aksincha, kichik shlifli sovitkichni katta shlifli kolbaga ulashga to`g’ri kelsa, bunday hollarda standart bo`lgan normal shlifli muftalardan foydalanish mumkin. Sovitkichlar. Ko`pincha birorta reaktsiya olib borishda yoki moddalarni tozalashda engil uchuvchan organik erituvchilarni qizdirishga to`g’ri keladi. Bunday hollarda erituvchini uchib ketmasligi, tajriba o`tkazayotgan kishi zaharlanmasligi uchun bu ishlarni, odatda, qaytarma yoki oqimi pastga yo`naltirilgan sovitkichlar bilan jihozlangan kolbalarda olib borish kerak. Sovitkichlar, suyuqlik bug’larini kondensatlash uchun ishlatiladi. Suvli sovitkichlarda suv har doim sovitkichning pastki o`simtasi (naycha)dan kirib yuqoridagi o`simtasidan chiqib ketishi kerak; sovitkichga suv shunday yuborilgandagina u suv bilan to`g’ri to`ldirilgan bo`ladi va teskari oqim hosil qilinadi, aks holda sovitkich suv bilan to`lib turmaydi. 50
Qaytarma sovitkich bilan ish olib borilganda bug’lanib chiqayotgan erituvchi bug’lari sovitkichda kondensatlanib suyuqlikka aylanadi va qaytadan kolbaga oqib tushadi. erituvchi yoki biror moddani xaydab olayotganda oqimi pastga yo`naltirilgan Libix sovitkichidan foydalaniladi, bunda bu holida bo`lgan modda yoki erituvchi sovutkichda kondensatlanib, yig’gich kolbaga kuyiladi. Qaynash
xarorati yuqori
bo`lgan moddalar haydalayotganda va
qizdirilayotganda Libix sovutkichining forshtossidan yoki diametri 10-15 mm li shisha naylardan havo sovutkichi sifatida foydalaniladi. Bu sovutkichning sovitish qobiliyati kamroq bo`lib, unda kondensatlanayotgan suyuqlik yig’gichka laminar oqim bilan oqib tushadi. Ba`zan suyuqliklarni yuqori xaroratda qizdirishda bir necha sharsimon qismli forshtossdan tayyorlangan havo sovutkich-sharsimon havo sovutkichidan foydalaniladi. Organik kimyo laboratoriyalarida Libix sovutkichi va turli qaytarma sovutkichlar ko`p ishlatiladi. Libix sovutkichida asosan, 120 o S gacha qaynaydigan moddalar va organik erituvchilar sovutkichidan suv o`tkazib turilgan hamda 120- 150
o S xaroratda qaynaydigan moddalar esa suv oqimi to`xtatib qo`yilgan holda xaydaladi. Bu sovutkichdan qaytarma sovutkich sifatida ham foydalanish mumkin. Ko`pincha qaytarma sovutkich sifatida sharsimon forshtossli sovutkichlar ishlatiladi. Bu sovutkichlarning sovitish qobiliyati Libix sovutkichiga qaraganda ancha yaxshi bo`ladi. Ba`zan oson uchuvchan erituvchilarni qizdirishda qaytarma sovitkich sifatida burama sovitkichlar ham ishlatiladi. Juda past xaroratda qaynaydigan moddalarni qizdirishda SHtedeler sovitkichidan foydalaniladi. Bu sovitkichga muz bilan tuz aralashmasi yoki qattiq korbonat angidrid va atseton solish bilan ancha past xaroratda ish olib borish mumkin. Voronkalar. Deyarli barcha kimyo laboratoriyalarida cho`kmalarni fil’trlash uchun turli katta kichiklikdagi oddiy varonkalardan, Byuxner va SHotta voronkalardan foydalaniladi. Ko`pincha fil’trlash fil’tr qog’ozi qo`yilgan oddiy
51
shisha varonkalarda olib boriladi. Yirik dispersli cho`kmalarni eritmalardan oddiy fil’trlash yo`li bilan ajratish mumkin, lekin mayda dispersli zarrachalarni fil’trda qolishi qiyinroq bo`ladi. Bunda fil’trat tiniq bo`lmasa fil’tratni yana shu fil’trdan ikkinchi marta o`tkaziladi. Biror moddani sintez qilib olishda ish davomida faqat eritma kerak bo`lib cho`kma tashlab yuboriladigan bo`lsa, bunday hollarda eritmalarga fil’trlashdan oldin yordamchi tozalovchi vositalar (aktivlangan ko`mir, asbest, kizel’gur) solib fil’trlanadi. Ko`pincha, kristall holdagi cho`kmalarni fil’trlashda fil’tratni cho`kmadan so`rib olish-vakuumda fil’trlash usulidan foydalaniladi. Ko`p miqdordagi moddalarni vakuumda fil’trlash uchun g’alvirak teshikli Byuxner varonkasidan va yon tomonidan o`simta nayi bor qalin devorli konussimon Bunzen kolbasidan foydalaniladi. Ba`zan Byuxner varonkasining o`rnida SHotta varonkasi ishlatiladi. Bunda ishlatilayotgan varonkaning katta kichikligi fil’trlanadigan moddaning (cho`kmaning) miqdoriga, Bunzen kolbasi esa fil’tratning hajmiga mos bo`lishi kerak. Agar fil’trlanayotgan cho`kma kuchli ishqoriy yoki kislotali eritmada bo`lsa yoki unda fil’tr qog’ozini o`yib yuboruvchi boshqa moddalar bo`lsa, u holda cho`kma maxsus g’ovak shishadan ishlangan fil’tr-SHotta varonkalarida fil’trlanadi. Bu varonkalar o`zidagi g’ovakning zichligiga qarab №1, №2, №3 va №4 xillarga bo`linib, ular har xil katta kichiklikda bo`ladi. Oz miqdordagi moddalarni fil’trlashda kichkina oddiy varonkaga shishadan yasalgan mixcha qo`yilgan va probirkasimon so`rg’ichga o`rnatilgan asbob dan foydalaniladi. Oson kristallanuvchi moddalarning eritmalarini tozalashda suyuqliklarni issiq holda fil’trlash zarur bo`lib qolsa, maxsus issiq holda fil’trlash varonkalari ishlatiladi. 52
Keyingi vaqtlarda voronkani qizdirish uchun spiralli keramika bilan yopilgan maxsus voronkasimon eletr plitalardan foydalanmoqda. Ularning ichiga fil’tr qog’ozi bo`lgan oddiy shisha voronka joylashtiriladi. Fil’trlash iloji boricha tezlik bilan olib borilib, fil’trat stakanga yoki konussimon kolbaga yig’iladi.
borishda reaktsiyaga kirishuvchi modda yoki aralashmaga suyuqlikni asta-sekin quyishga to`g’ri keladi, bunday hollarda tomizgich voronkalardan foydalaniladi. Ajratkich voronkalar bir-biri bilan aralashmaydigan ikki xil suyuqliklarni ajratishda va moddalarni suvli eritmalardan suv bilan aralashmaydigan organik erituvchilar,. Masalan, petroley efir, benzol, xloroform, dietil efir, etilatsetat va boshqalar yordamida ajratib, ya`ni ekstraktsiya qilib olishda ishlatiladi. Ajratkich voronkalarning formalari har xil va turli katta kichiklikda bo`ladi. Ko`p ishlarda kuyish naychasi kaltaroq bo`lgan ajratkich voronka ishlatiladi. Ajratkich voronka bilan ishlashdan oldin uning jo`mragini ishlashini tekshirib ko`rish va jo`mrak tushib ketmasligi uchun rezina xalqa yordamida voronkaga biriktirib qo`yish kerak. 2.4. Noorganik va organik moddalar bilan laboratoriyada ishlash qoidalari va xavfsizlik texnikasi Ma`ruza
materiallarini mukammal o`zlashtirishda laboratoriya mashg’ulotlarining ahamiyati katta. Laboratoriya ishlarini ma`ruza bilan ketma-ket o`tkazib turish kerak, shundagina ular unumli samarali va foydali bo`ladi. Har bir laboratoriya mashg’ulotini o`tkazishdan oldin shu mavzuga oid ma`lumotlarni darslikdan va ma`ruzadan tegishli bo`limlarni o`qib chiqish hamda uning qisqacha mazmunini ish daftariga yozish zarur. Har bir talaba palapartish ishlash, e`tiborsizlik, asboblarini hamda xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi bilmaslik ko`ngilsiz xodisalarga sabab bo`lishini o`qib olishi zarur. SHuning uchun mashg’ulotning birinchi kunidanoq har qaysi talaba xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqishi va unga qat`iy rioya qilishi kerak. Laboratoriya ishlari
53
bajariladigan asosiy joy ish stolidir. Ish stoli doimo toza bo`lishi kerak. Faqat qunt bilan to`g’ri ishlagandagina ish muvaffaqiyatli chiqadi, ishga diqqatsizlik bilan qarash esa bajariladigan ishning natijasi noto`g’ri chiqishga sabab bo`ladi. Ishlayotganda ortiqcha shoshilmasdan, reaktivlarni to`kmasdan va sachratmasdan ishlash lozim. Agar ish vaqtida kontsentrlangan kislota yoki ishqor eritmalari to`kilsa darhol laborantga aytish kerak. Kislotalar yoki ishqorlar to`kilgan joyni ehtiyot bo`lib tezda artish va suv bilan yuvish, so`ngra kislota to`kilgan joyni soda eritmasi bilan, ishqor to`kilgan joyni esa sirka kislotaning 5% li eritmasi bilan neytrallash kerak, chunki bu moddalar stol va boshqa narsalarni ishdan chiqaradi. Reaktiv solingan probirkalarni bir shtativdan ikkinchi shtativga olmang va probirkalarda turgan tomchi pipetkalarni bir probirkadan ikkinchi probirkaga solmang, chunki bunda ham ish tartibi buziladi, ham reaktivlar ifloslanadi. Quyidagilarni doimo yodda saqlang!!! Agar shtativda biror reaktiv bo`lmasa, boshqa stoldagi shtativdan olmasdan darhol laborantga murojaat qiling. Pipetka yoki mikroshpatel’ shishadan (yasalgan kichkina qoshiqcha) dan foydalangandan so`ng, reaktivlarni havodagi namlik ta`siridan buzilmaslik uchun o`sha zaxotiyoq o`z joyiga qo`ying va yaxshilab berkiting. Umumiy foydalanish uchun qo`yilgan reaktiv va asboblarni turgan joyidan o`z stolingizga olib bormang. SHisha sinig’i, qog’oz, gugurt cho`pi, ishlatilgan ma`lumotlarni va shunga o`xshash narsalarni rakovinaga tashlamasdan rakovina tagiga qo`yilgan mahsus idishga tashlang. SHuningdek, ishlatilgan eritma va cho`kmalarni ham stol ustiga qo`yilgan mahsus idishga quying. Tajribani to`g’ri bajarish uchun reaktivlarni ko`rsatilgan miqdorda olish lozim. Distillangan suv, spirt (spirtlampadagi), gaz va elektr energiyasini tejab sarflash kerak. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin, talabalar oldingi ish yuzasidan hisobot tuzib o`qituvchiga ko`rsatganlardan keyingina, keyingi laboratoriya ishini bajarishlariga ruxsat etiladi. YAngi ishni boshlashdan oldin o`qituvchi bir necha
54
talabadan shu ishning mazmunini qanchalik bilib olganliklarini tekshirib ko`rishi lozim. O`qituvchi talabalar nazariy ma`lumotni o`zlashtirib, tajriba texnikasini tushinib olganliklariga ishonch hosil qilgandan keyingina ishni boshlash uchun ruxsat etadi. Tajriba boshlashdan oldin talaba albatta xalat kiyishi kerak. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi sog’likka zararlidir. SHuning uchun laboratoriyalarda ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish shart: 1. Kontsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sul’fid va boshqa moddalar bilan o`tkaziladigan tajribalar mo`rili shkafda bajariladi. 2. Xlor, brom, vodorod sul’fid va uglerod (II)-oksid bilan zaharlanganda, avvalo, zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, so`ngra tegishli yordam ko`rsatish kerak. 3. Kuchli kislotalar, ayniqsa, kontsentrlangan sul’fat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki extiyotkorlik bilan kislota suvga jildiratib yoki tomchilatib quyiladi. 4. Ko`zga yoki tanaga biror kimyoviy reaktiv sachrasa, zararlangan joyni avval ko`pgina suv bilan yaxshilab yuvib, so`ngra vrachga ko`rsatish kerak. 5. Vodorod va boshqa gazlarni yoqishdan oldin, ularning tozaligini sinab ko`rish kerak. 6. Laboratoriya ishi tugagach qo`lni yaxshilab yuvish kerak. 7. Reaktivlarni bir idishdan ikkinchi idishga quyayotganda idish ustiga engashib turish yaramaydi. 8. Simob va uning bug’i kuchli zahardir. SHuning uchun simobli asbob yoki termometr singanda to`kilgan simobni yaxshilab yig’ib olib, bu haqida o`qituvchiga yoki katta laborantga albatta aytish kerak. Simobli asboblarni hamma vaqt kristallizatorga o`xshash maxsus idishlarda saqlash kerak. Agar biror eringizga simob to`kilsa, darhol oltingugurt kukunidan sepish, undan so`ng temir (III) xlorid eritmasi bilan yuvish kerak.
55
9. Kislota, ishqor va ammiakning kontsentrlangan eritmalarini hamda oson bug’lanuvchi suyuqliklarni pipetkaga og’iz bilan surib tortib olish yaramaydi. Buning uchun surgich (grusha)dan foydalanish kerak. 10. Kislotalar, ishqorlar va ishlatiladigan xromli aralashmani rakovinaga to`kish aslo mumkin emas. 11. Biror moddaning mazasini tatib ko`rish qat`iyan man etiladi. 12. Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash yaramaydi, chunki vaqt o`tishi natijasida portlovchi modda-kumush qaldirog’i hosil bo`lishi mumkin. 13. Oson o`t oluvchi suyuqliklarni ochiq alangada isitish yoki olovga yaqin keltirish yaramaydi. Bunday moddalar bilan ishlaganda qilinadigan tajribalarni olovdan uzoqroqda va imkoni bo`lsa, mo`rili shkafda o`tkazing. 14. Benzin, spirt, efir o`t olib ketsa, alanga ustiga qum sepib yoki maxsus vositalar bilan o`chirish lozim. Ammo, hech vaqt suv sepmang. 15. Elektr asboblarining kontaktlariga e`tibor bering, ular yaxshi izolyatsiyalangan bo`lishi kerak. 16.
Isitish asboblarini: mufel’ va tigel’ pechi, elektr plita va shunga o`xshashlarni, o`tga chidamli ma`lumotdan yasalgan tagliklar ustiga qo`yish kerak. Ishlab turgan asboblarni aslo nazoratsiz qoldirmang. 17. Probirkaga biror narsa solib qizdirayotganingizda uning og’zini o`zingizning yoningizda turgan odamga qaratib tutmang. 18. Laboratoriyada ishlashda biror eringizga, qo`lingizga ishqor sachrasa u holda darhol ko`p miqdorda suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar:
- qayd etilgan eritmalar bilan yuvilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 19. Laboratoriyada ishlashda biror eringizga, qo`lingizga kislota sachrasa yoki to`kilsa u holda juda ko`p miqdor suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar bilan yuvish kerak:
56
a) sodaning 10% li eritmasi bilan yuvish (natriy karbonat) b) natriy bikarbonatning 3% li eritmasi bilan yuvib so`ngra paxta moyi yoki kungaboqar moyi surtish lozim. v) ammiakning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. 20. Laboratoriyada ishlashda biror yeringiz kuyib qolsa quyidagi choralarni ko`rish kerak: a) kaliy permanganatning 2% li eritmasini dokaga shimdirib kuygan erga bosish kerak. b) 3% li tannin eritmasi bilan yuvish kerak. v) streptotsit emul’tsiyasini surtish kerak. g) spirt bilan xo`llangan paxta yoki paxta moyi shimdirib bosish kerak; yuqoridagi choralar ko`rilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 21. Laboratoriyada ishlashda biror eringizni kesib olsangiz, eng avvalo kesilgan joydagi qonni ko`p miqdor suv bilan yuvib so`ng: a) kaliy permanganatning 2% li eritmasi bilan yuvib, yod eritmasi surkab bint bilan bog’lash kerak. b) 3-5% li yodning spirtli eritmasidan surtib bint bilan bog’lash kerak. 22. Teriga brom tegsa darhol benzin bilan artish va undan so`ng vrachga murojaat etish kerak. 23. Ammiak hididan zaharlanganda darhol sirka kislota hidlash so`ngra sut ichish va limon shimish kerak. 24. Ichga yod ketganda darhol natriy tiosul’fatning 1% li eritmasidan 100 ml ichish, yana 3 minutdan so`ng o`sha eritmadan bir choy qoshiq ichish, so`ngra vrachga murojaat qilish kerak. 25. Laboratoriyada eritmalar solingan hamma shisha idishlar og’zi berk holda saqlanishi lozim. Hamma idishdagi moddalarning etiketikasi bo`lishi kerak va ularni iloji boricha kam sarflagan ma`qul. Agar tajriba uchun qancha modda olish ma`lum bo`lmasa u holda eritmadan 1-1,5 ml, qattiq moddalardan esa 0,20-0,40 mg olish lozim. 26. Tajriba tugagach natijalarni daftarga yozish lozim. 57
27. Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz garelkalari va vodoprovod jo`mraklari berkligini hamda elektr asboblarini o`chirilganligini, albatta tekshirib ko`ring. Organik kimyo laboratoriyasida ishlaganda laboratoriyada ishlash qoidalariga rioya qilish, organik moddalarni anorganik moddalardan ajrata bilish kerak. Organik kimyo laboratoriyasida ko`pchilik moddalarni olishda oson uchuvchi va tez alangalanuvchi (masalan, efirlar, spirtlar, uglerod sul’fid va boshqalar), shuningdek zaharli (tsian birikmalari, piridin, brom, sulema va boshqalar) va portlab ketishi mumkin bulgan moddalar bilan ishlashga to`g’ri keladi. Tartibsizlik, beparvolik va shoshma-shosharlik bilan ishlash natijasida tajriba noto`g’ri bajarilishi va laboratoriyada ko`ngilsiz hodisalar ro`y berishi mumkin, buni oldini olish maqsadida quyidagi qoidalarga rioya qilish shart: 1. Har bir ishni boshlash oldidan idish va asboblarni ko`zdan kechirish zarur. Ularning to`g’ri yig’ilganligiga va tayyorlangan reaktivlarning miqdori to`g’riligiga ishonch hosil qilingandan keyin rahbarning ruxsati bilan ishni boshlash kerak. Ish texnikasiga tushunmasdan turib tajribani boshlash mumkin emas. 2. Reaktsiya uchun ishlatiladigan moddalarning xossalarini (qaynash va suyuqlanish xarorati, yonuvchanligi, zaharliligi va boshqa xossalarin ) bilish zarur. 3. Oson uchuvchan va tez alangalanuvchi suyuqliklar (efir, benzol, toluol, benzin, spirt, atseton va boshqalar)bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak. Ularni ish stolida ko`p miqdorda saqlash mumkin emas. 4. Zaharli va o`tkir hidli moddalar bilan olib boriladigan ishlar mo`rili shkafda bajariladi. Ularni qo`l bilan ushlash, hidlash va tatib ko`rish mumkin emas, aks holda kishi zaharlanishi mumkin. 5. Ishlatilgan simobni to`kib yubormaslik kerak, chunki uning bug’i havoni zaharlaydi. Simob bilan qilinadigan ishlar maxsus tunuka idish ustida olib borilishi lozim; to`kilgan simobni maxsus asbob bilan tozalab terib olish, qolganining ustiga esa otingugurt sepib qo`yish zarur. 58
6. Natriy metalini suvdan ehtiyot qilish, qog’oz ustida kesish va qoldiqlarini har xil idishga tashlamay, kerosinli idishda saqlash kerak. Natriyning mayda qoldiqlarini spirtga oz-ozdan solib, eritib yuborish zarur. 7. Kontsentrlangan sul’fat kislotani suyultirish uchun suvni kislotaga emas balki kislotani suvga oz-ozdan idish devori orqali quyib chayqatib turish kerak, aks holda kislota sachrashi, idish esa sinib ketishi mumkin. 8. Brom, xlor, vodorod sul’fid, angidrid va boshqa zaharli moddalar ishlayotganda ularni hidlamaslik hamda ulardan ko`zni ehtiyot qilish kerak. Brom bilan juda ehtiyot bo`lib ishlash lozim, chunki u terini juda tez va qattiq kuydiradi. 9. Zaharli va o`yuvchi moddalar maydalanayotganda ko`zoynak taqib olish va rezina qo`lqop kiyish kerak; ish joyini yaxshilab tozalash va qo`lni sovun bilan yuvish zarur. 10. Moy xammomi bilan ishlayotganda uning xaroratini termometr bilan tekshirib turish kerak. Moyni o`t olish xaroratigacha qizdirib bo`lmaydi. qizib turgan moy ustiga suv tomchisi yoki reaktsion suyuqlik to`kilmasligi zarur, aks holda moy sachrashi va hatto yonib ketishi ham mumkin. 11. Agar ishlatiladigan moddalarning sachrash xavfi bo`lsa, (kislota va ishqorning katta idishdan kichik idishga quyish, o`yuvchi moddalarni chinni hovanchada maydalash, vakuum bilan ishlashda va boshqalarda) hamma vaqt ko`zoynak taqib olish zarur. 12. Reaktsiya olib borilayotgan, qizdirilayotgan va
moddalar aralashtarilayotgan asboblar ustiga engashib ishlash mumkin emas. 13. Reaktsiya vaqtida gaz ajralib chiqishi mumkin bo`lgan idishlarning og’zini mahkam berkitmay havo kirib turadigan joy qoldirish zarur. 14. Vodoprovod rakovinasiga qog’oz, qum, qattiq moddalarni tashlash, kislota, ishqor, oltingugurt birikmalarini, yonuvchan suyuqliklarni quyish mumkin emas. 15. Gaz, suv va elektr bilan ishlayotganda ish tamom bo`lishi bilan jo`mraklarni berkitib, elektrni o`chirib qo`yishni esdan chiqarmaslik kerak. |
ma'muriyatiga murojaat qiling