Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr toki urganda birinchi yordam ko`rsatish.
- Tok ta’siridan jabrlanuvchini ozod etishni ba’zi usullari.
- III BOB. Xorijiy investisiyalar
Elektr toki urganda: eng avval tok elektr manbadan uzib o`chirilishi kerak, ochiq havoga olib chiqib o`ziga keltirish kerak. Favqulotdagi holat tok maydoni kishini oldiga himoyasiz bormaslik kerak (rezina qo`lqopsiz). Agar kishi xushidan ketgan bo`lsa, tokni o`chirgandan so`ng kishiga sun`iy nafas oldirish kerak. Elektr toki urganda birinchi yordam ko`rsatish. Elektr jihozlari bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga juda qat’iy tarzda amal qilish kerak. Ochiq elektr toki inson hayoti uchun havfli hisoblanadi. Inson tanasi orqali elektr toki o`tganda issiqlik, kimyoviy va biologik ta’sir bo`ladi, bunda normal hayotiy faoliyat izidan chiqadi. Tokning kimyoviy ta’siri: qonni va boshqa eritmalarni elektrolizlanishiga, natijada ularning kimyoviy tarkibi o`zgarishiga olib keladi. Elektr tokini biologik ta’sirida: organism tirik hujayralarini havfli qo`zg`alishi sodir bo`lib, natijada sudurgi bo`lishi shol bo`lish holatiga olib kelishi mumkin. Tok urish oqibati yoki og`irlik darajasi bevosita tokni qiymatiga, va o`tish vaqtiga bog`liqdir. Elektropriborlar bilan ishlash talablarini avvaldan instruktajdan o`tkazishdan boshlanishi kerak. Xavfsizlik qoidalari bilan to`liq tanishganlaridan so`ngra ishga
70
ruhsat etilishi kerak. Shunda ham ular ustidan qat’iy nazorat o`rnatilishi lozim bo`ladi. Jabrlanuvchini elektr toki urganda birinchi yordam ko`rsatishning muvaffaqoyatini eng avvalo atrofdagi kishilarni yuqori tezlik bilan va to`g`ri harakat taminlaydi. Bunday sharoitlarda shoshilmaslik yoki tezda muhim bo`lgan ishni bajara olmaslik o`ziga xos qiyinchiliklarni harakatni keltirib chiqarishi mumkin. Elektr toki urgan vaqtda kishi tok ta’siridan chiqib ketolmasligi mumkin, bunda darhol ko`rsatilgan yordam bu tokni manbadan uzish kerak. Tok ta’siridan jabrlanuvchini ozod etishni ba’zi usullari. Tokni manbadan uzish imkoni bo`lmasa: masalan: rubilnik uzoqda joylashgan bo`lsa yoki unga yetish havfli bo`lsa: -jabrlanuvchini tok o`tkazuvchi qismdan quyidagicha ajratilishi mumkin: qo`lga rezina qo`lqop, oyoqqa rezina kalish kiyib, yoki qo`lga qup – quruq matoni o`rab kuchlanish ta’siridagi kishini tortib olish; -jabrlanuvchini kiyimini quruq qismidan ushlab so`ngra tortish; quruq matoni tashlab unga qarab tortib, tahta ustiga chiqarish. Birinchi yordam choralari tok maydonidan ajratib olingan shaxsni umumiy holatiga qarab belgilanadi. Yordam beruvchini biri zudlik bilan shifokorni chaqirishi kerak, boshqasi esa quyidagilarni tezda bajarishi kerak: - jabrlanuvchini to`g`ri yotqizib unga nafas va pulsni tekshirish. Agar jabrlanuvchi hushida bo`lsa uni issiq kiyim yoki adiyol bilan o`rab, harakat qilishiga yo`l qo`ymay, nafas olishini vrach kelguncha kuzatib turish kerak. Jabrlanuvchi agar hushsiz bo`lsa, puls va nafas bo`lsa, qulay holda yotqizib kiyimini old qismini ochib unga novshadil spirtidan hidlatish zarur. Bularni barchasini shifokor kelguncha bajarish kerak bo`ladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz va nafas olmayotgan bo`lsa shifokor kelgunicha: to`g`ri yotqizib, sun’iy nafas berib (burnini chimdib yopib, og`zi orqali o`pkaga havo yuborish) ko`krak qafasini (yuragini) uqalash kerak. Shifokor kelgach, unga kerakli muolajani bajarib bo`lgach bemorni shifixonaga yuboriladi. 71
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, har qanday laboratoriyada elektr jihozlari bilan ishlaganda avvalo ularning texnik sozligini maxsus grafik asosida tekshirib turilishi, zarur hollarda ularni ehtiyot qismlarini tamirlash, tuzatish yangilash choralarini ko`rib turish xavfsizlikni taminlashga hizmat qiladi. Laboratoriyada faoliyat yurutuvchi shaxs u kim va qanday lavozimda ishlashidan qat’iy nazar xavfsizlik qoidalariga doimo amal qilishi, uni taminlash chora – tadbirlarini ko`rib qo`yishi kerak. Elektr jihozlar buzilganda ishdan chiqqanda yoki nosoz holatda bo`lib qolsa kimyogar uni o`zboshimchalik bilan ochib, ulab yoki tekshirishga uni kasbiy va ma’naviy jihatdan haqqi yo`q. Elektr jihoz nosoz bo`lgan holat aniqlansa darhol elektrik yoki priborsoz mutahassisga murojaat qilishi kerak. Laboratoriyada elektr jihozlar bilan ishlaganda ularni simlari, oyoq ostida uzaytirgich yordamida xonaning u chetidan bu chetiga tortilgan bir so`z bilan aytganda oyoq ostida o`ralashib yotmasligi kerak. U birinchidan ishlayotganlarga halaqit bersa, ikkinchidan kishining hayotiga havf tug`firishi mumkin. Elektroplitka yopiq plastinkali bo`lishi maqsadga muvofiq. Agar elektroplita ochiq spiralli bo`lsa tez alangalanuvchan moddalar to`kilishi yoki sachrab ketishi natijasida yong`in sodir bo`lish ehtimolligi ham ortib ketadi. Kimyoga ta`luqli bo`lgan barcha laboratoriyalarda ko`zga ko`riladigan qulay joyda aptechka dori qutisi bo`lishi kerak. Dorilar qutisida tibbiyot va birinchi yordam uchun mo`ljallangan barcha kerakli ashyolar bo`lishi zarur. Laboratoriyada faoliyat ko`rsatuvchi barcha kishilar birinchi tibbiy yordam ko`rsatish o`quvi ko`nikmasiga ega bo`lishi kerak. Instruktaj bilan tanishib, ishlashda xavfsizlik metodlar bilan qo`llanadigan shaxslarga ish boshlashga ruxsat etiladi. Ishlamoqchi bo`lgan shaxs kimyoviy moddalarning xossalari, idishlar va probirkalar bilan foydalanish qoidalari bilan tanishgan bo`lishi kerak. SHuningdek laboratoriyada ishlamoqchi shaxs birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni va yong’inda ko`riladigan chora-tadbirlarni bilish kerak.
72
APTECHKA (dorilar qutisi) Dorilar qutisida: strillangan bint va paxta, yodning spirtdagi 5% li eritmasi, NaHCO
3 ni 2% li eritmasi, kuyganga qarshi surtma, leykoplastr’, KMnO 4 ni 2% li eritmasi, sirka kislotani 2% li eritmasi, bor kislotaning 2% li eritmasi, spirt tomizgich pipetkalar, pintset, engut shisha tayoqcha, va boshqalar. Devorga o`rnatilgan hamda ichki va sirtqi qismi oq bo`yoq bilan bo`yalgan ayrim kichik shkafchada aptechka saqlanadi; kuyganda, yaralanganda va boshqa hollarda dastlabki yordam berish uchun ana shu aptechkadan foydalaniladi. Aptechka yoki dori kutisida quyidagi narsalar bo`ladi. 1. Yod, 10% li eritma. 2. Borat kislota, 2% li eritma (yara bo`lgan joyni yuvish uchun) 3. Ichimlik soda (natriy gidrokorbonat) 3% li eritma (kislotalarni neytrallash uchun).
4. Sirka (atsetet) kislota, 2% li eritma (ishqorlarni neytrallash uchun). 5. Zararsizlantirilgan (toza) gigroskopik paxta. 6. Zararsizlantirilgan doka (bint) 7. Kuyganda ishlatiladigan moy dori (vrach retseptiga muvofiq). 8. Vazelin. Paxta va bintlar zich berkitadigan taniqli shisha bankalarda saqlanadi. Aptechkada bo`ladigan va birinchi tibbiy yordamda kerak bo`ladigan zaruriy vosita hamda preparatlarni ro`yxati. 1. Sterillangan bint 1 qadoq 2. Sterillanmagan bint, bir bog’lam. 3. Sterillangan salfetka, bir qadoq. 4. Tampon shaklidagi sterillangan gigroskopik paxta 50 g. 5. Pintset. 73
6. Kley. 7. Yod eritmasi 25-50ml. 8. Vodorod peroksidni 3% li (qon to`xtatish uchun) eritmasi 50 ml. 9. Donador shakldagi aktivlangan ko`mir. 10. 10% li NH 3 eritmasi (xushdan ketgan brom bug’lari bilan zaxarlanganda). 11. Natriy sul’fasil 30% li eritmasi. 12. etil spirti 30-50 ml. 13. Glitsirin 20-30 ml. 14. Natriygidrokarbanat 2% li suvdagi eritmasi 200-250 ml. 15. Ishqorning zararlangan ko`zni yuvish uchun 2% li bor kislota suvli eritmasi 200-250 ml. 16. Pipetkalar.
74
III BOB. Xorijiy investisiyalar O`zbekiston va jaxon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan
investitsiyalarga bog`likligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub'yekt anglab yetganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy isloxatlarning samarali ijrosini ta'minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog`liqligini tushunib olish qiyin emas.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma'lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jaxon tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika soxasida erishgan yutuqlarni qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nechog`liq katta hal qiluvchi axamiyatga ega. Bu avvalambor, axoli bandligi, uning ish xaqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkonini beradi. Shu boisdan ham vatanimizga xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag`batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o`ta muhim masalalardan biri xisoblanadi. Investitsiya jarayonining asosiy kategoriyalari uning mohiyati, jaxon bozorining investitsiya jarayoniga ta'sirini aniqlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tamoyillari, asosiy bosqichlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag`batlantirish, investitsiya faoliyatini axborot bilan ta'minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmi va asosiy yo`nalishlari, xorijiy investitsiyalarni sug`urtalash, lizing va franchayzing,xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy ri vojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining axamiyati juda katta. 75
Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi, mamlakat eksport salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O`zbekiston davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati xududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir. Korxona investitsiya siyosati korxona, axoli, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan xolda samarali faoliyat olib borishga imkon beruvchi chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. Korxona investitsiya siyosati o`z navbatida korxona rivojlanishini ta'minlaydi, mahsulotlarni eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo`lishni nazarda tutadi. Korxona investitsiya siyosatini yuritishda muhim strategiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur strategiyalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta'riflari bo`yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy xujjatlar amal qilmoqda. Jumladan, xususiy investitsiyalarni iqtisodiyotning real sektoriga yanada jalb qilish maqsadida 2005 yil 11 aprelda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "To`g`ridan-to’g`ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida" farmoni qabul qilindi. Bu farmonga binoan sanoatning alohida sohalaridagi korxonalar asosiy faoliyati bo`yicha daromad solig`i, mulk solig`i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va xududlarni obodonlashtirish solig`i, ekologiya solig`idan, mikrofirmalar va kichik korxonalarga solinadigan yagona soliqdan, shuningdek, investitsiya miqdoriga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddat davomida ozod qilinadi. Mamlakatimiz tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan ko`plab 76
imkoniyatlar tufayli davlatimizda investitsiyalar jozibadorligi ortib bormoqda. Xususan kimyo sanoatida ham ulkan rivojlanishlar davri kuzatilmoqda. O’zbekistonda katta kimyo kompleksi shakllangan va kimyogar olimlarning kimyo sanoati va uning texnologiyasi mahsulotlarining ayrim turlari bo’yicha dunyo taniydigan ishlar o’tqazilgan. Mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan ne'matlarimiz qatoridan jaxon bozorining turini egallayotgan republikamiz kimyo sanoati va texnologiyasining ko’plab mahsulotlari ham o’rin olganligi, albatta, quvonarli xoldir. «O’zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasining bir qator korxonalarining mahsulotlari muvaffaqiyat bilan eksport qilinmoqda. Bu korxonalar respublikamizning Navoiy, Olmaliq, Samarqand, Fargona, Qo’qon, Chirchiq, Qo’ng’irot va Yangiyo’l kabi shaharlarida faoliyat ko’rsatmoqda hamda kimyo va kimiyoviy qayta ishlash mahsulotlari davlatimiz iqtisodiyoti, uning bank-moliya tizimiga sezilarli foyda keltirmoqda. Investitsiya dasturi va texnik modernizatsiyalash bo’yicha tarmoq dasturlari doirasida 2009 yil mobaynida 690 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Ularning 303 tasi muvaffaqqiyatli yakunlandi. Respublikamizda jami 22 ta yirik ishlab chiqarish obyekti, jumladan, neft-gaz, kimyo, metallurgiya sanoatida 8 ta, mashinasozlik sanoatida 9 ta va qurilish industriyasida 5 ta ob’yekt foydalanishga topshirildi. Mustaqillika erishilgan ilk kunlardan boshlab yosh avlod tarbiyasi va ularning kelajagi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishga katta e`tibor berilmoqda. Xususan ta`lim tizimiga ham alohida ahamiyat qaratilgan. Xalqaro hamkorlik asosida o`rta umumta`lim maktablari, akademik litsey kasb-xunar kollejlarining aksariyatida xorijiy (Koreya, YAponiya va boshqalar) davlatlaridan keltirilgan laboratoriya asbob uskuna va jihozlaridan o`quv-ilmiy faoliyatlarda juda samarali foydalanilmoqda. Kimyo fizika fanlarining laboratoriyalarida zamonaviy qurilma va uskunalar o`quv jarayonlariga tadbiq qilingan. Rivojlangan davlatlarning nufuzli ta`lim muassasalarini O`zbekistondagi filiallari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan 77
ilmiy markazlarga birlashib ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo`shishga xarakat qilmoqdalar. Sanoat va kundalik ehtiyojimizda ishlatilayotgan har bir mahsulot, buyum va tovarda kimyo fani yutuqlarining mahsuli bor desak mubolag’a bo`lmasa kerak. Investitsiyalarni qo`llashni yanada takomillashtirish natijasida kelusida kimyoviy ishlab chiqarish qurilmalari, yangi, zamonaviy texnika-texnologiyalar, jahon standartlariga mos keluvchi zamonaviy laboratoriyalar soni yanada ko`payadi.
78
Xulosalar
Laboratoriya ishlari kimyo fanini o`qitish jarayonining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Laboartoriya ishlarini amalga oshiruvchi barcha insonlar avvalo o`zlarini va atrofdagilarning sog’-salomatligi, xavfsizligini ta`minlanishiga mas`uldirlar. Kimyodan laboratoriya ishlarini bajarib u haqida atroflicha bilim va tushunchalarga ega bo`lishlari uchun kimyoni nazariy asoslarini o`rganish bilan bir qatorda laboratoriyada ishlash qoidalari, xavfsizlik texnikasini ham mukammal o`zlashtirishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. 1. Bitiruv malakaviy ishni bajarish mobaynida o`rta umumiy ta`lim maktablarida kimyo laboratoriyasi, laborant va o`qituvchining vazifalari, laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazish, kimyoviy tajriba va uning vazifalari, tajriba turlari haqidagi a`lumotlar adabiyotlardan to`plandi va o`rganildi. 2. Kimyodan laboratoriya ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari, asboblar va ular bilan ishlash, ba`zi asboblar, moddalar bilan laboratoriyada ishlash qoidalari va xavfsizlik texnikasi va instruktaji to`g’risidagi ma`lumotlar o`rganildi. Tajriba ishlarini boshqaruvchi shaxslar o`zlari eng avvalo ishlashning qoidalarini mukammal hamda puxta bilishlari va bu orqali o`rganuvchiga shaxsiy namuna bo`lishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. 3. Ba`zi vaziyatlarda ko`ngilsiz hodisalar ro`y berganda ko`rsatiladigan birinchi yordam to`g’risidagi ma`lumotlar to`plandi va tahlil qilindi. Tajribani bajarishdagi ehtiyot choralar ishni muvaffaqiyatli yakuniga etkazishni va xavfsizlikni ta`minlanishiga zamin yaratadi. 4. Kimyo laboratoriyalarida ishlashni tashkil etish, ishlashning umumiy qoidalari umumlashtirildi, xavfsizlik texnikasi bo`yicha atroflicha malaka hamda ko`nikmalarga ega bo`lindi va ma`lumotlar uslubiy ko`rsatma shakliga keltirildi.
79
Foydalanilgan adabiyotlar 1.
O`zbekistin Respublikasi prezidenti Islom Karimovning “Тarixiy hotira va inson omili buyuk kelajagimizning garovidir” risolasini o`rganish bo`yicha o`quv qo`llanma. Toshkent “O`qituvchi” nashriyot – matbaa ijodiy uyi. Toshkent 2012, 65 – bet. 2. I.A.Karimov. Asosiy vazifamiz- vatanimiz taraqqiyori va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. - Toshkent: “O’zbekiston”, 2010.43- b.
3. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. 105 – bet. 4.
А.Э. Янгибаев, М.Эргашева «Умумий ўрта таълим мактабларида кимё фанидан лаборатория ишларини ташкил этиш ва ўтказиш» Қўлланма. Тошкент – 2010 й. 59 бет. 5.
T.С.Назарова, A.A.Грабетский, В.Н.Лаврова. Maктабда химиядан тажриба ўтказиш. T. “Ўқитувчи”. 1992, 6-11, 104-105 б. 6. Г.Р.Ҳамидова Кимё ўқитиш методикаси умумий курсидан маърузалар матни. Тошкент, 2001й. 45 бет. 7.
Нишонов М, Тешабоев С. Мактабда кимёдан лаборатория ишлари Т.Ўқитувчи. 1995 й 104 б. 8. Асқаров И.Р., Мамадалиев М.М., Мажидов А.Х. Мактабда амалий машғулотлар Т. Ўқитувчи,1992й. 66 б. 9.
О.Содиқов, А. Каримжонов, Н.Исхоқов. Органик химиядан практикум «Ўқитувчи» Тошкент 1973 йил. 10. Насриддинов Т.Й., Асқаров И.Р. Кимёни ўқитишда меҳнат мухофазаси ва хавфсизлик техникаси. Т. Ўқитувчи, 1995. 75 б. 11. http://www.altai.fio.ru/projects/group2/potok34/site/normativ/tbes.htm 12. Назарова Т.С., Грабецкий А.А. Лаврова В.Н. Мактабда химиядан тажриба ўтказиш. Т. Ўқитувчи 1992.й 17-21 б. 13. Kimyo xonasi. Toshkent. «Bilim» nashriyoti 2003 yil. 80
14. Ёш химик энциклопедик лугғати. М.А.Прокофьев бош мухаррирлиги остида. Ўзбекистон миллий энициклопедия нашриёти Тошкент 1990 йил 15. Й.Р.Тошматов, Б.С.Жўраев, Р.С. Деҳқонов. Анорганик кимёдан машғулотлар. НамДУ нашри 2002 йил. 38 б.
16. Г.М.Чернобельская Основы методики обучения химии. Уч. пособие. М., Просвешение, 1987, 255 с.
17. Верховский И.Н. Смирнов А.Д. Техника химического эксперимента: в 2-х т. М. Просвешение, 1973-83. 18. Плетнер Ю.В., Полосин В.С. Кимё ўқитиш методикасидан практикум: Ўқув қўлланма. Т. ”Ўқитувчи”. 1977, 206 б. 19. Н.Х.Мақсудов, Умумий химиядан практикум. «Ўқитувчи» Тошкент 1979 йил. 29 б. 20. Ф.Ю. Рачиниский, М.Ф. Рачиниская. Техника лабораторних работ. «Химия» Ленинград 1982 г. С. 120-128. 21. Х.Рахимова, А.Аъзамов, Т.Турсунов. Меҳнатни муҳофаза қилиш. Тошкент «Ўзбекистон» 2003 йил. 56 б. 22. Л.Н.Захаров. Техника безопасности в химических лабораториях. Ленинград, “Химия”, Ленинградское отделение. 1991 г. С.330. 23.
http://reshit.ru/laboratornye-raboty-chto-vazhno-o-nix-znat
24. https://festival.1september.ru/articles/607810/
25. http://reshit.ru/laboratornye-raboty-po-ximii 26.
http://uz.denemetr.com/docs/768/index-284863-1.html 27. Асқаров И.Р. Тўхтабоев Н.Х..Ғофуров К. Кимё 8- синф. Дарслик. Тошкент 2010 й. Янги йўл полиграф сервис 198 б. 28. Асқаров И.Р. Тўхтабоев Н.Х..Ғофуров К. Кимё 9- синф. Дарслик. Тошкент 2010 й. Ўзбекистон миллий энициклопедия нашриёти. 193 б.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling