Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy moddalar ta`sirida kuyish.
- QUYIDAGILARNI DOIMO YODDA TUTING!!!
- 1.4. Birinchi yordam ko`rsatish turlari: -lat eganda
- -suyak singanda
- -ko`zga chang kirib ketganda
- -ikkinchi darajali kuyganda
- Biror zararli modda bilan zaharlanganda tezlik bilan ochiq toza havoga chiqish kerak, kiyimlarni kamaytirish hamda tinchlantirish kerak.
Erituvchilar. Erituvchilar ko`p reaktsiyalarni olib borishda gomogen fazani vujudga keltirish, reaktsiya tezligini yoki yo`nalishini o`zgartirish va organik moddalarni reaktsion aralashmalardan ekstraktsiya yoki kristallantirish yo`li bilan ajratib olishda qo`llaniladi. Ma`lum sintezni olib borishda ishlatilayotgan erituvchida boshqa aralashmalarni bo`lishi bajarilayotgan ishni noto`g’ri chiqishiga sababchi bo`lishi mumkin. Shuning uchun, avvalo biror ishga ishlatish uchun olingan erituvchini tozaligini bilish kerak; agar erituvchi iflos bo`lsa, uni albatta tozalash va kerak bo`lgan taqdirda absolyutlash lozim. Toza sof holdagi organik erituvchi (ko`pincha erituvchi suyuq modda bo`ladi o`zining ma`lum konstantalari) qaynash xarorati sindirish ko`rsatkichi (molekulyar refraktsiyasi, solishtirma og’irligi va boshqalar) bilan belgilanadi. Bu konstantalari aniqlash (ayniqsa ularni qaynash xarorati) orqali erituvchilarning toza ekanligini bilish mumkin. SHuning bilan birga shunday erituvchilar ham borki, ular ma`lum xarorat oralig’ida qaynagani bilan sof bo`lmay, aralashma holda bo`ladi. Masalan, bularga petroley efir, benzin va boshqalar kiradi. Bunday erituvchilarning tozaligi ularni qaynash xarorati orqali emas, balki ularni ma`lum xarorat oralig’ida haydalishi bilan belgilanadi. Haydash yoki fraktsiyalarga bo`lib haydash usuli erituvchilarning tozalashda eng oson usul hisoblanadi.
Shaxsiy ma`suliyat xissini o`rgatish uchun tushunish, ishning xavfsizligini ta`minlash maqsadida tajriba oshiruvchilar, laborant va qatnashchilarni talaba o`quvchilarni xavfsizlik talablari va mehnat gigienasiga amal qilishlari kerakligi bo`yicha instruktajdan o`tkazishlari kerak. Talab bo`yicha ko`rsatma ikki qismga bo`linadi. Kirish: Birinchi kimyo darsida amalga oshiriladi; birlamchi ish joyida; takroriy; rejadan tashqari; hamda joriy. Kirish darsidagi tanishtirish kimyo o`qituvchisi tomonidan amalga oshirilgan.
60
U mehnat va xavfsizlik texnikasi qoidalari kabinetdagi ish qoidalari yong’in xavfsizligi xavfli jarayonlar ish jarayonlari va xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar bilan tanishtirish kerak. Birlamchi ko`rsatma individual himoya, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xavfli holatlarda o`zini qanday tutishi kerakligi to`g’risida ma`lumotlar berish kerak.
Rejadan tashqari bo`lgan instruktaj xavfsizlik qoidalari qo`pol ravishda buzilganda, jarohat olgan shaxslarga o`tkaziladi. Instruktajdan o`tib bo`lingach, o`qituvchi qatnashchini instruktajni to`liq o`zlashtirganligiga ishonch hosil qilgandan so`ng mustaqil ishlashga qo`yiladi, hamda maxsus jurnalga imzo chektiriladi. Ushbu jurnal laboratoriya mudiri, laborant yoki o`qituvchida saqlanadi. Jurnal raqamlar bilan belgilanib muhr bosiladi. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatishdan so`ng albatta tibbiyot muassasasiga murojat qilish kerak. Har bir aniq holatlar yuzasidan quyidagicha yordam ko`rsatiladi. Kislota bilan zaharlanganda tezda 4-5 iliq suvni ichib, qayt qilish (qusish) kerak; so`ng shuncha miqdora magnit oksididan ichib yana qustirish kerak. SHundan so`ng, oshqozonni toza iliq suv bilan yuviladi. Suyuqlikni umumiy hajmi 6 l dan kam bo`lmasligi kerak. Agar kishi ichiga kontsentrlangan kislotalar ketib qolganda va xushdan ketganda sun`iy o`qchitib va bunda vrach chaqiriladi. Karbonatlar, gidrokorbonatlardan foydalanish ta`qiqlanadi. Ishqorlar bilan zaharlanganda: 4-5 stakan iliq suv ichiladi va o`qchishga harakat qilish, so`ng shuncha miqdorda sirka kislotasini suvli eritmasi (2% li eritma) ichiladi. SHundan so`ng, 2 marta iliq toza suv bilan yuviladi. Fenol bilan zaxarlanganda: 4-5 stakan iliq suv ichiladi, o`qchishga urinish, keyin shuncha miqdorda pushti rangdagi kaliy permanganatni eritmasidan ichiladi, keyin yana o`qchiladi. So`ng 5% li etil spirt (1 l dan kam bo`lmagan) eritmasi bilan 61
yuviladi. Brom bug’lari bilan zararlanganda: navshadil spirtni bintga shimdirib, xidlatish, tomoq va burunni 2% li natriy gidrokorbanatni suvli eritmasi bilan chayiladi. Gazlar bilan zaharlanganda: ochiq havoga (kislorodga) olib chiqish kerak. Kuyganda: Har qanday kuyish holatida moylardan foydalanish ta`qiqlanadi. Rangli moddalarni (kaliy permanganat, zelenka, yod eritmasi) qo`llash ta`qiqlanadi. 1chi darajali kuyishda: etil spirt surtib, quruq bog’lam qo`yilgan. Boshqa darajadagi kuyish holatlarida kuyganda joy sovutib, quruq strillangan bog’lam qo`yiladi. O`yuvchi moddalar bilan kuyganda: shisha tayoqcha, pintset yoki quruq qog’oz yordamida o`yuvchi modda olib tashlanadi. Jarohat olganda (kesib olganda, kuyganda) qolaversa qatnashchilar o`zini yomon his qilganda, bu haqida zudlik bilan o`qituvchi yoki laborantga murojat qilish kerak. Kimyo laboratoriyasidagi har qanday moddani olish yoki quyish faqat o`qituvchi ruxsati bilan amalga oshiriladi. Barcha holatlarda ya`ni: turli suyuqliklar to`kilib ketsa, qattiq reaktivlar sochilib ketsa, o`qituvchi yoki laborantga aytish kerak. Har qanday moddani o`zicha yig’ishtirish ma`n etiladi. Rakovinaga (kanalizatsiyaga) eritmalar, organik suyuqliklarni to`kishga ruxsat berilmaydi. Bunday moddalar ish joyidagi maxsus idishlarga quyilishi kerak. Ish vaqtida jihozlar ishdan chiqsa, kran yoki eletr tarmoqlarida nosozlik sezilsa, zudlik bilan laborant va o`qituvchiga bildirish kerak. Nosozliklarni o`z boshimchalik bilan tuzatish ta`qiqlanadi. Qizdiruvchi jihozdan va qurilmalarni qarovsiz holatda qoldirish ta`qiqlanadi. Ish tugagach ish joyini o`qituvchi va laborant ko`rsatmasiga binoan tozalab
62
qo`yish kerak. Laboratoriya va tajriba ishlarini yakullangach, qatnashchilar qo`llarini albatta sovun bilan yuvishlari kerak. Favqulotda holatlar yuzaga kelganda (mashg’ulot paytidagi avariya holatlarda: yong’in, kuchli xidlar atrofga tarqalganda sarosimaga tushmay o`qituvchi ko`rsatmasiga qat`iy rioya qilish kerak). IZOH: Kabinet boshlig’i tomonidan ishlab chiqarilgan ko`rsatma bo`yicha 3 yilda bir ishlab chiqarish mumkin va unga vaqti-vaqti bilan unga qo`shimcha o`zgartirishlar kiritish mumkin.
Laboratoriyada ishlash qoidalariga rioya qilinmasa ko`ngilsiz hodisalar ro`y berishi mumkin.
ochiq alangada qizdirish yoki alanga oldida bir idishdan ikkinchi idishga quyish, asboblarni noto`g’ri yig’ish va erituvchilarga qaynatgich (kapillyar, chinni bo`lakchalari) tashlamasdan qizdirish natijasida yong’in chiqishi mumkin. YOng’in chiqqanda oldin gaz gorelkalari va elektr asboblarini o`chirish, yonuvchi moddalarni uzoqqa olib qo`yish kerak. Agar biror idishda ozroq suyuqlik yonib ketsa, uni material yoki asbest qog’ozi bilan darhol yaxshilab o`rash kerak. Agar yonayotgan suyuqlik stol ustiga to`kilsa, uni qum sepib o`chirish kerak. Alanga o`chmasa uni o`t o`chirish asbobi bilan o`chirish va agar shunda ham o`chmasa darhol o`t o`chirish komandasiga xabar berish kerak. Agar kishi ustidagi kiyim yona boshlasa, bu kishini darhol adyol bilan o`rab o`tni o`chirish kerak. Kuygan erni 5-10% li kaliy permanganat yoki 5% li tanin eritmalari bilan ho`llab yoki dori surib bog’lanadi.
ishqorlar va boshqa o`yuvchi moddalar ta`sirida kuyish ro`y berib turadi. Kislotalarning ichida eng xavflisi kontsentrlangan nitrat kislotadir. Bu kislota teriga
63
tegsa uni sarg’aytirib yuboradi, agar ko`proq ta`sir qilsa, qiyin tuzaluvchi yara hosil qiladi. SHuningdek kontsentrlangan sul’fat kislota ham yaralangan erda chandiq qoldirish mumkin. Terining kislota tegib kuygan joyini oldin suv bilan juda ko`p marta yuvib, so`ngra 3% li soda eritmasi bilan chayish kerak. Ko`zga kislota sachrasa ham shunday qilinib, oxirida yana toza suv bilan yuvib, tashlanadi. Ishqorlar va ayniqsa ularning issiq eritmalari ham terida qiyin tuzaluvchi yara hosil qiladi. SHuning uchun ularni maydalashda ko`zoynak taqib ishlash kerak. Ammoniy gidroksid ko`zga sachrasa uni jarohatlantirish va hatto ko`zni ko`r qilishi mumkin. Teriga ishqor tegib kuygan joyini oldin suv bilan yaxshilab yuviladi, so`ngra suyultirilgan sirka kislota o`rniga bor kislotaning eritmasi ishlatiladi. SHundan so`ng ko`zga kanakunjut moyidan tomiziladi. Kislota va ishqorlardan tashqari fosfor, brom, fenollar teriga tegsa ham uni jarohatlantiradi. Brom yoki fenol bilan kuygan joyni benzin, benzol yoxud etil spirt bilan yuviladi. So`ngra yuvilgan joyga glitserin, borli vazelin yoki 5% li tannin eritmasi suriladi.
hidlash va ba`zan teri orqali ham bo`ladi. Har bir kimyogar o`zi ishlayotgan moddalarning xossalarini bilishi kerak. Laboratoriyada kishi ko`pincha is gazi, vodorod sul’fid, sul’fid angidrid, ammiak va boshqa gazlar bilan zaharlanishi mumkin. Is gazi va vodorod sul’fid bilan zaharlanganda kishining boshi aylanadi, darmonsizlanadi, ko`ngli ayniydi hamda kishi hushidan ketadi. Azot oksidlari sekin ta`sir qiluvchi zaharli gazlar bo`lgani uchun juda xavflidir. Ular ko`z va nafas olish yo`lining shiliq pardalariga ta`sir qilib, tomoqni quritadi, yo`taltiradi va ko`nglini aynitadi. Bu gazlar bilan zaharlanganda zaharlangan kishini darhol toza havoga olib chiqib, sun`iy nafas oldirish va vrach chaqirish kerak. 64
Xlor, brom, fosgen, sul’fit angidrid va ammiak bilan zaharlanganda ko`z va nafas olish yo`lining shiliq pardalari jarohatlanib, yurakka ta`sir qiladi. Bu gazlar bilan zaharlanganda ham zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqib sun`iy nafas oldiriladi. Sian birikmalari bilan zaharlanganda tezda vrach chaqirib, sun`iy nafas oldirish kerak. Bunda zaharlangan kishini qayt qildirib, so`ngra unga 10 ml 3% li vodorod peroksid qo`shilgan 250 ml suv ichiriladi. Kislota va ishqorlar bilan zaharlanganda vrach chaqirilib, zaharlangan kishiga ko`p suv ichiriladi, so`ngra ikki qism aktivlantirilgan ko`mir, bir qism magniy oksid va bir qism tannin aralashmalaridan iborat bo`lgan bir choy qoshiqdagi aralashma zaharlanishga qarshi universal dori hisoblanadi. SHundan so`ng zaharlangan kishiga yumshatuvchi ichimlik (sut, yangi tuxum oqsili, qatiq va boshqalar) ichiriladi. SHuningdek zaharli suyuqliklar: atseton, formalin, metil yoki amil spirt, anilin va shunga o`xshashlar ichga ketib qolsa, qayt qildirilib, sut, qatiq va tuxum oqsili ichiriladi. Har bir laboratoriyada qum, aptechka, yong’inga karshi vositalar bo`lishi shart. Aptechkada bint, paxta, yodning spirtdagi №% li eritmasi, sirka kislotaning 1-2% li eritmasi, natriy bikorbanatning №% li eritmasi, bor kislotaning to`yingan eritmasi, kaliy permanganatning to`yingan eritmasi, kuyganga qarshi ishlatiladigan maz’, kollodiy, glitserin, vazelin, spirt, kastor moyi, tannin, kardiamin va shu kabilar bo`lishi kerak.
1. Laboratoriyada ishlashda biror eringizga, qo`lingizga ishqor sachrasa u holda darhol ko`p miqdorda suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar bilan yuving: a) sirka kislotaning 1% li eritmasi bilan yuving. b) limon kislotaning kuchsiz eritmasi bilan yuving. v) borat kislotaning kuchsiz eritmasi bilan yuving; qayt etilgan eritmalar bilan yuvilgandan so`ng vrachga murojaat eting.
65
2. Laboratoriyada ishlashda biror eringizga, qo`lingizga kislota sachrasa yoki to`kilsa u holda juda ko`p miqdor suv bilan so`ngra quyidagi eritmalar bilan yuvish kerak: a) sodaning 10% li eritmasi bilan yuvish (natriy korbonat) b) natriy bikarbonatning 3% li eritmasi bilan yuvib so`ngra paxta moyi yoki kungaboqar moyi surtish lozim. v) ammiakning kuchsiz eritmasi bilan yuvish kerak. 3. Laboratoriyada ishlashda biror eringiz kuyib qolsa quyidagi choralarni ko`rish kerak: a) kaliy permanganatning 2% li eritmasini dokaga shimdirib kuygan erga bosish kerak. b) 3% li tannin eritmasi bilan yuvish kerak. v) streptotsit emul’tsiyasini surtish kerak. g) spirt bilan xo`llangan paxta yoki paxta moyi shimdirib bosish kerak; yuqoridagi choralar ko`rilgandan so`ng vrachga murojaat eting. 4. Laboratoriyada ishlashda biror eringizni kesib olsangiz, eng avvalo kesilgan joydagi qonni ko`p miqdor suv bilan yuvib so`ng: a) kaliy permanganatning 2% li eritmasi bilan yuvib, yod eritmasi surkab bint bilan bog’lash kerak. b) 3-5% li yodning spirtli eritmasidan surtib bint bilan bog’lash kerak. 5. Teriga brom tegsa darhol benzin bilan artish va undan so`ng vrachga murojaat etish kerak. 6. Ammiak hididan zaharlanganda darhol sirka kislota hidlash so`ngra sut ichish va limon shimish kerak. 7. Ichga yod ketganda darhol natriy tiosul’fatning 1% li eritmasidan 100 ml ichish, yana 3 minutdan so`ng o`sha eritmadan bir choy qoshiq ichish, so`ngra vrachga murojaat qilish kerak. 8. Laboratoriyada eritmalar solingan hamma shisha idishlar og’zi berk holda saqlanishi lozim. Hamma idishdagi moddalarning etiketikasi bo`lishi kerak va ularni iloji boricha kam sarflagan ma`qul. Agar tajriba uchun qancha modda olish 66
ma`lum bo`lmasa u holda eritmadan 1-1,5 ml, qattiq moddalardan esa 0,20-0,40 mg olish lozim. 9. Tajriba tugagach natijalarni daftarga yozish lozim. 10. Laboratoriyadan ketayotganingizda gaz garelkalari va vodoprovod jo`mraklari berkligini hamda elektr asboblarini o`chirilganligini, albatta tekshirib ko`ring. Birinchi yordam. Kimyo laboratoriyasidagi sodir bo`lishi mumkin bo`lgan baxtsiz xodisalarga: shisha kesib ketishi, kimyoviy va termik kuyish, qolaversa, zararli moddalarni bug’lari bilan zaharlanish kiradi. Tibbiyot xodimlari etib kelguncha 1-chi yordam berish uchun kerakli vosita va jihozlar laboratoriyada mavjud bo`lishi kerak. Agar qo`lni shisha kesib ketsa: spirt bilan yuvilgan pintsepda ko`zga ko`rinib turgan shisha siniqlarini terib olib tashlanadi, so`ngra jarohatni kaliy permanganatni 2% li eritmasi bilan yuviladi va 5% li yod eritmasi surtib, bint bilan bog’lanadi. Termik kuyishning sababi kuchli qizigan predmet yoki yonuvchan suyuqliklar va kuchli elektr zaryadi bo`lishi mumkin. Issiqdan kuyishda 2% li KMnO 4 eritmasi yoki 96% li etil spirti surtish tavsiya etiladi, so`ngra kerakli maz’ surtib bog’lanadi. Kimyoviy kuyishda ham dastlab spirt bilan yuviladi. Kislota va fenol bilan kuyganda kuygan joy avval ko`p miqdorda suv bilan yuviladi, so`ng NaHCO 3 ni 2% li eritmasi bilan; ishqorda kuyganda avval oqayotgan suv bilan, so`ng 2% li sirka kislota va bor kislota eritmasi bilan yuviladi. Agressiv organik moddalar bilan kuyganda tezda 96% li C 2 H
OH bilan yuvish va maz’ surtish kerak. Agar ko`z atrofi, yuz, kimyoviy kuyganda dastlab ko`p miqdordagi suv bilan yuvib, keyin 2% li NaHCO 3 (kislota to`kilganda) yoki 2% li bor kislotasi (ishqor tekkanda)bilan yuviladi. 1.1. Bordiyu ishchi yoki xodim ishlab chiqarishdan shikastlansa u tezlik bilan 67
tibbiy yordamga murojaat etishga, so`ngra shikast topgan haqida ma`muriyatga xabar berishga majburdir. Agar jabrlangan kishining o`zi bu ishni qilolmasa bu vazifani ishdagi o`rtog’i bajarishi darkor. Ish joyi holati agar atrofdagilar uchun xavf-xatarli bo`lmasa baxtsiz xodisa yuz bergan taqdirda ham u shunday holatda saqlanishi kerak. 1.2. Baxtsiz hodisa kelib chiqishining oldini olish bo`yicha amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar quyidagilardan iborat: texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va tashkilotning ichki tartibiga qat`iy rioya etish. 1.3. Baxtsiz hodisa sodir bo`lganda xakim etib kelguncha jabrdiydaga darrov birinchi yordam ko`rsatish muhim vazifadir. SHuning uchun ham ishchilarning o`zlari tibbiy yordam ko`rsatish usullari ni yaxshi bilishlari darkor.
quyish darkor. Lat egan joy tirnalgan bo`lsa nam tegizish yaramaydi, lat egan joyni yod eritmasi surtib, bog’lab qo`yiladi:
suyaklarni va katta 2 ta bo`g’imni qamrab olishi darkor; -yaralanganda yara joyga qo`l tekizish mumkin emas. YAra atrofidagi teri yod eritmasi bilan yog’lanadi, yara maxsus material (steril bint) bilan bog’lab qo`yiladi, yaraga paxta qo`yish mumkin emas;
naychani bog’langan joyida uzog’i bilan 2 soat qoldirish mumkin. -ko`zga chang kirib ketganda: ko`zni borli kislota qorishmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq solinadi.) yoki toza qaynagan suv bilan yuvish zarur, ko`zni qo`l bilan artish aslo yaramaydi.
aralashma yoki 2% li ichimlik soda aralashmasi bilan artish zarur, unga sintomitsin linimenti, vishnevskiy malxami qo`yish zarur;
68
-ikkinchi darajali kuyganda: qovizoqlarni yorish yoki uni teshish mumkin emas, kuygan joyga margantsovkali kaliy yoki toza spirt bilan namlash, shundan keyin ehtiyotkorlik bilan qovuzoqlarni yorib yubormay quruq toza material bilan bog’lab qo`yish zarur. Uchinchi darajali kuyganda biror-bir moy yoki yog’ surtash, biror narsa qo`yib bog’lab qo`yish mumkin emas; -kislota yoki ishqor ta`sirida kuygan joyni darhol 15-20 daqiqa davomida suv bilan yuvib turish zarur. 1.5. elektr toki urganda darhol jabrlangan kishini tokdan ozod etish va unga birinchi yordam ko`rsatish lozim. Tokdan ozod etganda shuni unitmaslik kerakki, jabrlangan kishiga himoya qilinmagan qo`l bilan tegish xavfli. SHuning uchun qutqaruvchi imkon boricha elektr toki o`tkazmaydigan qo`lqop kiyib olishi yoki suv o`tkazmaydigan yopinchiqdan qirqilgan narsani qo`lga o`rab olishi zarur. Iloji boricha quruq taxta ustida turish, englarni shimarib olishi darkor. Bir qo`llab harakat qilishi lozim. 1.6. 1000 vol’tdan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasidan jabr ko`rgan kishini darhol tokdan qutqarish elektr toki o`tkazmaydigan botinka, qo`lqop kiyib olish va shtangadan foydalanish zarur. 1.7. Agar jabrlangan kishi xushini yo`qotgan bo`lsayu, nafas olishi saqlanib qolgan bo`lsa, uni qulay yotqizish, ko`ylak tugmalarini echish, sof havo olishga imkon yaratish, navshadil spirti xidlatish, badanni artish va quritish shoshilinch ravishda xakimni chaqirish darkor. 1.8. Agar jabrlangan kishida hayot alomati bo`lmasa nafas olish, yurak, qon tomir urishi sezilmagan taqdirda shoshilinch ravishda xakimni chaqirish va u etib kelguncha jabrlangan kishini echintirish kerak. Agar qoplama tishlari bo`lsa ularni sug’irib olish va darhol sun`iy nafas oldirishni boshlash kerak. 1.9. Jabrlangan kishini erga ko`mish yaramaydi, chunki nafas olishi qiyinlashadi, badani tez soviydi va shubhasiz zarar keltiradi. Buning eng samarali yo`li «og’izdan-og’izga» sun`iy nafas yuborishdir. 69
1.10. Og’iz va burunga havo yuborish texnikasi quyidagicha: jabrlangan kishi ko`kka qarab yotqiziladi. Tili og’iz devoridan qochib tomog’i, nafas olish yo`lini ta`minlash uchun uning boshi orqa tomonga tashlab qo`yiladi, so`ngra og’iz va burunni doka yoki ro`molcha orqali pudashga kirishshiladi. Pudash paytida barmoq bilan jabrlangan kishining burnini berkitib turish zarur. Havo yuborish 5-6 lahza davom eitishi kerak, bu har daqiqada 10-12 marta nafas olish oralig’iga mos keladi. har safar havo yuborilgandan keyin jabrlangan kishining og’zi va burni bo`shatilishi va o`pkada to`plangan havoning chiqib ketishi uchun ko`krak qafasini ezish darkor. YUrakka masash qilishda ko`krakning quyi chekkasini kaftda bir maromida bir daqiqada 60-80 marta ezish lozim. Biror zararli modda bilan zaharlanganda tezlik bilan ochiq toza havoga chiqish kerak, kiyimlarni kamaytirish hamda tinchlantirish kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling