Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz
Ayni darsda o`tilgan mavzuni qaytarish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yangi o`quv materialni o`rganishdan oldin o`tkaziladigan o`quv tajribalarning maqsadi o`quvchilarni yangi bilim olishga tayyorlash.
- 3. Kimyo kursining bir qismi o’tilgandan keyin o`quv tajribalar laboratoriya tajribalari, amaliy mashgulotlar va amaliyotdan iborat.
- Laboratoriya tajribalarining xillari
- Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish Kutiladigan natija Bilim
- Ko`nikma
- II BOB. Asosiy qism 2.1. Kimyodan laboratoriya ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari
- Laboratoriya ishlarini bajarishning umumiy qoidalari
- Texnika havfsizligi qoidalari.
- Yong`in xavfsizlik qoidalari.
- Baxtsiz hodisalar ro`y berganda birinchi yordam ko`rsatish.
- Umumiy kompetensiyalar ( U.K).
- Laboratoriya ishlarini amalga oshirishda bilishi va uddalashi kerak bo`lgan talablar.
1. Ayni darsda o`tilgan mavzuni qaytarish. Ayni darsda o`tilgan mavzuni qaytarishda o`quv tajribaning maqsadi ya`ni o`tilgan darsdagi moddalarning xossalari yoki hodisalar to`g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirish, umumlashtirilgan tushunchalarni shakllantirishga erishiladi. Masalan, suvda erimaydigan asoslarni o`rganishda o`quvchilarga quyidagi vazifalarni tavsiya qilish mumkin: a) mis (II)-gidroksidini olib, uning suvda eruvchanligini tekshiring, indikatorga reaktsiya berishini ko`ring, parchalanish reaktsiyani o’tkazing. b) temir (II)-gidroksidini olib suvda eruvchanligini tekshiring. v) rux gidroksidini olib suvda eruvchanligini tekshiring. O`qituvchi bilan birgalikda olib borilgan tajribalar o`quvchilarning texnik malakasini oshirishda yordam beradi.
darsda rivojlanadigan tushunchalarni eslatish va aniqlashdan iborat. Lekin bunday o`quv tajribalari amalda kam olishda katta ahamiyatga ega. Bunday darsda o`quvchilar taqqoslash, olgan bilim va malakalarni mustahkamlash va 25
umumlashtirishni o`rganadilar. 3. Kimyo kursining bir qismi o’tilgandan keyin o`quv tajribalar laboratoriya tajribalari, amaliy mashgulotlar va amaliyotdan iborat. Laboratoriya tajribasining maqsadi - yangi bilim olish, yangi mavzuni o`rganish. Laboratoriya tajribalari yangi o`quv materialni o`qitishda ko`proq qo`llaniladi, o`quvchilarning ko`nikma va malakalar egallashda yordam beradi. Laboratoriya tajribalarining xillari: individual (yakka tartibda); guruh (bitta stolda o`tirgan o`quvchilar bir xil tajribani bajaradilaru, lekin o`rtasidagi vazifalar taqsimlanib qo`yilgan bo`ladi); jamoa (turli xil stolda o`tirgan o`quvchilar turlicha tajribalar bajaradilar, natijasi esa sinfda muhokama qilib, jamoa bo`lib xulosalar qiladilar). Laboratoriya tajribasining darsdagi muvafaqqiyati uni tayyorlashga bog’liq. Avvalo, har bir stol uchun zarur bo`lgan jihozlarni tanlash va uni o`z joyiga qo`yish haqida o`ylash lozim. Jihozning bir qismi, yoki probirka va shunga o`xshashlarning yo`qligi butun sinf ishini izidan chiqaradi. Idishlardagi reaktivlar albatta o`qituvchi tomonidan tekshirilib ko`rilishi kerak. Agar bir qism reaktivlarni probirkalarga quyib berish kerak bo`lsa, ularni raqamlash, doskada esa qaysi probirkada qanday modda borligini yozib qo`yish kerak. Xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish maqsadida biroz murakkab tajribalarni yakka tartibda emas, balki o`quvchilar guruh bo`lib (2-3 kishi) bajargani ma`qul. Tajribani bajarish paytida o`quvchilarning faoliyati boshqarilishi, kim yaxshi ishlayotganligini ta`kidlash, xavfsizlik texnikasi va natijalarini kuzatib borish kerak.
Ish yakunida avvaldan yig’ishtirish uchun bir necha daqiqa qoldirish kerak. Ish tamom bo`lgandan so`ng, uning natijalari muhokama qilinadi va daftarga yoziladi. Amaliy mashg’ulotlarni o`quvchilar ayrim mavzularni o`tgandan keyin mustaqil o`zlari bajaradilar, ya`ni mavzu tamom bo`lgandan so`ng bilimlarni
26
mustahkamlash va takomillashtirish, aniqlashtirish amaliy ko’nikmalarni shakllantirish, o`quvchilarda mavjud bo`lgan ko`nikma va malakalarini takomillashtirish uchun o`tkaziladi. Demak, laboratoriya tajribasi va amaliy mashg’ulot didaktik maqsadiga ko`ra bir - biridan farq qiladi. Yangi dasturlarga kiritilgan, asosiy maqsadi o`quvchilar olgan bilimlarni amalda qo’llash, zaruriy ma`lumotlarni mustaqil topish, tajriba vositasida sifat va miqdoriy masalalar yechish o`quvini rivojlantirishga bo`lgan amaliyot alohida o`rin tutadi. O`quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ularning amaliy vazifalarni mustaqil bajarishga tayyorgarligi turlicha bo`ladi. O`quvchilar tajribasini aniq turlarining didaktik vazifasi ham bir xil bo`lmaydi. O`quvchilar laboratoriya tajribalarini bajarishda ayniqsa kimyo kursini o`rganishning boshlanishida ularga o`qituvchiniig bevosita ishtiroki va rahbarligi talab qilinadi. Yuqori sinfda o`quvchilar tegishli malakalarga ega bo`lganlaridan keyin o`qituvchining vazifasi umumiy rahbarlikning o`zi bilangina cheklanadi. Amaliy mashg’ulotlar bajarishda o`quvchilarning mustaqilligi yanada ortadi. Tajribaviy masalalarni echishda o`quvchilar batamom mustaqil bo`lishlari talab qilinadi. O`qitish jarayoni nuqtai-nazaridan o`quv tajribaning bajarilishi quyidagi bosqichlarni o`tishi zarur: 1. Tajribaning maqsadini anglash; 2. Moddani o’rganish; 3. Jihoz yig’ish yoki tayyor jihozdan foydalanish; 4. Tajribani bajarish; 5. Tajribani tahlil qilish va xulosa chiqarish; 6. Olingan natijalarni tushuntirish va reaktsiya tenglamalarini yozish; 7. Xulosa yozish. O`quvchilar tajribaning har bir shakli, texnikasi, metodikasi, uning uchun 27
ajratilgan vaqt va tegishli uskunalarni tanlash kabi ishlarni mustaqil bajarishlari kerak.
Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish Kutiladigan natija Bilim: Kimyo xonasida ishlash koidalari bilan tanishadilar undagi jihozlar bilan ishlashni o`zlashtiradilar. Ko`nikma: O`quvchilar kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlaydilar Malaka: O`quvchilar kimyo xonasi va laboratoriyasida o`zlashtirilgan ishlash qoidalari va jihozlar bilan ishlashni keyingi amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlarida qo`llaydilar. Kimyodan amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlari o`tkazilganda xalat kiyib olish lozim. Ish stolida ortiqcha narsalar bo`lmasligi va zarur buyumlargina toza holda bo`lishi kerak. Har bir mashg’ulot maxsus daftarga quyidagi tartibda qayd qilib borilishi lozim: 1. Mashg’ulot o`tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami; 2. Mashg’ulot mavzusi; 3. Ish bajarilgan asbob sxemasi; 4. Tajriba bajarilishining qisqacha tavsifi; 5. Reaktsiya tenglamalari; 6. Reaktsiyalar davomida moddalarda kuzatilgan o`zgarishlar; 7. YAkuniy xulosalar. Tajribalar tugagach, foydalanilgan moddalarni topshirish, shisha idish va asboblarni tozalash, yuvish va laborantga topshirish lozim. Kimyodan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar olib borganda e`tiborsizlik bilan ishlash oqibatida ko`ngilsiz hodisalar ro`y berishi mumkin, ularning kelib chiqishi sabablari asosan me`yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlikning otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarning toza bo`lmasligi, ularning sinishi, natriy metaliga nam va suv tegishi, o`zaro tutashgan naylar orqali bosim o`zgarishida suyuqliklarning idishdan boshqa idishga o`tib 28
ketishi, moddalar bilan noto`g’ri munosabatda ehtiyotsiz muomala qilish kabilar bilan bog’liqdir. Ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun quyidagi mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi kerak: 1. Ish bajarish tartibini puxta o`zlashtirmasdan va tajriba o`tkazish uchun asboblarning to`g’ri yig’ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak. 2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta`mini totish mutlaqo mumkin emas. 3. Tajribalarni iloji boricha mo`rili shkafda o`tkazish kerak. 4. Tajriba davomida termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan tezda yig’ishtirib olish va simob to`kilgan joyda oltingugurt sepish kerak. 5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo`laklarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. 6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga mansabidan uzoqda saqlash kerak. 7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. 8. Yong’in chiqqan taqdirda avvalo o`t chiqishiga sabab bo`lgan manba o`chiriladi, so`ngra qum sepiladi yoki yopgich yopiladi. Alangani yoyilish xavfi bo`lsa o`t o`chirishdan foydalanish kerak. 9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda ularning og’zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo`lishi kerak. 10. Kislota va ishqorlar eritmalarni qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko`zoknak taqib olish zarur. 11. Reaktsiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash mumkin emas. 12. Kislotalarni suyultirishda kislotani o`z-o`zdan idish devori bo`ylab suvga quyish kerak. 13. Kontsentrlangan kislota va ishqorli kimyoviy pipetka bilan o`lchash man 29
etiladi. Ularni faqat tomizg’ich yordamida o`lchab olish lozim. 14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to`kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko`rish lozim. 16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko`zga, teriga zarar va jarohat etkazishi mumkin. Shuning uchun nojo`ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 17. Tajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish ikerak. Asboblarni o`chirish kerak. 18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta`minlash lozim.
30
II BOB. Asosiy qism 2.1. Kimyodan laboratoriya ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari O`qitish jarayonining muhim qismlaridan biri bu laboratoriya ishlari hisoblanadi. Bu ayniqsa fizika, kimyo, biologiya va ba’zi texnik fanlarda o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Har qanday laboratoriya ishi laboratoriya sharoitida amalgam oshiriladi, muayyan tadqiqot jarayonida tahlillar o`tkaziladi. Amaliy ishni bajarilishi o`rganilayotgan materialni ko`z o`ngimizda tushuntiriladi. Amaliyotdan ma’lumki, tajribalarni amalgam oshirilishi ta’lim oluvchini o`qish jarayoniga qiziqishini oshirishga hizmat qiladi. Yagona qiyinchilik laboratoriya ishi bilan bog`liq bo`lgan hisobotni yozish va rasmiylashtirishda ko`rinadi. Eksperemental yo`l bilan aniqlangan yoki erishilgan natijani tog`ri talqin etish, va to`g`ri rasmiylashtirish bazan o`ziga xos qiyinchiliklar tug`diradi. Laboratoriya honasida ishni bajarish, qoidalariga muvofiq ravishda ishni tashkil etish, tartib va mutanosiblik, ketma – ketlikka alohida ahamiyat berish bajarilgan ishning muhim natijasidir. Laboratoriya ishini muvofaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagilarga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. ― Mavzu bo`yicha yetarli miqdorda nazariy ma’lumotlarga ega bo`lish; zarur bo`lsa takrorlash, bir so`z bilan aytganda nazariy tayyor bo`lish. ― tajribalarni o`tkazish uchun kerak bo`ladigan eng muhim jihozlar va ko`pincha materiallarni hammasini yetarli ekanligiga va mavjudligiga ishonch hosil qilish, tekshirib ko`rish; ― tajriba o`tkazilishi ya’ni ishni borishi haqidagi metodik qism bilan avvaldan yaqindan tanishish; ― laboratoriya ishlarini bajarish bo`yicha ko`rsatma va eslatmalarning barcha qoidalarini hisobga olish hamda unga amal qilish; ― laboratoriya ishlari bo`yicha hisobot tuzish uchun jadval va sxemalardan foydalanish; ― laboratoriya ishlarini tog`ri bajarish malaka va ko`nikmalarga ega bo`lish 31
uchun zarur bo`lganda oddiy, qulay laboratoriya ishlaridan foydalanish. Laboratoriya tajriba ishlarini inson bajaradi shunday ekan, avvalo uning sog` salomatligi va omonligi eng muhim hamma narsadan ustun qolaversa uning sog`ligini saqlashi, labiratoriya qurilma va jihozlarini butunligini saqlash va uni ta’minlash uchun har qanday oddiy yoki murakkab tajribani bajarishda xavfsizlik qoidalarini bilish va unga qat’iy amal qilish juda muhimdir. Har qanday oddiy yoki o`ziga xos murakkab tajribani o`tkazib bo`lingach ish bajarilgan joyni tartibga keltirib qo`yish kerak. Ish joyini tozalashda ham qoidalarga amal qilinishi kerak bo`ladi.
Laboratoriya praktikumi umumiy va noorganik kimyo kursining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun laboratoriya jihozlari, o`lchov asboblari, asosiy laboratoriya ishlarini o`tkazish texnikasi bilan tanishish kerak. Binobarin laboratoriyada elektr jihozlar, gaz, suv, zaharli va havfli moddalar bor ekan, ichki tartib qoidalar va texnika havfsizligining qat’iy qoidalariga rioya qilinishi kerak. O`quvchi har bir laboratoriya mashg`ulotidan avva laboratoriyaga mos keluvchi darslikdagi bo`lim yoki bobni o`rganib chiqishi (ma’ruzalar matni va laboratoriya ishlari o`tkazish tartibini) kerak bo`ladi. Laboratoriya tajribalarini o`tkazilayotganda quyidagi qoidalarga amal qilinishi zarurdir: ― laboratoriya ishini mukammal (maromiga yetkazgan holda) shoshma – shosharlik va palapartishlik qilmasdan laboratoriyada tinchlikni saqlagan holda bajarish kerak. ― tajribani toza idishda bajarish kerak. ― ishga kirishishdan avval mavzuni va ishni bajarish mohiyatini o`rganib kerakli jihozlar va reaktivlarni tayyorlab olish kerak. ― reaktivni behuda sarflash kerak emas, o`lchovni to`g`ri bajarish natija garovidir. ― umumiy holda ishlatilayotgan reaktivni o`z ish joyiga olib ketish kerak
32
emas. Tomchi pipetkalarning tiqinlarni, kolba, va boshqa shisha idishlarni qopqoq va tiqinlarni adashtirish kerak emas. ― tajribani har bir qismini diqqat bilan kuzatib belgilab borish, uning har bir o`ziga hosligini (cho`kmani tushishi yoki erib ketishi, gaz chiqishi, rang o`zgarishi va hokazo) daftarga yozib borish kerak. ― tajribalardan so`ng metal qoldiqlarini rakvinaga emas balki, mahsus shisha bankaga yig`ish kerak. ― qimmatbaho reaktivlar (masalan: kumush tuzlarining qoldiqlari) mahsus idishlarga yig`ilishi kerak. ― singan idishlar, qog`oz parchalari, gugurt cho`pi, plyonka qoldiqlari ham mahsus idish yoki qutiga solinishi zarur.
1.
O`qituvchining ruhsatisiz elektro jihozlarga tegmang, yoqmang, o`chirmang. 2. Ishlayotgan joyingizda keraksiz yoki ortiqcha predmetlar bo`lmasligi kerak. Ular ishga va uni o`tkazishga katta halaqit beradi, chalg`itadi. 3.
Moddalarni qo`l bilan ishlash va ulardan totib ko`rish qat’iyan man etiladi. Moddani hidi bo`yicha tekshirish o`tkazilayotganda idish og`zidagi havoni o`zingiz tomonga yelpib keyin hidlang. 4.
Zaharli, uchuvchan moddalar bilan ishlashda o`ta ehtiyotkor bo`lish zarur, ular bilan bajariladigan ishlar mo`rili shkafda amalga oshirilishi kerak. 5. Bir idishdan biror – bir reaktivni quyish paytida engashmang, shu modda yuzingi yohud kiyimingizga sachrab ketishi mumkin. 6.
Qizdirilayotgan yoki qaynatilayotgan suyuqlik ustiga engashmang, u ham sachrab ketishi mumkin. 7. Konsentrlangan kislotalarni (ayniqsa H 2 SO 4 ) suyultirishda kislotani ehtiyotlik bilan suv oz – ozdan qo`shing. 8. konsentrlangan kislotalar bilan bajariladigan ishlar rezina qo`lqop, halat, va himoya ko`zoynagi (zarur bo`lganda) da tajriba esa mo`rili shkafda amalga oshirilishi kerak bo`ladi. 33
Yong`in xavfsizlik qoidalari. 1)
Qizdirgichlar bilan ishlaganda juda ehtiyot bo`ling. Elektroplitani spirali juda qizib ketganda plitani manbadan o`chiring. 2) Yonuvchan modda alangalanib ketganda: avvalo garelkani o`chiring, elektro qizdirgichlarni o`cherish idishni yong`inga havfli modda bilan qoldiring va zudlik bilan yong`inni o`chiring. yonayotgan suyuqlikni asbest bilan to`sing, so`ng qum seeping, also suv bilan o`chirmang. !Yodda tuting har bir laboratoriyada yong`inga qarshi vositalar bo`lishi kerak. Ishqoriy metal yonib ketsa uni faqat quruq holdagi qum bilan o`chiring. Unga also suv sepmang. 3)
Laboratoriyadagi yong`in chiqishini doimo oldini oling (ogoh bo`ling!) yong`in chiqqan holda zudlik bilan o`t o`chiruvchilarni chaqiring, ular kelguncha o`t o`chirgichdan foydalaning.
― hayot faoliyati havfsizligi, laboratoriyada ishlash qoidalaridan doim ogoh bo`ling. Laboratoriyada shunda holatlar bo`lishi mumkinki bunda tez tibbiy yordamga muhtojlik bor: qo`lni shisha kesib ketishi, ishqor, kislotalardan yoki issiq eritmalardan kuyish va hokazo. Favqulotda holatlarda albatta birinchi navbatda shu zahoti (zudlik bilan) shifokorga murojaat qilish kerak! Birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun laboratoriyada tibbiyot aptechkasi bo`lishi kerak. Birinchi yordamning asosiy qoidalari quyida keltiriladi. 1)
shishadan yaralanishda avval yaradan shisha siniqlarini olib tashlash kerak, yarani chetiga yod eritmasidan surib so`ng bint bilan bog`lanadi. 2) Yuz yoki qo`l terisi biro – bir reaktivdan kuysa avval ko`p miqdordagi suv bilan yuvish tavsiya etiladi. a) ishqordan kuysa CH 3 COOH ning suyultirilgan eritmasi bilan, agar kislotadan kuysa – soda eritmasi bilan yuviladi va yana suv bilan yuviladi. 34
3) Issiq suyuqlikdan yoki jismdan kuyganda shu joy yangi tayyorlangan KMnO 4
surib qo`yiladi. 4)
Ko`zning kimyoviy kuyishida ko`z avval suv bilan yuviladi so`ng shifokorga zudlik bilan murojat qilinadi. Kimyo yo`nalishida ta’lim oluvchilar uchun laboratoriya ishlarini rejalasjtirish tashkil qilish va olib borish haqidagi metodik tavsiyalar • Olgan bilimlarni o`z o`rnida ishlata olishni bilish, hamda turli xil kimyoviy hodisalarni va moddalarning xossalarini tushuntira olishni bilish, zamonaviy texnologiyalarni rivojlanishida (kimyoning roli) va yangi materiallarni olishda kimyoning bahosi va o`rni. • Turli xil kitoblar va kompyuterlardan foydalanib mustaqil kimyoviy bilimlarga ega bo`lish va intellektual qobiliyatni rivojlantirish. • Olgan bilimlar moddalarni ishlatishda ishlata bilish va qishloq ho`jaligida ishlab chiqarishda hamda hayotda turli xil masalalarni yecha bilish, odamning sog`lig`iga va atrof muhitga ziyon yetkazilishi oldini olish maqsadida olgan bilimlarni qo`llash.
U.K.1. Kimyoning maqsadi bo`lishi. U.K.2. Hususiy ishni rivojlantirish, professional masalalarni yechishda turli xil metod va usullarni tanlash, va sifatini baholash. U.K.4. Ma’lumotlarni qidirish va ishlatishni amalga oshirish, professional masalalarni amalga oshirishni rivojlantirish darkor. U.K.5. Informatsion – kommunikativ texnologiyalarni kasb – korida ishlatish. U.K.6. Kollektiv va komandalarda ishlash va ular bilan suhbatlashish. U.K.7. Ushbu ishda har xil masalalarni yechishda yaxshi natija berish uchun ma’suliyatni o`z bo`yniga olish. U.K.8. Professional rivojlanishi uchun mustaqil masalalarni aniqlash, mustaqil bilish bilan shug`ullanish, toifani rejalashtirish. 35
U.K.9. Professional ishlarda turli xil texnologiyalarni farqiga borish. Talabalar turli xil ishlarni bajarishda kimyoning eksperimental qismiga tayanadilar. • Xavfsizlik qoidalari ishqoriy, yonuvchan va zaharli moddalar bilan ishlashda; • Kimyoviy reaksiyalarni eritmalarda olib borilishi; • Kimyoviy reaksiyalarni isitish orqali olib borilishi; • Moddalarning sifat va miqdoriy analizi; • Muhit tabiatini aniqlash; • Indikatorlar; • Sifat reaksiyalar noorganik moddalarda va ionlarda amalga oshirish; • Sifat reaksiyalari organik moddalarda amalga oshirish; Laboratoriya ishlarini amalga oshirishda bilishi va uddalashi kerak bo`lgan talablar. Laboratoriya ishi amalga oshayotganda talabaning majburiyati bo’lishi kerak. ― asosiy noorganik birikmalarning sinflari va ularning xossalari, atomning tuzilishi, kimyoviy reaksiyalarning turlari va bog`lanishlari; ― elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi; ― davriy qonun D.I. Mendeleyevning kimyoviy davriy jadvali; ― A.M.Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi; ― gomologik qatorning vakillarning nomi va va organik birikmalar tuzilishi va ularning xossalari, hamda olinish usullari; ― kimyoviy laboratoriya xonasida ishlashda xavfsizlik qoidalari. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling