Kirish Mavzuning dolzarbligi Vatanimiz


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana31.10.2020
Hajmi0.72 Mb.
#139468
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo laboratoriyalarida ishlashning qoidalariga doir uslubiy korsatma tayyorlash


Bajarilishi kerak:  

―  ion  almashinish  va  ionlarni  sifat  reaksiyalarini  olib  borish,  tuzning 

eritmasini reaksion muhitini aniqlash. 

―  D.I.Mendeleyevning  davriy  jadvalining  kimyoviy  elementlar  metallik 

xossalarini ta’riflash. 

― Atom tuzilishi va metallarni elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori. 

―  laboratoriyada  uglevodorodlarni  olinishi  bo`yicha  reaksiyalarni  o`tkazib 


 

36 


borish masalan: metan va etilen, aldegidlar, karbon kislotalari va murakkab efirlar. 

― organik moddalarni tuzilishi va xossalari bo`yicha taniy olish. 

―  organik  moddalarning  xossalarini  ayta  olish,  reaksiya  tenglamalarini 

tuzilishini bilish.  



       Laboratoriya ishlarini bajarishni ba’zi qoidalari  

1. 


Talaba  laboratoriya  mashg`ulotiga  borishdan  oldin  berilgan  mavzu 

bilan oldindan tanishish kerak.    

2. 

Har  bir  talaba  laboratoriyada  kimyoviy  moddalar  bilan  ishlashda 



xavfsizlik qoidalarini bilishi kerak.  

3. 


Talaba  laboratoriya  ishini  tugatgandan  so`ng  yozma  hisobot  berishi 

kerak.  


4. 

Laboratoriya  ishini  bajarishdan  oldin  talabaning  nazariy  bilimini 

hamda mavzuga tayyorgarligini tekshiriladi.  

5. 


Laboratoriya ishining hisobotini daftarga tushurish zarur. Hisobotning 

mazmuni laboratoriya ishida belgilanadi. 

6. 

Jadvallarni  va  rasmlarni  qalamda  chizishlari  kerak,  yoziladigan 



qismini esa ko`k yoki qora rangli siyox bilan yozishlari kerak.  Rasmlarni listning 

chap qismiga tushuriladi, kuzatishlarni va xulosani o`ng qismiga yoziladi. Reaksion 

tenglamalarni esa xulosadan so`ng bir qatorga tushuriladi. 

7. 


Laboratoriya  ishi  tugagandan  so`ng  talaba  nazariy  qismiga  hamda 

amaliy qismi bo`yicha alohida baholanadi. 

Tajriba yaxshi chiqishi uxhun har bir punkt bilan taminlab chiqishi shart.  

― Kimyo laboratoriyasiga o`qituvchi ruxsat bergandan so`ng kirishadi. Stol 

ustida  turgan  reaktivlarga  tegmaslik  kerak,  ularning  o`rnini  almashtirish  oqibatida 

tajriba borishida qiyinchilik tug`dirishi mumkin.  

―  Kimyoviy  tajribani  bajarishdan  oldin  laboratoriya  ishini  bajarilishi  bilan 

tanishishi  kerak,  va  o`qituvchining  tushuntirishiga  qunt  bilan  eshitish  kerak. 

Stolning ustida kerakli jihozlar bo`lishi shart.  

―  Boshqalarga  halaqit  bermaslik  uchun  baland  ovozda  gapirmaslik  kerak. 

Shu ish paytida qiyinchilik tug`ilganda o`qituvchiga murojaat qilinadi.  


 

37 


― Moddalarni shpatel yoki qoshiqcha bilan kerakli kerakli miqdorda olinadi, 

ushbu  holat  ishning  bajarilishida  yoziladi,  agarda  moddaning  xajmi  yozilmagan 

bo`lsa xajmi 1 ml dan oshmasligi kerak.  

Idishlarning qopqog`ini almashtirmaslik uchun bir nechtasini birdaniga ochib 

olmang. 

―  Agar  moddaning  ortiqcha  miqdor  bilan  olingan  bo`lsa,  ortiqcha  qismini 

boshqa  idishga  quyib  qo`yiladi,  agar  quruq  modda  bo`lsa  ahlat  qutisiga  to`kib 

qo`yiladi.  

―  Kimyoviy  laboratoriya  xonasida  juda  ehtiyotkor  bo`lish  kerak.  Ishga 

kirishishdan  oldin  jihozlarni  stol  ustiga  qulay  joylashtiriladi  tajribani  bajarishda 

halaqt bermasligi ta’minlanishi kerak. 

Stol  ustida  keraksiz  jihozlarni  qoldirmasdan  tartibli  qoldirish  kerak  chunki 

boshqa talabalar uchun qiyinchilik tug`dirishi mumkin.  

Laboratoriya mashg`ulotini o`tkazishdagi xavfsizlik qonun qoidalari. 

1. 


Kimyoviy laboratoriyada ishlashda juda ehtiyotkor bo`lish kerak.  

2. 


O`qituvchining ruhsatidan so`ng keyin ishga kirishish kerak.  

3. 


Kimyoviy reaksiyalarni belgilangan miqdor va konsentratsiyalarda va 

mahsus idishlarda o`tkazilishi shart.  

4. 

Tajriba faqat toza idishda o`tkazilishi kerak.  



5. 

Tajriba  uchun  olingan  moddalarni  ustidagi  qog`ozdan  aniqlashtirib 

keyin ishlatilsin. 

6. 


Tajribada ishlatiladigan  zaxarli, uchuvchan  va  noxush  hidli  moddalar 

bilan juda ehtiyotkorlik bilan ishlatilsin. 

7. 

Tajribani  o`tkazishda  portlovchi,  oson  yonuvchan,  moddalarni  yoki 



kislotali  va  ishqoriy  moddalar  bilan  ishlashda  tik  holatda  turishi  shart  va  juda 

ehtiyotkor bo`lish kerak.  

8. 

Ajralayotgan gazni uzoqdan hidlash kerak, kulni idish tomondan o`zi 



tomonga harakatlantirib juda ehtiyotkorlik bilan hidlanadi. 

9. 


Reaktivlarni  tamini 

bilish 


mumkin 

emas, 


chunki  ularning 

ko`pchiliklari zaxarlidir. 



 

38 


10. 

Oson  yonuvchi  moddalar  hamda  efir,  benzin,  spirt,  benzol  kabi 

moddalar  olovdan  uzoqroqda  saqlanishi  kerak  agarda  yonsa  ustiga  qum  sepish 

kerak.  


11. 

Zajigalka  bilan  yonuvchi  moddalar  yoqish  mumkin  emas.  Yonuvchi 

moddalarni o`chirish uchun qumdan foydalaniladi.  

12. 


Yong`in  sodir  bo`lganda  yong`inni  o`chirishda  qum  va  yong`inni 

o`chirish  moslamalaridan  foydalaniladi  agarda  shunda  ham  o`chmasa  yong`in 

havfsizligiga habar beriladi.  

13. 


Agarda yuz va qo`l qismlari kislota yoki ishqor tufayli kuygan bo`lsa 

jarohat yetgan odamga birinchi yordam berilishi kerak. 



 Laboratoriya ishini olib borishdagi qoidalar    

Laboratoriya ishi uch bosqichda olib boriladi. 

Birinchi: tajribani olib borishga tayyorgarlik. 

Ikkinchi: tajribani o`tkazilishi. 

Uchunchi: ishni borishi haqida hisobot tayorlash. 

Laboratoriya ishini hisobotini tayyorlashdagi qonun qoidalar. 

1) 

laboratoriya ishini nomini va sonini yozib oling. 



Laboratoriya ishi   №    ― 

Mavzu:  ―  

Ishni maqsadi:   ― 

Reaktiv hamda jihozlar:  ― 

2) 

ishning  maqsadi  bilan  mustaqil  tanishish  hamda  reaktiv  va  jihozlarni 



oldindan tayyorlab qo`ying.  

3) 


Tajribaning  raqami  va  nomini  metodik  ko`nikmadan  yozib  oling. 

Tajribani maqsadini mustaqil o`rganing. 

Tajriba № ―  

1. 


Nima qildilar ― 

2. 


nima kuzatishdilar  ― 

3. 


Xulosa 

Namuna № 1 



 

39 


Namuna № 2  

Namuna № 3 

4) 

Rejalashtirilgan  tajribani  o`tkazing,  va  qisqacha  hammasini  yozib 



oling,  nima  qilinganini  va  nima  kuzatilganini  yozib  oling,  reaksiyaning  boorish 

sharoitini va kimyoviy reaksiya belgilarini yozib oling.  

5) 

Reaksiya  tenglamasini  yozib  oling.  Tajribada  bir  nechta  kimyoviy 



reaksiyalar sodir bo`lgan bo`lsa ushbu tenglamalarni hammasini yozib olish kerak, 

koefitsientlarini qo`yishni unutmang.  

6) 

Ishlatilgan  asboblarni  rasmini  chizib  oling,  rasm  aniq  chizilishiga 



harakat qiling. Albatta rasmning tagida yozuvi bo`lishi kerak. Rasmlarni bo`yashda 

rangli qalam va flomasterdan foydalaning.  

7) 

Har  bir  tajribadan  so`ng  xulosani  yozing.  Eslatamiz  tajribani 



bajarilishini takroran yozib qo`yish xulosaga kirmaydi.  

8) 


Savollarga javob bering va vazifani bajaring.  

Kerakli maslahatlar: har bir laboratoriya mashg`ulotini va tajribani yozganda 

yangi listdan foydalaning.  

Laboratoriya ishi va ular haqida nimalar bilish kerak ?  

Laboratoriya  ishini  bajarish  hammaga  to`g`ri  keladi,  har  xil  fanlarda  yozish 

tog`ri keladi va shuning amaliy qismiga kiradi. 

Laboratoriya  ishi  materiallarni  eslab  qolishda  yaxshi  samara  beradi  ular 

kerakli  miqdorda  nazariy  va  amaliy  tomondan bilim  beradi. Laboratoriya  ishining 

doimo  maqsadi  bo`ladi.  Ushbu  maqsad  uchun  ham  laboratoriya  ishi  o`tkaziladi. 

Ushbu maqsad bilimni chuqurroq bilishiga yordam beradi. Buni hammasini nazariy 

va  amaliy  qismi  amalga  oshiradi,  hamda  amaliyot  tomondan  qo`shimcha 

ko`nikmani hosil qiladi.   

Ba’zi  bir  fanlarni  amaliyotsiz,  laboratoriya  mashg`ulotisiz  o`rganish  qiyin. 

Ushbu  fanlarga  fizika  va  kimyo  fanlari  kiradi.  Kimyoviy  hamda  fizikaviy 

qonunlarni  o`rganish  osonroq  qachonki  qo`shimcha  mashg`ulotlar  o`tkazilsa 

shunda  osonroq  tushuniladi.  Tajribani  o`tkazishda  turli  xil  ma’lumotlardan 

foydalaniladi.  


 

40 


Laboratoriya  ishini olib  borishdan  oldin  uning  har  bir  qismi  nimadan tashkil 

topgnligini  tahlil  qilish  kerak.  Hatoliklarni  oldini  olish  uchun  avval  laboratoriya 

ishi  bilan  yaxshilab  tanishib  olish  kerak.  Har  xil  tug`iluvchi  savollarni  qaytadan 

ko`rib chiqish kerak va ularning ustida ishlash kerak.  

Tajribani  o`tkazishda  hatoliklarga  yo`l  qo`ymaslik  kerak.  Chunki  ohirida 

salbiy  natijaga  olib  kelishi  mumkinlekin  asosiysi  bu  yomon  baho  emas  ayniqsa  u 

kimyoviy  tajriba  bo`lsa.  Laboratoriya  ishini  o`qib  bo`lgandan  so`ng  hayolan 

hamma  savollarga  javob  berish  kerak,  shunday  bo`lishi  kerakki  tajribani 

to`xtashiga yo`l qo`ymaslik kerak. Keyin esa ushbu hatolarni to`g`rilash uchun vaqt 

topilmasligi mumkin. Hamisha savollarni oldindan muhokama qiling. Laboratoriya 

ishini yozma shakli, grafigi, sxema va jadvali ushbu tajriba borayotganida yoziladi. 

Laboratoriya  ishini borishining  yozma  shakli  albatta tajriba bilan birgalikda  yozib 

boriladi (oldindan yozib qo`yish mumkin emas).  

Kimyoviy tajriba o`qitish usullaridan biri.  

Kimyo  shunday  fanki  ko`pchilik  o`qishdan  so`ng  shu  fanni  tushuna 

boshlashadi.  Ko`pchilik  kimyo  fanini  qiyin  deb  bilishadi  chunki  nazariy  jihatdan 

ular  uchun  qiyin  va  amaliyot  o`tmaganligi  hisobiga  shunday  bo`ladi.  Mablag` 

yetmaganligi  hisobiga  amaliyot  ba’zi  joylarda  o`tilmaydi.  Kimyoviy  tajribalarni 

uyda  o`tkazish  mumkin  emas  chunki  ular  juda  havfli  bo`lishi  mumkin  hamda 

kimyoviy ta’sirlarni o`tkazishini xavfsizlik qonun qoidalariga amal qilinishi kerak.  

Kimyoviy  tajribalar  nazariyani  hamda  amaliyotni  orasidagi  bog`ni  ushlab 

turadi.  Bundan  tashqari  tajriba  bilimlarni  mustahkamlashda  yordam  beradi  chunki 

bunga aniq dalil bor. 

Kimyoviy (eksperimentning) tajribaning komponenti  

― Kimyoviy moddalarni o`rganish va reaksiyaga ta’siri 

― Tajribaning oxirgi xulosasini aniqlash 

― Kimyoviy tajribani amalga oshirishda ishlatiladigan jihozlar. 

― Tajribani o`tkazuvchi hamda o`rganuvchilarni o`rgatish. 

Kimyoviy tajribani o`tkazish o`quvchilarni kimyoviy jarayonlarga va shularni 

hayot  davomida  ishlatishni  o`rgatadi.  Agar  kimyo  darsi  tajribalar  bilan 



 

41 


o`tkazilganda  o`quvchilar  ushbu  fanni  yaxshiroq  tushunishga  hamda  o`rganishga 

intiladilar. 



Eng  avvalo  halat,  himoya  ko`zoynak,  rezina  qo’lqop,  aptechka  albatta 

bo’lishi kerak. 

 

 



 

 

Kichik  guruhlarga  bo`lib  ishlaganda  ishlarni  to`g`ri  taqsimlash  kerak.  Ishni 



bajarishg ketma – ketligi asosida amalga oshirilgach barcha jihoz va reaktivlar o`z 

o`rniga  qo`yilib,  idishlar  yuviladi.  Ishlab  chiqqan  eritmalar  neytrallanib  so`ng 

maxsus  idishlarga  quyiladi.  Kislota  va  ishqor  eritmalari  qoldiqlarini  rakovinaga 

to`kish qat’iyan man etiladi.  

 

2.2. Kimyo laboratoriyasida  laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga 

oid tartib - qoidalar va ko`rsatmalar 

Hozirgi    vaqtda  xalq  ho`jaligining  kimyodan  foydalanmaydigan  birorta  ham 

sohasi  yo`q  desa  bo`ladi,  shuning  uchun  kimyo  fani  ko`plab  mutaxassislarning 

o`quv rejalariga kiritilgan. 

Kimyo  fanini  puxta  o`rganishning  eng  zarur  sharti  Laboratoriya  ishlarini 

bajarishdir. 

Laboratoriya  mashg’ulotlari  o`tkazishdan  maqsad  kimyo  qonunlarini 

chuqurroq  o`rganish  va  nazariy  ma`lumotlarni  xotirada  mustahkamlash,  kimyoviy 

jarayonlarning borishiga har xil sharoitlar ta`sirini aniqlash, eng muhim elementlar 

va ular birikmalarining xossalari bilan tanishishdan iboratdir.  

Laboratoriya ishlari ko`r-ko`rona emas, balki ongli ravishda bajarilgandagina 


 

42 


talabaga foyda keltiradi. 

Ko`rsatmalarda berilgan har bir laboratoriya ishi aniq maqsadni ko`zda tutadi. 

Ko`rsatmalarning nazariy qismida tajribalarni tushungan holda bajarish uchun zarur 

bo`lgan ma`lumotlar beriladi. Talaba har bir laboratoriya mashg’ulotini bajarishdan 

oldin  uyda  uning  nazariy  qismini  o`qib  chiqishi  va  qo`llanmadan  mazkur  ishning 

bajarilish  texnikasini  bilib  olishi  shart.  Laboratoriya  ishlarining  natijalari  maxsus 

daftarga  yozib  borilishi  kerak.  Laboratoriya  ishlarini  bajarishda  ana  shunday 

tartibga rioya qilgan talabalar umumiy kimyo kursi asoslarini yaxshi bilib, mustaqil 

ishlay oladilar. 

Laboratoriya  jurnalini  tutish.  Tajriba  o`tkazilayotgan  vaqtda  talabalar 

reaktsiya jarayonida bo`ladigan har qanday o`zgarishlarni o`z vaqtida diqqat bilan 

kuzatib turishlari kerak. 

Kuzatuv natijalari, har qaysi tajribadan so`ng, laboratoriya jurnali deb atalgan 

maxsus daftarga yozib boriladi. 

Laboratoriya  jurnali  olib  borishdagi  asosiy  talab  izohlanuvchi  ma`lumotlarni 

mantiqiy, tushunarli, sodda va qisqa qilib yozishdan iboratdir. 

Laboratoriya  jurnaliga  dastlab  ishning  raqami,  nomi  va  bajarilgan  vaqti 

yoziladi,  shundan  keyin  jurnalda  beriladigan  asosiy  ma`lumotlar  quyidagilardan 

iborat bo`ladi: 

1.       Tajriba o`tkazish sharoiti. 

2.  Kuzatiladigan  tashqi  uzgarish,  ya`ni  eritma    rangining  o`zgarishi, 

cho`kma hosil bo`lishi, issiqlik xosil bo`lishi yoki yutilishi, gaz hosil bo`lishi, hosil 

bo`lgan gazning rangi, hidi va boshqalar. 

3.  Sodir  bo`ladigan  reaktsiyalarning  molekulyar,  ayrim  holda  esa  ionli  

tenglamalari yoziladi. 

4.       Ish bajarilgan asbobning sxemasi. 

YOzuv  qisqa  va  tushunarli  bo`lishi  lozim.  Har  qaysi  laboratoriya 

mashg’ulotidan  so`ng,  talaba  o`z  jurnalini  tekshirib  ko`rish  uchun  o`qituvchiga 

topshiradi. 



 

43 


Rejada  ko`rsatilgan  hamma  laboratoriya  ishlarini  bajargan  talaba  shu  ishlar 

yuzasidan sinov topshiradi. Sinov topshirish vaqtida talaba: 



a)  tajriba o`tkazish texnikasini izohlab berishi; 

b)  tajriba natijalarini nazariy jihatdan tushuntirishi; 

v) reaktsiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko`rinishda yoza bilishi

g) oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarining tenglamalarini tuza bilishi; 

d)  masalalar echa bilishi kerak. 

Kimyo  laboratoriyalarida  talabalar  rioya  qilishi  kerak  bo`lgan  tartib  - 

qoidalar:  

1. Laboratoriya mashg’ulotlari vaqtida xalat kiyish kerak. 

2. Har qaysi laboratoriya ishi belgilangan joyda bajarilishi lozim. 

3.  Laboratoriyadagi  ish  o`rni  tartibli  va  ozoda  saqlanishi,  stol  ustiga  biror 

narsa to`kilgan yoki u iflos qilingan bo`lsa, uni darhol tozalash zarur. 

4.  Laboratoriyadagi  ish  o`rni  ish  soatida  keraksiz  narsalar  (asboblar, idishlar 

va kitoblar) bilan band qilinmasligi kerak. 

5. Mashg’ulot paytida rejada ko`rsatilmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi. 

6.  Stol  ustiga  fil’tr  qog’oz  yoqish,  ammiak,  kislota  va  boshqa  zararli 

moddalarning  eritmalarini  bug’latish  yaramaydi.  Bunday  ishlarning  hammasi 

mo`rili shkafda o`tkazilishi lozim. 

7. 


Rakovinaga 

kislotalarning 

kontsentrlangan 

eritmalarini 

quyish, 

probirkaning siniqlarini, chinni, qog’oz va hokazolarni tashlash taqiqlanadi. Bular 

uchun alohida idish qo`yilgan bo`ladi.  

8.  Suvni,  elektr  energiyasini,  spirt  lampasi  yonilg’isini  tejab  ishlatish  kerak. 

Spirt  lampasi  tajriba  tamom  bo`lishi  bilanoq  qopqog’i  yopilib  o`chirilishi, 

vodoprovod jo`mragi ochiq qoldirilmasligi, elektr toki manbadan o`chirilishi zarur. 

9.  Reaktivlarning  mazasini  tatib  ko`rish  yaramaydi,  aks  holda  zaharlanib 

qolish mumkin. 

10. Ajralib chiqayotgan gazning  hidini bilish zarur bo`lsa, uni qo`l kafti bilan 

idishdan o`ziga tomon elpib ko`rishning o`zi kifoya. 



 

44 


11. Zaharli va qo`lansa hidli gazlar hamda boshqa moddalar bilan qilinadigan 

tajribalar mo`rili shkafda o`tkazilishi lozim. 

12.  eritmani  shisha  idishga  va  probirkaga  quyishda  ularni  gavdadan  bir  oz 

nariroq  tutish  kerak.,  aks  holda  suyuqlik  ko`ylakka  yoki  poyabzalga  to`kilishi 

mumkin: 

13. Reaktivlardan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish lozim: 



a)  reaktivli  shisha  idish  va  bankalarning  og’zi  doimo  tiqin  bilan  berkitilgan 

holda saqlanishi zarur; 



b)  shisha  idishlarning  og’zini  tiqin  bilan  berkitishda  tiqinlar  almashtirib 

yuborilmasligi kerak, aks holda reaktivlar ifloslanib, keyin ishlatish uchun yaroqsiz 

bo`lib qolishi mumkin; 

v)  tajribadan  ortib  qolgan  moddalar  va  eritmalar  o`z  joyiga  qaytarib 

solinmasligi zarur; 



g) shisha idishlarda saqlanadigan eritmalarning yorliklari uzoq vaqt saqlanishi 

uchun, eritma idishga oqmaydigan qilib quyilishi kerak. 

14. Reaktivlar tejab sarf qilinishi lozim, buning uchun:  

a)  reaktivlardan  tajriba  uchun  qancha  miqdor  olish  kerakligi  ko`rsatilmagan 

hollarda, ular juda oz miqdorda (masalan, eritmalardan 1-2 ml, qattiq moddalardan 

0,25-0,5 mg) olinishi kerak; 

b)  iodli,  kumushli,  oltinli,  platinali,  simobli  eritmalarning  ortiqchasi 

rakovinaga  emas    balki  maxsus  idishlarga  to`kilishi  lozim,  chunki  ular  keyin 

tozalanib, yana ishlatiladi.  

15. Baxtsiz xodisalar ro`y bermasligi uchun:  



a)  kislota,  ishqor  yoki  zararli  moddalar  (ayniqsa  kontsentrlangan  eritmalar) 

bilan ishlashda ular betga sachramasligi, qo`lga, kiyimlarga to`kilmasligiga alohida 

e’tibor berish kerak

b)  probirkada  suyuqlik  isitilayotganda  probirkaning  og’zini  o`zingizdan      va  

boshqalardan  chetga  qaratib  tuting  hamda  probirkani  aylantirib  turing;  eritma 

cho`kmasi  bilan  birga  isitilayotganda  probirka  alangadan  tez-tez  olinib,  chayqatib 

turilishi kerak. 



 

45 


16.  Laboratoriyada  ishlayotgan  talaba  o`z  ishini    boshqalarning  ishiga  xalal 

bermaydigan tarzda tashkil etishi lozim. 

17.  Har  qaysi  talaba  laboratoriyadan  ketish  oldidan  o`z  ish  o`rnini  tartibga 

solishi kerak. 

Umumiy  kimyodan  laboratoriya  mashg’ulotida    har  xil  asboblar  va  har  xil 

kimyoviy  idishlar  ishlatiladi.  Mashg’ulot  davomida  turlicha  ishlar:  moddalarni 

maydalash  (yanchish), cho`ktirish, yuvish,  quritish, qizdirish va  boshqa  ishlar  eng 

samarali natijalar beruvchi uslublar asosida bajarilishi lozim. 

Kimyo  laboratoriyalarida,  asosan,  yupqa  devorli  shisha  idishlar  ishlatiladi. 

Bunday  shisha  idishlar  xaroratning  keskin  o`zgarishiga  chidamli  bo`ladi.  YUpqa 

devorli shisha idishlardan ko`proq ishlatiladiganlari probirkalar va turli kolbalardir. 

Bug’latish,  quritish  va  qizdirish  uchun  chinni,  shisha,  kvarts  va  metall  kosacha 

hamda tigellardan foydalaniladi. 

Fil’trlash uchun oddiy voronka, Byuxner varonkasi, qog’oz va shisha fil’trlar 

ishlatiladi. 

Laboratoriya  mashg’ulotlarida,  ko`pincha,    suyuqliklarning  hajmini 

o`lchashga  to`g’ri  keladi.  buning  uchun  o`lchash  tsilindrlari,  o`lchash  kolbalari, 

pipetka  va  byuretkalar  ishlatiladi.  Kimyo  laboratoriyasida  har  xil  kattalikdagi 

eksikatorlardan ham foydalaniladi. 

Eksikatorning  ostki  qismiga  namlikni  (suvni)  shimuvchi  modda,  masalan, 

kontsetrlangan sul’fat kislota H

2

SO



4

 yoki so`ndirilmagan ohak SaO solinadi. Uning 

ustiga  chinni  panjara  o`rnatiladi.  Panjara  ustiga  quritiladigan  yoki  sovutiladigan 

modda  qo`yiladi,  so`ngra  eksikatorning  og’zi  maxsus  qopqoq  bilan  mahkam 

berkitiladi. Binobarin, eksikatordagi moddaga havo tegmaydi. 

Laboratoriya  mashg’ulotida  gazlar  olish,  ularni  quritish,  tozalash  va  saqlash 

uchun ko`pincha, Kipp apparati ishlatiladi. 

Kipp apparati qattiq va suyuq moddalarni o`zaro ta`sir ettirish yo`li bilan gaz 

olish  uchun  ishlatiladi.  Masalan,  Kipp  apparatida  ruh  bilan  kislotani  o`zaro  ta`sir 

ettirib,  vodorod,  mamar  bilan  kislotani  o`zaro  ta`sir  ettirib  esa  karbonat  angidrid 

olish mumkin.  


 

46 


Moddalaini o’z ornida saqlash juda muhim hisobkanadi.  

Reaktivlarni saqlash guruxlari.

 

  

Moddalarning 

umumiy xossalari  

Moddalarga misollar  

Maktablarda 

sailash sharoiti 

Xavfli  moddalar 



Portlovchi moddalar 

Maktab binosiga 

olib kirish iatiyan mann 

etiladi 


I

Suv bilan 



ta`sirlashganda oson 

alangalanuvchan gazlar 

ajraladi 

Metalllar: litiy, natriy, 

kal’tsiy; kal’tsiy karbid  

Preperatlar 

xonasida, laborantlar 

shkafida iulflangan xolda 

sailanadi. 

I

II 



Notshgri 

sailanganda xavoda shz-

shzidan alangalanib 

ketadi. 


Xavfli  moddalar 

  Iat`iy kshrsatma 

asosida sailash zarur, 

umuman olganda shiuv 

jarayonlari uchun 

bunday turdagi 

moddalarni xatto 

kshrgazma uchun =am 

sailash maisadga muvofii 

emas.  


I

Oson 



alangalanuvchan 

suyuiliklar 

Dietil efir, atseton, 

benzol, etil spirt, toluol, 

tsiklogeksan, izobutil spirt 

va boshi. 

Preperatlar 

xonasida, laborantlar 

shkafida,  metall 

sandiida yoki maxsus 

iutilarda 

Oson 



alangalanuvchan iattii 

moddalar 

oltingugurt, iizil fosfor 

Preperatlar 

xonasida, laborantlar 

shkafida iulflangan xolda 

sailanadi. 

V



Alangalanuvchan  

(oksidlovchilar) 

reaktivlar 

Kaliy permanganat, 

nitrat kislota(zichligi-’ 1,42), 

kaliy va natriy  nitratlar 

laborantlar 

shkafida IV va V gurux 

reaktivlaridan alo=ida 

xolda sailanadi 

V

II 


Yuqori fiziologik 

faollik 


Brom, ammiak, bariy 

oksid, shyuvchi kaliy, 

kal’tsiy oksid, kal’tsiy 

gidroksid, shyuvchi natriy, 

ialay oksid (II), ammoniy 

dixromat, bariy nitrat va 

xlorid 

Laborantlar seyfida 



 

47 


V

III 


Quyi xavfli va 

amalda xavfsiz 

moddalar 

Natriy xlorid, saxa-

roza, mel, borat kislota, 

magniy sul’fat, kal’tsiy 

sul’fat va boshi. 

Kimyo xonasida 

yopilpdigan shkaflarda 

yoki laborantlar 

xonasidagi shkaflarda 

saqlanadi. 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling