Kosmogen sivilizatsiyada tarixiy jihatdan birinchi tipda texnik vositalar sodda bo‘lib, qo‘l texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti tabiat qonunlariga mos va uyg‘un holda qat’iy amal qilingan holda olib borilganligi bilan xarakterlanadi. - Kosmogen sivilizatsiyada tarixiy jihatdan birinchi tipda texnik vositalar sodda bo‘lib, qo‘l texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti tabiat qonunlariga mos va uyg‘un holda qat’iy amal qilingan holda olib borilganligi bilan xarakterlanadi.
- Texnogen yoki industrial sivilizatsiyaning ob’ekti mashinalashgan texnika, yollanma mehnat, bozor munosobatlari hamda yuqori saviyadagi kasb madaniyati bo‘lgan.
- Antropogen sivilizatsiya insoniyatning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy negizini tubdan o‘zgartirishi, axborot texnologiyalardan faol foydalanishi, ishchi kuchlarining anchagina qismini yangi o‘rta sinfga aylantirib, ijtimoiy tuzilishda keskin o‘zgarishlarga olib kelishi, shaxs va jamiyat ma’naviy madaniyatini doimiy ravishda oshirishni talab etish bilan farqlanadi
- Boshqa bir guruh olimlar, xususan arxeologlarning fikriga ko‘ra esa sivilizatsiyalarni turlarga ajratishda boshqa bir omil asosiy ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra mil.avv. VII-IV ming yilliklarga kelib yangi jamoalar tipining boshlang‘ich, tashqi muhitga moslashgan negizini deqqonchilik tashkil etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |