Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 445.23 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
fe'l kesim va ot kesim. Fe`l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'luvchi kesimlar fe'l kesim hisoblanadi. Masalan: Qushlar sayraydi. Fe`ldan boshqa so'zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib kim?, nima?, qanday?so'roqlariga javob bo'luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan: Osmonimiz-musaffo. 123-mashq.Urush yillarida 15ta bolani boqib tarbiya qilgan Mahkam aka tilidan berilgan hikoyani o'qing. Kesimlarni topib, ularga izoh bering. Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi.La`nati urush kattalargamas, begunoh norasidalarga ham changalini soldi.Qarab turolmadik. Baholi qudrat shulardan bir nechtasini bag`rimizga oldik. Endilikda qurbim yetib, ana shu toychoqlarga o`zim taqa bo'la olsam, shular toymay, qoqilmay, yiqilmay yurib ketsa,gurs- gurs bosgan qadamlarining ovozi quloqlarimga kirib tursa, bearmon o'tardim. Niyatim shu! (Rahmat Fayziy)
1. Ko'pdan quyon qochib... 2. Do'stlik - barcha boylikdan... 3. Tikan zahri…dushman zahri… 4. Ko'z - ..., qo'l - ... 5. Eldan-ayrilguncha, jondan... 6. Izlaganga tole...
Men darsdan keyin uy ishlarida onamga qarashamiz? O'zingizdan kichiklarga yordamlashaman. Farg'ona vodiysi O'rta Osiyoning «Durdona»siman. Biz o'lkamiz tarixini o'rganishga ahd qilgansiz. 126-mashq. Har bir gapda to'rttadan so'z bor. Ularning tartibi buzilmagan. Faqat ustunchalar ichidan mos so'zlarni topsangiz bo`ldi.Gaplarning kesimiga e'tibor bering.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1. Fe'l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing. 2. Fe'l va ot kesimlarning o'zaro farqini ayting. V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga topshiriq. 127-mashq. «Odamning qo'li gul» deganda nimani tushunasiz? Gul so'zini yana nimalarga nisbatan ishlatish mumkin. Gaplar tuzing. 34.Sana:__________________________ Mavzu: Ega Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: Ega –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodi: Savol-javob Dars jihozi : Darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Gapning mazmuniy markazi tushunchasini izohlang. 2. Fe'l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing. 3. Fe'l va ot kesimlarning o'zaro farqini ayting. III.Yangi mavzu bayoni Topshiriq. Berilgan so'zlardagi shaxsga ishora qiluvchi qo'shimcha asosida kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'luvchi so'zlarni qo'yib gap tuzing. Pishdi, kelgansiz, o'quvchisan.
Yuz yoshga kirgan va qaddi yoydek egilgan bir qariya hassaga tayanib borar edi. Yosh bir yigit uni masxara qilib dedi: -Ey qariya,ushbu hassani qanchaga sotib olding? Qariya unga darhol javob berdi: -Agar uzoq yashasang, sabr qilsang, senga ham shunday hassani tekinga berishadi...
Namuna:Inson - koinot gultoji. (Kim?) 131-mashq. Gaplarning egalarini toping. Ularning gapdagi o'rnini aniqlang. Gaplarda ilgari surilgan g'oya haqida o'ylab ko'ring. Aqlli qariya-oqib turgan daryo. Ota-onasini ulug'lagan insonni bir kuni kelib bolalari ham boshiga ko'taradi. Qarisi bor uyning barakasi bo'ladi. Ko'pni ko'rgan chol - jonli tarixning o'zi. Qadr ko`raman desang, qarilarni e'zozla. Duo olgan omondir, qarg'ish olgan yomondir. (Sharq hikmatlaridan) IV.Yangi Mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi? 2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi? 3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi? 4.Ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi lozim bo'lgan uchta gap tuzing.
mavzusida matn tuzing. Uni tuzishjarayonida egalarga alohida e'tibor bering Tayanch so'zlar: ota. bobo, ertak, maqol, nasihat, merl hurmat, izzat, mehnat qilmoq, quloq solmoq, amal qilmoq, o'rganmoq. 35. Sana :_______________________________________________________ Sinf:________________________________________________________ Fan:________________________________________________________ Mavzu:______________________________________________________ Darsning maqsadlari: a)__________________________________________________________ b)__________________________________________________________ d)__________________________________________________________ Dars turi: ___________________________________________________ Dars metodi: ________________________________________________ Dars jihozi: _________________________________________________
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ II. Diktant matnini o`qib eshittirish________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ III. Diktant mazmunini so`rash _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ IV. Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ V. Diktant DO‘STLIKNI SAQLASH QIYIN Ali bilan Vali inoq do‘st edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas qilishardi. O‘qish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida do‘sti Validan rangli qalamlaridan foydalanib turishni so‘radi. Lekin Vali do‘stining iltimosiga ro‘yxushlik bermay debdi: “Yo‘q, bermayman. Men rangi ketmasin deya, bilib qalamlarni uyida qoldirganni yomon ko‘raman”. Qalin do‘stining gapidan Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu-shu ikki sinfdoshning orasiga sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali sinfdoshlarini tug‘ilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bo‘lgan pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va “Ertaklar to‘plami”ni sovg‘a tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi do‘stlik rishtalari yana qaytadan mustahkam bog‘lanibdi. (115 so‘z)
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 36.Sana :__11.10.2017_____________________________________________________ Sinf: 5-„B“_______________________________________________________ Fan:_Ona tili_______________________________________________________ Mavzu:______________________________________________________ Darsning maqsadlari: a) o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish; b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash; d) tinglab tushunish, to’g’ri anglash, o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi: bilimlarni mustahkamlash Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari: Tahlil matni: Alla
ALLA Reja: Ona allasi Allaning sehri Jonbaxsh kuy. Alla – farzand haqidagi, onaning farzandga tilanadigan yaxshi tilaklari, orzu-umidlari haqidagi qo’shiq. Allada onalar hech kimga ayta olmagan sirlarini, dardlarini kuylaganlar. Onalar qadimdan o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin, kunduzi bo’lsin, alla aytib kelishgan. Alla o’z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go’dakni xotirjam qiladi, orom olib uxlashga imkon beradi. Onalar o’z his-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard-hasratlarini ham allalarga qo’shib aytganlar. Alla axloqiy, tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan. Uni tinglagan bola ona mehrni sut bilan o’z taniga, shuuriga singdiradi. Alla insonning ong qatlamlarida bir umr mungli, hazin, nurli qo’shiq bo’lib saqlanib qoladi. Alla! Onalarning jonbaxsh qo’shig’i. Ona bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ruhiy lazzat bulog’ini ochadi. Bola she’riyat va qo’shiqqa umrbod maftun bo’ladi. Inson dunyo go’zalligini ilk bor ona allasi sadolari bilan his qiladi. Ona mehri bilan qalbimizga g’unchalar isi, yaproqlar shitiri, yurt mehri jo bo’ladi. Uning maroqli kuyi o’ta ta’sirli hayotbaxsh qudratga egadir. O’zbek onasi alla aytarkan, u allalar bir-biriga sira o’xshamaydi. Hatto bir onaning bugun aytgan allasi kechagisiga o’xshamasligi mumkin. Ayni paytda, allalarda hamma ona va bolaga xos bo’lgan umumiylik ham bor. Bu mehr, bu – muhabbat! Donishmandlarimizning aytishicha, alladan yaxshiroq qo’shiq, onadan xushovoz xonanda yo’q. VI.Uyga vazifa: Matn tuzish. 37.Sana:__________________________ Mavzu: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: savol-javob, kim chaqqon? o’yini, aqliy hujum Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash „Aqliy hujum“ metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi. 1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi? 2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi? 3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi?
Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.
- Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman. Har kuni bittadan. Siz menga qishlog'ingizni tomosha qildirasiz, dalalarga olib chiqasiz. Bo'ptimi? -Bo`pti, olib chiqaman! - dedim sevinib. -Lekin bitta shart bilan. O'zingiz ham kitob o'qiysiz. Shundoq qilmasak bo'lmaydi. Men juda qattiq qo`lman, tekshirib turaman, maylimi? - Mayli, o'qiyman! - Yashang!
-Saxovatli, deganingiz nima? -Bilmaysanmi? -Bilmayman. -Saxovatli,qo`li ochiq , xayr-ehsonli degani. Mana , bog`laring katta, uzumlaring ko`p-a? Hammasini yeb tugata olmaysizlar, to`g`rimi? -To`g`ri. -Bobong uzumning yarmini beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi. Ana shuni saxovat deyishadi, endi tushundingmi? (X. To'xtaboyev)
Download 445.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling