Kirish qismi Hozirgi vaqtda Yerning biosferasida 0 mingdan ortiq zamburug`lar, 23 ming yo`sinlar, ming paporotniklar, 640 ochiq urug`li va 200 mingdan ortiq yopiq urug`li o`simlik turlari uchraydi
Download 464.62 Kb.
|
OLIY TA’LIM, FA-WPS Office
Karmaknamolar qabilasi — Plumbaginales Ko'p yillik, ba’zan bir yillik o't, yarimbuta va butachalar yoki lianalar. Barglari navbatlashib joylashgan, oddiy, yonbargchasiz.To'pgullari simoz, boshchasimon yoki supurgisimon, gullari 2 jinsli aktinomorf, 5 a’zoli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli. Kosachabarglari tutash, pardasimon, tojbargchalari asosidagina qisman tutash, ba’zan rosmana tutash bargchali. Changchilari 5 ta. Urug‘chilari 5 uurug'chibargli, ustunchalari erkin yoki yarmigacha tutash. Kosachasi mcvaga qo'shilib o'sgan va birga to'kiladi. Bir qator belgilariga ko'ra Karmakdoshlar Chinnigulnamolar bilan bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Hozirgi vaqtda qabilada 3 ta oilachani birlashtirgan bitta Karmakdoshlar (Plumbaginaccae) oilasi bor. Karmakdoshlar oilasi — Plumbaginaceae Oilaning vakillari aksariyat yarimbutalar va ko'p yillik o'tlardan iborat. Yopirma barglari yirik, kumush rangli. To'pgullari dixaziy va gajaklardan iborat, gullari 4 doirali, 5 a’zoli. Gulining formulasi: Ca(5) Co(5) A s G (5. Mevasi yong'oqcha. Ko'pchiligi oshlovchi va rang beruvchi o'simliklardir. Oilaning 22 turkumga mansub 600 dan ko'proq, O'zbekistonda 6 turkum va 40 tacha turlari bor. Yer sharida ancha keng tarqalgan, ayniqsa quruq iqlimli, sho'r tuproqlarda o'sadi. O'rtaycr dengizbo'yi va Eron-Turon viloyatlarida ko'proq tarqalgan. Karmakdoshlar oilasining 3 ta kichik oilasi bor. Karmakdoshchalar — Plumbaginoideac 31Karmakdoshchalar — Plumbaginoideac 5 turkum; Limoniumdoshchalar — Limonoidcac 17 turkum; Egialitisdoshchalar 1 turkumni o'z ichiga oladi. O'zbekistonda akantolimon, statitse va limonium turkumlari ko'proq tarqalgan. Akantolimon, kirpio't, bo'rilikan (Acantholimon) turkumining vakillari tikansimon barglari zich joylashgan yarimsharsimon butachalardir, O'zbekistonda 24 turi tarqalgan, asosan quruq tog' yonbag'irlarida o'sadigan, o'ta kserofit o'simliklardir. Olatov akantolimoni tog'larda 2000—3000 mctr balandlikda o'sadi. Limonium yoki karmak (Limonium) turkumi barglari yopirma holda joylashgan. Ro'vak to'pgulli, toji kosachadan sal uzunroq va asosidangina birikkan ko'p yillik o't yoki yarimbutalardir. Turkumning 7 turi bo'lib, ulardan karmak sovun (L. mcycri) bo'yi 50—100 sm keladigan ko'p yillik o't. Gullari binafsharang, to'pguli ro'vakLimonium meyeri: simon, sho'r tuproqlarda, sho'r ko'llarning 1 - to'pmevasi; bo'ylarida o'sadi (3.19-rasm). Uning ildizida 14— 2 - barglari. \%% cha oshlovchi moddalar bor. Respublikamizning shimoliy hududlarida Gmclin karmagi (L. gmclini) tarqalgan. Karmakdoshlar orasida yem-xashak turlari deyarli yo'q. Ko'pchiligida oshlovchi moddalar, barglarida kalsiy karbonat tuzi kristallari to'planadi. Bundan tashqari yod, brom, qo'rg'oshin, rux moddalari ham bo'ladi. Plumbao turkumining Кар plumbago, Go'zal plumbago kabi turlari manzarali o'simliklar sifatida ekiladi. 32Download 464.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling