Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvars guruxiga
- Karbonatlar guruxiga
2.2 CHo‘kindi tog‘ jinslari
CHo‘kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, emirilishi, kimyoviy o‘zgarishlari va o‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. CHo‘kindi jinslar tarkibi va hosil bo‘lishi xarakteriga ko‘ra mexanik, kimyoviy va orgonogen turlarga bo‘linadi. Mexanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan jinslar, konglomeratlar, brekchinlar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar) tog‘ jinslarining kimyoviy o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida eritma holda ko‘chgan bo‘ladi. Orgonogen cho‘kindilar o‘simliklar, suv o‘tlari, hayvonot dunyosi chirishidan hosil bo‘lgan. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va boshqalar kiradi. CHo‘kindi jinslar nisbatan g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi. CHo‘kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar, giltuproqli minerallar, sulfatlar guruxlari kiradi. Kvars guruxiga opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi. Opal (SiO 2 . nH 2 O)-amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 g sm 3 , qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq, havo rang yoki qora bo‘lishi mumkin. Xalsedon (SiO 2 ) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo‘lib, oq, kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. Zichligi 2,6 g sm 3 , qattiqligi 6. Karbonatlar guruxiga kalsit, dolomit va magnezit kiradi. Kalsit (CaCO 3 ) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa kul rang, sariq, pushti yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 g sm 3 , qattiqligi 3. Dolomit (SaCO 3 . MgCO 3 ) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘irrang mineral. Zichligi 2,8 g sm 3 , qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog‘lovchilar ishlab chiqarishda xom ashyodir. U kesilib bloklar xolida va maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Magnezit (MgCO 3 ) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral bo‘lib, zichligi 3,0 g sm 3 , qattiqligi 3,5-4,5. Magnezit 1500-1650 0 S kuydirilib yuqori haroratga bardoshli materiallar (g‘isht, blok) va 750800 0 S kuydirilib magnezial bog‘lovchi olinadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling