Glyukoza
Umumiy qabul qilingan usullarda aniqlanmaydi
0,03-0,15 g/l (0,16-0,83 mmol/l yoki 0,02 %dan ко ‘p emas)
Glyukozuriya (glucosuria) - siydikda glyukoza paydo bo‘lishi:
• Fiziologik (ovqat mahsulotlari bilan glyukozaning ko‘p k irish i,
emotsional zo‘riqishdan keyin);
• Buyrakdan tashqari (saxaimiy diabet,jigar sirroz, pankreatit,
rak,oshqozon osti bezi , tireotoksikoz, Itsenko - Kushinga sindrom,
feoxromotsitoma, bosh miya travmalari , insult, uglerod oksid, morfin,
xloroformdan zaharlanish);
• Renal (surunkali nefritlar, nefrozlar, amiloidoz, o ‘tkir buyrak
yetishmovchiligi, homiladorlik, fosfor va ba'zi dori preparatlaridan
zaharlanish).
Glyukozuriyani to ‘g ‘ri baholash uchun siydikni tekshirish zarur,
sutkalik siydik yig‘iladi va siydik bilan yo ‘qotilgan sutkalik qand
miqdori hisoblanadi. Buyrakning normal funksional holatida faqat qonda
qand
konsentratsiyasi
oshganda,
giperglikemiyada
glyukozuriya
kuzatiladi. Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi yuqori bo‘lib
glyukozuriya kuzatilganda (7,8-8 mmol/l)bo‘yrak glyukoza bo‘sag‘asi
deb nomlanadi.
Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi odatda 4,6 -6 ,6 mmol/l
(0,8-1,2 g/l)dan oshmaydi.
Kamdan kam hollarda qonda qand konsentratsiyasi normal
bo‘lganda buyrak kanallarida glyukozaning reabsorbsiyasi buzilishi
bilan bog‘liq buyrak (renal) glyukozuriyasi kuzatiladi.
Aniqlash usullari
Sifat sinamalari
K o‘pchilik sifat sinamalari siydikda glyukozani aniqlash, asosan
glyukozaning reduksion tarkibli aldegid guruxlari uchun qoMlaniladi.
Rangli birikmani tiklab berishda, oksidlovchi sifatida qandaydir
yengil reduksiyalanuvchi tuz ishlatiladi bu usullarga Feling, Gaynes,
Nilander, Benedikt, glyukozooksidaza sinamalari kiradi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |