Книга узб испр! gjck!indd


Haqiqiy hayotda bo’lgani kabi, o’sha hulq-atvor qoidalariga rioya


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

2. Haqiqiy hayotda bo’lgani kabi, o’sha hulq-atvor qoidalariga rioya 
qiling.
Haqiqiy hayotda ko’pchiligimiz qonunlarga bo’ysunamiz. Internetda 
bo’lganimizda, ko’pincha Internetda o’zini tutish qoidalari kundalik 
hayotdagidek qattiq emas, deb o’ylaymiz. Bu aldanish.
Xulq-atvor me’yorlari virtual makonning turli nuqtalarida farq qilishi mumkin
ammo ular haqiqiy hayotga qaraganda yumshoqroq emas.
Agar siz kiber muhitda axloqiy masalaga duch kelsangiz, haqiqiy hayotda 
nima qilishingizni o’ylab ko’ring. Ehtimol, tezda yechim topasiz.
3. Siz virtual olamning qaysi “nuqtasi”da ekanligingizni esingizda tuting.
Bir joyda ikkilanmasdan qabul qilingan narsa boshqa joyda qo’pol deb 
hisoblanishi mumkin. Masalan, biznes mavzulari muhokama qilinadigan 
konferentsiyalarda siz biron bir shaxsiy narsalarni aytib berolmaysiz. Va 
teskari.
Virtual makonning yangi sohasiga kirib, avval atrofga nazar tashlang. 
Atrofingizni o’rganishga vaqt ajrating: odamlar qanday va nima haqida 
gaplashayotganini tinglang. Keyin suhbatga qo’shiling.
4. Notanish insonlar bilan mahfiylikning afzalliklaridan foydalaning.
Sizni kiyim, tashqi ko’rinish, vazn va boshqalar bo’yicha emas, balki suhbatni 
olib borish, hazil qila olish tuyg’usi kabi sifatlar bo’yicha baholaydilar.
5. Xabarni yuborishdan oldin, adresatga ma’nosiz matnni yubormaslik 
uchun, matnni yaxshilab o’qib chiqing.
6. Salomlashish, murojaat qilish, minnatdorchilik bildirish, xayrlashish 
va hokazolarning majburiy so’zlari haqida unutmang.
7. O’zingizning va boshqalarning vaqtini o’ylang.
Xabarni, misol uchun, hamjamiyatga yuborishdan oldin o’ylab ko’ring: 
ishtirokchilarning bunga ehtiyoji bormi? Boshqa insonlarning vaqtini bekorga 
olmayabsizmi? Bo’shso’zlik va ko’plab bir hil xabarlar chalg’itadi.
8. Haqoratgacha bormang, hattoki sizni kimdir ataylab bunga 

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling