Книга узб испр! gjck!indd


Razminka Treningga kirish


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

Razminka
Treningga kirish
Internet olam bo’lib hisoblangan 
internet va uning ijtimoiy tarmoqlar, 
messenjerlar, forumlar kabi tarkibiy 
qismlari o’z qoidalariga ega.
Biz tarmoqdagi etiket qoidalarini 
2 MAVZU. «EGIZAGINGNI» HIMOYA QIL: IJTIMOIY 
TARMOQLAR VA MESSENJERLARDA XAVFSIZLIK
QOIDALARI
ko’rib chiqish natijasida bunga amin bo’ldik.
Ular hayotdagi qoidalar bilan ko’p taraflama o’xshash. Qaysidir jihatlari farq 
qiladi, chuni ular qo’llanadigan muhit ham o’ziga xos.
Shunday bo’lsa ham, biz analogiyalar o’tkazishimiz mumkin. O’ylaymanki, 
internet olamida, real hayotda bo’lgani kabi xavfsizlik qoidalari ham 
mavjudligi hech kim uchun sir yoki kashfiyot bo’lmasa kerak. Nima uchun? 
Bizga nima tahdid qiladi?
МP 1
Тrener auditoriyaga savol bilan murojaat qiladi: internet-muhitda, 
ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda bizga kim v anima xavf tug’dirishi 
mumkin? So’rov miya bo’roni formatida o’tkaziladi.
Ishtirokchilarning javoblari flipchartda qayd etiladi.
Ehtimol bo’lgan javob variantlari:
-virsular;
-parolni buzishlari va pochtaga kirishlari mumkin;
-sahifaning buzilishi;
-aldab pul oladilar;
-virtual o’yinlarga jalb qiladi;
-turli shubhali guruhlarga kiritadilar;
-firibgarlar shaxsiy ma’lumotlarni so’raydilar;
-shaxsiy ma’lumotni bilib, insonga qarshi qo’llanadilar.


112
Biz virtual olamda axborot bilan ishlaymiz. U qanday ko’rinishda bo’lishi 
ahamiyatsiz – matn, foto yoki video. Esimizda bo’lgani kabi, turli xil fokuslar 
yordamida - manipulyatsiya, tashviqot, feyklar, «nafrat nutqi» - odam 
yoki virtual olamning «aholisi» deb atalmish - foydalanuvchiga ta’sir qilish 
mumkin. Va biz bilganimizdek, har doim ham yaxshi niyat bilan emas. Mana 
shu sabablarga ko’ra, virtual xavfsizlik qoidalari muhim.
Bizning akkauntimiz, ma’lum bir tarmoqdagi sahifamizni himoya qilish orqali, 
aslida virtual egizagimiz, biz o’zimizni himoya qilamiz. Chunki bizning shartli 
virtual «avatarimiz» - bu bizning o’zimiz. Biz sahifani o’chirib tashlashimiz 
mumkin, ammo Internet maydonida bir qator xatolarga yo’l qo’ygan bo’lsak, 
ularning oqibatlari bizga real dunyoda ham ta’sir qilishi mumkin. Oddiy 
misol: siz messenjerda, virtual dunyoda yozishmalarda sinfdoshlaringiz 
bilan janjallashgansiz. Ehtimol, buning sababi ham virtual olamdan bo’lgan 
- post, fotosurat, izoh. Ammo ertalab siz universitetda yoki maktabda 
darslarga kelasiz va hech kim siz bilan gaplashmaydi, salomlashish uchun qo’l 
bermaydi, murojaat va so’rovlarga javob bermaydi. Siz u erda virtual dunyoda 
janjallashdingiz, lekin aslida bu erda yolg’iz qoldingiz.
МP 2
Ishtirokchilarning bilimlarini tekshirarkan, trener, ishtirokchilarning 
o’zlari foydalanadigan, biladigan Internet xavfsizligi qoidalari bilan 
o’rtoqlashishga taklif qiladi.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling