Книга узб испр! gjck!indd


Xabardagi har bitta biriktirilgan faylni ochish shart emas


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

12. Xabardagi har bitta biriktirilgan faylni ochish shart emas.
Sizga fayl biriktirilgan xabar yuborishdi va yuboruvchi uni albatta ochib 
qarashni maslahat qilmoqda. Lekin siz bu yuboruvchini bilmaysiz. Ko’pincha 
bunday xabar ostida “josuslar” bekingan bo’ladi. Siz faylni ochasiz, u yerda 
masalan rasm bo’lishi mumkin. Ammo, uni ochgan paytda, akkuntda siz 
bosgan tugmachalarning barchasi eslab qolinadi va begona “xakerga” 
yuboriladi. Rasm-ilova tarkibida xakerlik dasturi mavjud bo’lib, u ijtimoiy 
tarmoqlardagi barcha ma’lumotlaringizni – parollarni, hujjatlarni, shaxsiy 
yozishmalarni ushlab oladi.
13. Ijtimoiy tarmoqlarda xavflar muammosi adminlar va moderatorlar 
orqali hal qilinadi.
Siz tajovuzkor janjalga kirishmasligingiz, Internet-hamjamiyatning ayrim 
vakillari bilan janjallashmasligingiz kerak. Bu sizga qarshi provokatsiya bo’lishi 
mumkin: ular sizdan administratorlarga shikoyat qilishadi, ziddiyatning 
skrinshotlarini taqdim etishadi va sizni bloklab qo’yishadi.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi shartnomasida har doim foydalanu-
vchilarning tajovuzkor bo’lishi mumkin emasligi va h.k. Agar kimdir sizga nis-
batan tajovuzkor munosabatda bo’lishini ko’rsangiz va bu takrorlansa, birin-
chi ma’murlarga shikoyat qiling.
14. Bir necha himoya darajasini qo’llang.
Ko’pchiligimiz uyda ikki qavatli eshigimiz bor. Nima sababdan? Yaxshi himoya 
qilish uchun. Xuddi shunday tarzda, ko’plab ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv 
tizimlari sahifa yoki elektron pochta manzilini yaratishda ikki marta tekshirishni 
taklif qiladi. Bu parol va maxfiy so’z, ikkilangan parol, parol va undan so’ng 
telefonga avtomatik qo’ng’iroq bo’lishi mumkin. Bunday akkauntlarni buzish 
juda ham qiyin.
15. Ijtimoiy tarmoqning funksionalini o’rganish.
Har bir ijtimoiy tarmoq, har bir foydalanuvchi akkauntida ushbu ijtimoiy 
hisobni ochgan shaxsning xavfsizligini ta’minlaydigan funktsional 
tugmachalarga ega. Ularni topish, o’rganish va ishlatish kerak. Zamonaviy 
tarmoqlar bizga o’zimizni himoya qilish uchun juda ko’p imkoniyatlar beradi. 
Ammo ko’pincha, ro’yxatdan o’tayotganda, biz hamma narsani tezda qilishga 


116
harakat qilamiz. Bu masalada shoshilishning hojati yo’q. Agar ijtimoiy tarmoq 
sizning xavfsizligingizni ta’minlay olmasa (xohlamasa), unda qayd yozuvingizni 
yoping, sahifani butunlay o’chirib tashlang va boshqasiga o’ting. Bu sizning 
huquqingiz.
MM
Mashqni mustahkamlash variantlarining biri bo’lib so’rovnoma o’tkazish 
hisoblanadi.
So’rovnoma yorqin tusga ega bo’lishi uchun, unga bir oz hazilona 
ohangini qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling