Kolonial xivchinlilar tuzilishi va sistematikasi reja


Xivchinlar soni xam xar xil. Spirillalarda 5 - 30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta xivchin bulib, ular xujayra kutblarida joylashadi


Download 44.32 Kb.
bet3/9
Sana12.11.2023
Hajmi44.32 Kb.
#1769179
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kolonial xivchinlilar tuzilishi va sistematikasi

Xivchinlar soni xam xar xil. Spirillalarda 5 - 30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta xivchin bulib, ular xujayra kutblarida joylashadi.

Ba'zi tayokchasimon bakteriyalar — Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 - 100 gacha xivchin buladi. Xivchinlarning eni 10 — 20 nm, uzunligi 3 — 15 mkm. Xivchinlar uzunligi kulturaning tabiati, ozika muxitini yoki tashki muxit ta'siriga karab xar xil buladi. Xivchinlar kimyoviy jixatidan oksil modda — flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya xayotida katta rol uynaydi. Bakteriyalarni ba'zi bir ozika muxitlarida xivchinsiz kilib xam ustirish mumkin. Usish fazasiga karab bakteriyalarning xivchinli va xivchinsiz davrlari buladi. Bakteriya xivchinini yukotsa xam yashayveradi. Xivchin bazal plastinkaga yopishgan buladi. Plastinka esa sitoplazmatik membrana tagida joylashgan buladi. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib xivchinni xarakatga keltiradi. Bazal tanacha xivchin bilan ilmok orkali birikadi. Bazal tanacha uz navbatida 4 ta xalka bilan ta'minlagan. Xalkalar sterjen orkali bir tizimga birlashdi Bu xalkalar bir - biriga nisbatan xarakatga kelishadi va sterjen orkali xivchinni xarakatga keltirishadi. Xarakat tezligi temperaturaga, osmotik bosimga, yopishkoklikga boglik buladi. Ba'zi bakteriyalar 1 sekunda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba'zilari esa 50 tana uzunligicha xarakat kiladi. Odatda ular tartibsiz xarakat kiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis xodisasini kuzatiladi, bunga xemotaksis deyilsa, kislorodga nisbatan xarakat kilsa aerotaksis, yorutlikga nisbatan bulsa fototaksis deyiladi.

Fimbriy va pililar.

Bakteriyalarda xivchinlardan tashkari uzun, ingichka ip xam bulib unga fimbriy deyiladi. Ular xarakatchan yoki xarakatsiz bulishlari mumkin. Ularning uzunligi 0.3 — 4 mkm, eni 5 — 10 nm bulib, soni 100 — 200, ba'zan esa 1000 taga уetib boradi.

Fimbriylar pilin oksilidan tuzilgan. Bakteriyalarda bir kancha fimbriylar tipi uchraydi va ular funksiyalariga karab farklanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi urganilgan.


Download 44.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling