ESLATMA:
Asosiy o„quv predmetlari nomlari: taktik tayyorgarlik-(
yashil-rangda
); otish tayyorgarligi-(
qizil-rangda
); texnik tayyorgarlik va mashinalrani haydash-(
jigar-rangda
); jismoniy tayyorgarlik-
(
ko„k-rangda
); yalpi qirg„in qurollaridan ximoyalanish-(
sariq-rangda
); qolgan predmetlar-
qora rang bilan yoziladi.
O„rgatish va tarbiyadagi rag„barlik jangovar tayyorgarlik vazifalarini to„liq va sifatli bajarilishi kerak.
Vzvod (batareya) komandiri shaxsiy tarkibni o„rgatish va tarbiya qilishda bevosita tashkilotchi xisoblanadi. U shaxsiy tarkibning
jangovar tayyorgarligiga,
tarbiyasiga,
harbiy intizomiga va
ma‟naviy-ruhiy holatiga javob beradi. U HAFTA DAVOMIDA BO„LADIGAN MASHG„ULOTLARGA SHAXSAN DARS JADVALI TUZISHGA, vzvodda (batareyada) jangovar va ma‟naviy-
ma‟rifiy tayyorgarlikni
tashkillashtirishga, vzvod (batareya) shaxsiy tarkibi bilan jangovar va ma‟naviy-ma‟rifiy tayyorgarlik bo„yicha mashg„ulot o„tkazishga va harbiy
xizmatchilirning guruh
komandirlari tomonidan to„g„ri o„rgatib borishini kuzatib borishiga hamda vzvoddagi (batareyadagi) shartnoma bo„yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim va amaliy ko„nikmalarini
tekshirishga majburdir.
Darslar jadvalini tuzishda vzvod (batareya) komandiri jangovar tayyorgarlik dasturlariga, otish va mashina haydash kurslariga, qo„llanmalarga, vzvodning (batareyaning) oylik asosiy tadbirlari
rejalariga xamda haftalik o„tiladigan mavzular soatlari xisob-kitobiga amal qiladi.
O„quv kuni arafasida vzvod (batareya) komandirlari o„zlariga bo„ysunuvchi komandirlarning mashg„ulotga
tayyorgarligini tekshiradi, reja konspektlarini tasdiqlaydi
va katta komandirlarga
bo„linmalarning keyingi kuni bo„ladigan mashg„ulotlarga shayligi haqida bildiruv beradilar.
Darslar jadvali
JUMA kuni tasdiqlanadi va bo„linma yotoqxonasiga
SHANBA kuni osib qo„yiladi.