Uchinchi qadam: - Uchinchi qadam:
Kompaniya portfelidagi har bir tarmoqning solishtirma jozibadorligini aniqlang. To‘rtinchi qadam: - To‘rtinchi qadam:
Kompaniya xo’jalik birliklarining kuchli tomonlarini, raqobat mavqeini taqqoslang. Agar GE, BKG matritsasi yaratilgan bo’lsa, ushbu vazifani osonlik bilan bajarish mumkin. Beshinchi qadam: - Beshinchi qadam:
Kompaniya xo’jalik birliklarining o„tmish natijalarini taqqoslama o’rnini aniqlang. Kelajak imkoniyatlarini – eng yomon va eng yaxshi chegaralarda baholang. Kuchli xo’jalik birliklarining jozibador tarmoqlari kuchsiz xo’jalik birliklarining jozibasiz tarmoqlariga nisbatan yaxshiroq istiqbolga ega. Ushbu qadam qaysi tarmoqlar, istiqbolli ekanligi to’g’risida xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Oltinchi qadam: - Oltinchi qadam:
Kompaniya tarkibidagi mavjud korxonalarning strategik muvofiqlik darajasini va ushbu korxonalarning kompaniya strategiyasiga mos kelishini aniqlang. Bunda biznesni tashkil etuvchi korxonalarning, bo’linmalarning faoliyat yo’nalishi bosh kompaniyaning strategik tayanch yo’nalishlariga mos kelishi asosiy shart hisoblanadi - Ettinchi qadam:
Kompaniya tarkibidagi xo’jalik birliklarining investitsiyalashni ustun yo’nalishlarini baholang. Bunda bosh kompaniya asosiy investitsiyalarga da’vogar bo’lishi maqsadga muvofiq. Sakkizinchi qadam: - Sakkizinchi qadam:
O’tmish tahlillaridan kelajakni prognoz qilish uchun foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |