Kompьyuter modellashtirish


– Mavzu: Eksperimentlarni rejalashtirish


Download 300.17 Kb.
bet13/19
Sana08.04.2023
Hajmi300.17 Kb.
#1341336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
2 5393186520871996146

9 – Mavzu: Eksperimentlarni rejalashtirish

Reja

    1. Tajribalar rejalashtirilishining ma’nosi va maqsadlari.

    2. Tajibalarni strategik ko`rinishda rejalashtirish elemenlari.

    3. Standart rejalar.

    4. Taktik rejalashtirish elementlari.


Immitatsion modellashtirishning umumuy xarakteristkasi.

Immitatsion modellashtirish, o`rganilayotgan tizimning, kirishning tasodifiy ta’sirlari va tashqi muhitni inobatga olgan xolda xatti-xarakatini va o`zaro xamkorligini immitatsiya qiluvchi qaysi birdir modellashtiruvchi algoritmni ko`rish va sinash jarayonini namoyon bo`lishidan iboratdir.


Immitatsion model umuman modellarning eng asosiy xususiyatiga egadir – u tajribaning ob’yekti bo`lishi mumkin, shunisi xam borki, eksperiment kompьyuter dasturi ko`rinishida keltirilgan model ustidan olib boriladi.
Immitatsion model tizimning diskret xolatlarining almashinuvining tasodifiy jarayonini aks ettiradi. Modelni kompьyuterda realizatsiya qilinayotgan paytda, tadqiqot predmeti sifatida o`rin olgan modellarning ko`rsatkichlari bo`yicha statistik ma’lumotlarni to`planishi amalga oshiriladi. Modellashtirish tugagandan so`ng to`plangan statistik ma’lumotlarga ishlov beriladi va modellashtirish natijalari tadqiqot qilinayotgan kattaliklarning to`plab olingan taqsimotlari ko`rinishida kelib chiqadilar.
Immitatsion modellar dasturlashning universal tillarining (Pascal, C, Fortran va b.) vositasi yordamida realizatsiya qilinishi mumkinligidir. Ular modellarning ishlab chiqilishi paytida deyarli cheksiz bo`lgan imkoniyatlarni taqdim etadilar. Ammo model dasturlashning universal tilida keltirilgan dasturlar ko`rinishida ko`pinchalikda tadqiqotchiga tushunarli bo`lmaydi. Axir tadqiqotchi konkret predmetli soxaning mutaxassisi qandaydir tilda dasturlashning barcha nozik tafsilotlarini bilishning keragi yo`q albatta. Shuning uchun modellashtirishning maxsuslashtirilgan tillari yaratilingan bo`lib, ular modelning barpo etilishini va modellashtirish natijalariga ishlov berilishlarini sezilarli darajada soddalashtiradilar va boshqa modellashtirishning eng keng tarqalganlaridan biri bo`lgan GPSS WORLD mazkur kursda ko`rib chiqilmoqda.
Immitatsion model deyarli xar qanday murakkab ko`rinishga ega bo`lgan ob’yekt keltirib berishi mumkindir. Bunda chegaralanishlar sifatida faqat bajaruvchining yetarli bo`lmagan malakasi va modelning adekvatligiga va natijaga o`ta aniqlik darajasida yetilishi lozimligining talablari xizmat qilishlari mumkindir. Bu esa katta xajmdan iborat bo`lgan statistik tanlanmalarning olinishi bilan bog`liqdir, bu xol o`z navbatida, modellar realizatsiyalarining katta sonini olinishi va binobarin yuqori samaradorlikga ega kompьyuterlarning bo`lishi lozimligiga olib keladi.
Agar analitik modelni murakkabligi modellashtiriladigan ob’yektning murakkablashgani 3.6 rasmda ko`rsatilganidek tezlanishli ravishda o`sib borsa, unda immitatsion modelning murakkabligi qandaydir S0 pog`onadan boshlab unchalik axamiyatga ega bo`lmagan darajada o`sadi.


Download 300.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling