1. Informatsion yetarlilik printsipi- Ob’yekt haqida ma’lumotlar umuman bo`lmaganida modelni qurish mumkin emasdir. Ma’lumotlar to`la bo`lganlarida modellashtirishni ma’nosini yo`qotadi. Informatsion yetarlilikning shunday pog`onasi mavjudki, unga yetib borishgandagina tizimning modelini qurish mumkindir.
2. Bajarish mumkinlik printsipi- barpo etilayotgan modellar tadqiqotining belgilangan maqsadiga cheklangan vaqt ichida amalga oshirishni ta’minlab berishi mumkindir.
3. Modellarning ko`plilik printsipi- har qanday konkert modellar real modelning faqatgina ayrim taraflarini aks etiradi. To`la tadqiqot qilish uchun tadqiqot qilinayotgan jarayonning qator modellarini qurish lozimdir, shu bilan birga har qaysi ketida qiluvchi model o`zidan avvalgisini aniqlab olish shartdir.
4. Tizimlilik printsipi-tadqiq qilinayotgan tizim standart matematik uslublar yordamida modellashtirilgan va bir-birlari bilan hamkorlik qiladigan ost tizimlarning majmuasi ko`rinishida taqdim etilishi mumkin.
5. Parametrizatsiya printsipi- ayrim ost tizimlar yagona bo`lgan parametrlar matritsa, grafik, formulalar yordamida harakatlanishlari mumkindirlar.
Mazkur kursning katta qismi amalga oshirilishi uchun kompьyuterlar qo`llaniladigan amaliy matematik modellar bilan bog`liqdirlar. Bunday qurilish informatikaning ichida aynan kompьyuterli matematik va kompьyuterli informatsion modellashtirishlargina uning tarkibiy qismlari bo`lib ham namoyish etilishlari mumkinligiga asoslangandir. Kompьyuterni matematik modellashtirish informatika bilan texnologik jihatdan bog`liqdir; kompьyuter va informatsiyaga ishlov berishning tegishli texnologiyalari fiziklar, muhandislar, iqtisodchilar, ekologlar, EXM loyihachilari va boshqalar tomonidan qo`llanilishi ularning ishlaridagi eng zaruriy tarafi bo`lib qoldi. Norasmiylashtirilgan verbal modellar na prinsiplar va na texnologik aspektlari jihatidan shunchalik yorqinroq berilgan bog`liqliklarga ega emasdilar
Do'stlaringiz bilan baham: |