Kompyuter injiniringi” fakulteti Dasturiy injiniring yo’nalishi
Download 0.82 Mb.
|
Mustaqil ish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Digital Equipment
3. IP адресларни урнатиш
TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol - uzatishni boshqarish qaydnomasi/Internet qaydnomasi) kompyuter tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir. TCP/IP jumlasi o’z ichiga Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) qaydnomalar nomlarini birlashtirib olgan qaydnoma bo’lib, u shunday qoidalar majmuiki, bunda TCP/IP barcha kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta’minot hamkorligini ta’minlaydi. Bu qoida jumladan, TCP/IP paketi bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyuterlaridan PC Compaq kompyuterlariga murojaat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma haqidagi barcha ma’lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi. Bunday siyosat bu sohaning tezkor rivojlanishiga olib keldi. Qaydnoma qanday qilib bir jumla boshqasi bilan bog’lanishini aniqlaydi. Bu aloqa programma ta’minotida quyidagicha dialogga o’xshash bo’ladi: “Men sizga ushbu ma’lumotni yuboryapman, keyin siz menga uning javobini yuborasiz, so’ngra men mana buni sizga yuboraman. Siz barcha ma’lumotlarni yig’ib, ularning umumiy natijasini qaytarib yuborishingiz shart”. Ma’lumotlar uzatishni boshqarishni to’la paketining har bir qismini qaydnoma aniqlaydi. Qaydnoma paketda elektron pochta orqali xabar telekonferentsiyalardan maqolalar yoki xizmat yuzasidan xabarlar borligini ko’rsatadi. Qaydnoma andozalari ish jarayonida ro’y berishi mumkin bo’ladigan noma’lum holatlarni, shuningdek xatolar talqinini o’z ichida e’tiborga oladi. Ko’pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta programma deb o’ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o’zida ma’lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o’zaro bog’lanish qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo’lib, u TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma’lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni yuborish, sistemaga olis masofalardan kirishni ta’minlash, fayllarni manzillarga jo’natish, xabarlarga yo’l ko’rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish. TCP/IP Internet global tarmog’ida keng foydalaniluvchi qaydnomalardir. U ham yirik korporativ tarmoqlarda, shuningdek, kompyuterlar soni oz bo’lgan lokal tarmoqlarda ham qo’llaniladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling