Konchilik fakulteti
Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
Download 1.49 Mb.
|
xavfsizlik MUSTAqil ish kem
Kuchlanish yo‘qligini tekshirish.
Kuchlanish yo‘qligini — ishlatish oldidan ishga yaroqliligini tekshirishga mo‘ljallangan maxsus asboblar yordamida yoki yaqin orada joylashgan va oldindan kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib tekshirib olingan kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida tekshirish zarur. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish ko‘rsatkichidan dielektrik qo‘lqoplarda foydalanish zarur. 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini izolatsion shtanga bilan uni tok o‘tkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yo‘qligining alomati uchqun chiqmasligi va chirsillash bo‘lmasligidir. 500 kV dan yuqori kuchlanishli bir zanjirli HLda kuchlanish yo‘qligining yetarli alomati chambarlanishning bo‘lmasligi hisoblanadi. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarida kuchlanishning yo‘qligini 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida III guruhga mansub navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tarkibidagi bitta xizmatchi tomonidan tekshirishga ruxsat etiladi. HLda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni ikkita xizmatchi bajarishi shart: 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda — IV va III guruhlarga mansub; 1000 V gacha kuchlanishli HLda — III guruhga mansub xodimlar tomonidan. Amalda sxemaning to‘g‘riligini tekshirish va kuchlanish yo‘qligini aniqlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi: maxsus kuchlanish ko‘rsatgichlari bo‘lmaganda OTQda, tashqarida o‘rnatilgan KTQ va KTPda, shuningdek, HLda tumanda, yomg‘ir, qor yog‘ayotgan vaqtda; 220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQda va 220 kV dan yuqori kuchlanishli ikki zanjirli HLda. HL va KLning kiritgichlarida amalda sxemaning to‘g‘riligini tekshirish bilan kuchlanish yo‘qligi bu liniyalarning tezkor boshqaruvi tasarrufida bo‘lgan navbatchi tomonidan tasdiqlanadi. HLda amalda sxemaning to‘g‘riligini tekshirish liniyalarning yo‘nalishi va tashqi alomatlarini, shuningdek, tayanchlardagi belgilarning dispetcherlik nomiga mos kelganligini tekshirishdan iborat. 6 — 20 kV kuchlanishli HLda yog‘och yoki temir-beton tayanchlarda, shuningdek, teleskopik minorada turib sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslanib ko‘rsatkich bilan kuchlanish yo‘qligini tekshirganda ko‘rsatkichning talab qilingan sezgirligi ta’minlanishi kerak. Buning uchun uning ishchi qismini erga ulash kerak. Simlari har xil balandlikda osilgan HLda kuchlanish yo‘qligini ko‘rsatkich yoki izolatsiyalovchi shtanga bilan tekshirish va erga ulagichlarni o‘rnatish pastdagi simdan yuqoriga qarab bajarilishi shart. Simlar gorizontal holda osilganda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni yaqin joylashgan simdan boshlash kerak. Neytrali erga ulangan, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatkichi qo‘llanilganda kuchlanish yo‘qligini ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning erga ulangan korpusi yoki erga ulaydigan (simi nolga ulangan) o‘tkazgich orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan voltmetrni ishlatishga ijozat beriladi. “Tekshirish” lampalarini qo‘llash taqiqlanadi. Apparat o‘chirilganligi haqida signal beruvchi tuzilmalar, blokirovka tuzilmalari, doimiy ulangan voltmetrlar va boshqalar kuchlanish yo‘qligini tasdiqlovchi faqat qo‘shimcha vositalar hisoblanadi va ularning ma’lumotlari asosida kuchlanishning yo‘qligi haqida xulosa qilish mumkin emas. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling