Konchilik fakulteti


Kabel elektr tarmoqlarida yer qazish ishlarini optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish


Download 1.49 Mb.
bet18/29
Sana20.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1711342
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
xavfsizlik MUSTAqil ish kem

3 Kabel elektr tarmoqlarida yer qazish ishlarini optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Yer qazish ishlari.
Yer osti inshootlari va kommunikatsiyalari joylashgan zonada kabellarni ta’mirlash yoki yotqizish bilan bog‘liq yer qazish ishlari ushbu yer osti inshootlari va kommunikatsiyalarining ekspluatatsiyasi uchun javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan va ish rahbari tayinlanib olib boriladi. Ruxsatga yer osti inshootlari va kommunikatsiyalarining joylashishi va yotgan chuqurligi ko‘rsatilgan reja ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Rejalarda belgilanmagan kabellar, quvurlar, yer osti inshootlari, shuningdek, qurol-yaroqlar topilsa, ular qaysi tashkilotga qarashli ekanligi aniqlanmaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsat olinmaguncha yer qazish ishlari to‘xtatilishi zarur.
Kabel trassasiga 5 m dan yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashinalar va mexanizmlardan, KLning muhofaza zonasida esa yer qazish mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi.
KLning muhofaza zonasida yer qazish mashinalaridan foydalanishga faqat ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari tomonidan qazish ishlari olib borilganda ruxsat beriladi. Bevosita kabel ustida qazish ishlarini yer qazish mashinalari va pnevmatik asbob-uskunalar hamda lomlar va kirkalar yordamida kabelgacha yoki uning himoya qatlamigacha 0,3 m yer qatlami qolguncha amalga oshirishga ijozat beriladi. Qolgan tuproqni qo‘lda belkurak yordamida olib tashlash shart.
Qish vaqtida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproq isitilgandan keyin kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabellarga 15 cm dan kam bo‘lmagan masofagacha yaqinlashtirishga ijozat beriladi.
Kotlovanlar, zovurlar yoki o‘ralarni qazish bo‘yicha ish joyi KMK 3.01.02-00 Qurilishda texnika xavfsizligi talablarini e’tiborga olgan holda to‘silgan bo‘lishi shart. To‘siqda ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar, tunda esa yorug‘lik signali bo‘lishi shart.
O‘pirilish xavfi bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda zovurlar qazilayotganda ularning devorlari ishonchli mustahkamlanishi shart.
Sochiluvchan tuproqlarda devorlarni mustahkamlamasdan, lekin uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda ishlarni bajarish mumkin.
Yer osti suvlari yo‘q tabiiy nam tuproqlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlar va zovurlar, mustahkamlanmagan tik devorlarning chuqurligini: uyilgan, qumli va yirik bo‘lakli yerlarda 1 m; qumloq yerlarda 1,25 m dan; qumoq va soz tuproqli yerlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi.
Zich yopishqoq tuproqlarda rotor va transheyali ekskavatorlar bilan mahkamlash qurilmalarini qo‘ymasdan, vertikal devorni 3 m gacha chuqurlikda kovlashga ijozat beriladi. Bunday hollarda zovurlarga odamlarning tushishi taqiqlanadi. Odamlarning bo‘lishi zarur bo‘lgan zovur qismlari tirgovichlar bilan mustahkamlanishi yoki yon tomonlari qiyalik holida bajarilishi shart.
Yilning qish vaqtida erning muzlagan qismini qazishni (erning quruq tuproq qismidan tashqari) tirgovichlarsiz bajarishga ijozat beriladi.
Yer qazish sharoitlari ushbu Qoidalarning 274-bandida keltirilganidan farq qilsa, kotlovanlar va zovurlarni qazish vertikal devorlarni tirgovich bilan mustahkamlab yoki qiyalikni saqlagan holda bajarilishi zarur.
Chuqurligi 3 m gacha bo‘lgan kotlovanlarni va zovurlarni mustahkamlash, odatda, inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalar bo‘yicha bajarilishi shart.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling