Konchilik fakulteti
Download 1.49 Mb.
|
xavfsizlik MUSTAqil ish kem
Elektr dvigatellar.
Elektr dvigatelda yoki u harakatga keltirayotgan mexanizmda tok o‘tkazuvchi yoki aylanayotgan qismlarga tegish bilan bog‘liq ishlar olib borilganda elektr dvigateldan kuchlanish olinishi shart. Elektr dvigatelning tok o‘tkazuvchi yoki aylanayotgan qismlariga va u harakatga keltirayotgan mexanizmga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar dvigatel ishlab turgan paytda bajarilishi mumkin. Elektr dvigatelda ish olib borilganda elektr dvigatelni TQ (yig‘ma) bilan bog‘lovchi kabel liniyasining istalgan qismiga erga ulagich o‘rnatilishi mumkin. Mexanizmda aylanayotgan qismlarga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishda va ulash muftasi ajratilganda kabel liniyasini erga ulash talab qilinmaydi. Agar o‘chirilgan elektr dvigatelda ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, undan ajratilgan kabel liniyasi elektr dvigatel tomonidan erga ulangan bo‘lishi shart. Kabel tolalarining kesimi ko‘chma erga ulagichni qo‘llashga imkon bermagan hollarda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr dvigatellarda kabel liniyasining ko‘ndalang kesimi — kabel tolasidan kam bo‘lmagan mis sim bilan erga ulashga yoki kabel tolalarini o‘zaro bir-biriga ulashga va ularni izolatsiyalashga ijozat beriladi. Bunday erga ulash va kabel tolalarini bir-biriga ulash tezkor hujjatlarda ko‘chma erga ulagichlar singari hisobga olinishi shart. Nasoslar, tutun so‘rgichlar va ventilyatorlarning elektr dvigatellarda ishga qo‘yishdan oldin, agar elektr dvigatellar ularga ulangan mexanizmlar orqali aylanib ketishi mumkin bo‘lsa, ularning surilma qopqoqlari va shiberlari berkitilishi va qulflanishi, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi shart. Ish olib borilayotgan elektr dvigatel oldida joylashgan bir turdagi yoki unga o‘xshash o‘lchamli elektr dvigatellarga ishlayotganidan yoki zaxirada turganidan qat’i nazar “TO‘XTA! KUChLANISh!” deb yozilgan plakatlar osilishi shart. Elektr dvigatellar ishlab turganda ularning aylanayotgan qismlariga qo‘yilgan to‘siqlarni olish taqiqlanadi. Uzatmalari qo‘lda boshqariladigan ishga tushirish apparaturalari bo‘lgan elektr dvigatellarini ulash va o‘chirish dielektrik qo‘lqoplarda bajarilishi zarur. Surilma qopqoqlar elektr uzatmalarini va bajaruvchi mexanizmlarni sinab ko‘rish, agar ularning elektr uzatmalari shiber, surilma qopqoq va boshqa qurilmalarga ulangan bo‘lsa, ushbu qurilmalar o‘rnatilgan texnologik sexning smena boshlig‘i ruxsati bilan brigada tomonidan amalga oshirilishi shart. Ruxsat berilganligi to‘g‘risida texnologik sexning tezkor jurnaliga, bu ruxsat olinganligi haqida esa sinab ko‘rishni o‘tkazayotgan sexning (uchastkaning) tezkor jurnaliga yozib qo‘yiladi. Bajaruvchi mexanizmlarga ulanishgan elektr uzatmalarining elektr sxemalarini, rostlovchi organlarini va berkituvchi armaturalarni ta’mirlash va sozlash farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin. Farmoyish bergan xodim ularni sinab ko‘rishga ruxsat beradi. Bu to‘g‘rida farmoyish ro‘yxatga olinayotganda yozilishi shart. Elektr dvigatelda ish to‘liq tugagunga qadar uni sinab ko‘rish uchun ulash tartibi quyidagicha: ish naryad bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ish bajaruvchi naryadda ish tamom bo‘lganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi; ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, ishlar to‘xtatilishi va brigada ish joyidan chiqarilishi shart. Sinab ko‘rilgandan keyin naryad rasmiylashtirilib, qayta ishga qo‘yish bajariladi Ish farmoyish bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa, brigadaga qayta ishga qo‘yishga farmoyish qaytadan beriladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling