Konferensiyasi


TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
162 
Dunyoqarash deb,shaxsning tabiatga,jamiyatga,o‘zining ijtimoiy muhitdagi o‘rniga 
o‘z-o‘ziga turli voqeliklarga munosabatini belgilab berdigan qarashlari,e‘tiqodi,hayotiy 
tajribasi va faoliyat tamoyillarining tizimiga aytiladi. 
Dunyoqarashni ikkita darajasi mavjuddir: 
birinchisi,kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati 
asosida to‘plangan bilimlar tasavvurlar,qarashlar tashkil qilsa, 
ikkinchisini,ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar,g‘oyalar yig‘indisi tashkil 
etadi.Ularning ikkalasi vir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,bir-birini to‘ldiradi.Kasbiy 
dunyoqarash kasbiy faoliyatning in‘ikosidir,unda ijtimoiy turmush aks etadi va kasbiy 
faoliyatga bog‘liq bo‘ladi. 
Dunyoqarash asrlar davomida jamiyat o‘zgarishi bilan rivojlanib,mazmunan o‘zgarib 
turadi.Buni biz ,ayniqsa mustaqillikka erishganimizdan keying yillarda o‘z jamiyatimiz 
hayotida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ,hozirgi davr talabiga javob 
beradigan yangi mafkura,fikrlar yaratilganligidan,unug asosida kishilarda yangicha tafakkur 
,dunyoqarash shakllanib borayotganligidan ham ko‘rishimiz mumkin. 
Faylasuf olimlar dunyoqarashning mifologik,diniy,falsafiy,ilmiy,kasbiy kabi turlarini 
aniqlaydilar. 
Mifologik dunyoqarash. ―Mif‖ tushunchasi yunoncha ―mythos» so‗zidan kelib chiqqan 
bo‗lib, afsona, rivoyat degan ma‘noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining 
dastlabki bosqichlariga xos bo‗lib, odamlar xulq-atvori va o‗zaro munosabatlarini tartibga 
solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining 
o‗ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‗lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy 
in‘ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‗z 
ifodasini ko‗proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda 
topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va 
voqealarini 
umumlashtirib, 
ularni 
hayoliy 
shakllarda 
tasvirlaganlar.Mifologik 
dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. 
Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar ko‗rinishida jonlantirib 
tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar o‗z mavzulari 
jihatdan turli tumandir. Ularning ba‘zilari dunyoning paydo bo‗lishi, uning tuzilishi, tabiat 
va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va 
hodisalarning o‗zaro munosabatlariga oid bo‗lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo 
bo‗lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‗rni, uning ishlari, tabiat kuchlari 
bilan olib borgan kurashlari, insonning ma‘naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‗limi 
va shu kabilarga bag‗ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‗zlaricha o‗sha 
davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni 
bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-
birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini 
ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‗chirish mumkin bo‗ladi. Mifologik dunyoqarashda 
tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‗rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir 
xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‗chirilgangligi sababli, u 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling