Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 164 vositalari, amaliy yo‗nalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me‘yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o‗zicha nisbatan mustaqil bo‗lgan har bir yo‗nalishi o‗ziga xos boshqarish 1- usuliga ega bo‗ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‗naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e‘tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va o‗ziga xos ta‘sir yo‗nalishlariga ega bo‗ladi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‗rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‗zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma‘naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko‗rsatgan. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‗nalishlarini milliy va umuminsoniy G‗oyalar atrofida uyg‘unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog‘liq bo‗lgani bois dunyoqarashlar o‗rtasida muayyan ziddiyatlar ro‗y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash, o‗z mohiyatiga ko‗ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‗rsatish imkoniyatiga ega bo‗lganligi uchun ham xalqni muayyan g‗oya atrofida birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasi— kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‗rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‗l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. Kasbiy dunyoqarash tushunchasi talabalarga falsafa,umumiy pedagogika,pedagogika nazariyasi fanlari oqali o‘rgatiladi.Kasbiy dunyoqarash tushunchasi o‘qituvchilik kasbi haqida yaxlit umumlashtirigan bilimlar,g‘oyalar turkumini hosil qiladigan ularni muayyan ijtimoiy guruhlar sinflar,ommaviy harakatlar,davlatlar maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o‘z-o‘zini ,amaliy faoliyat yo‘nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko‘p qirrali va sermazmun tushunchadir. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi.Dunyoqarash olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.Dunyoqarash inson dunyoni va o‘zini ma‘lum ma‘noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma‘naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi.Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz.―Dunyoqarash‖ tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma‘naviy barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi.CHunki, dunyoqarash ruhiy-ijtimoiy hodisa orqali oydinlashadi.Dunyoqarash bir davrda shakllanadi. Shu ma‘noda dunyoqarash ijtimoiy –tarixiy mohiyatga ega.Dunyoqarash muammosi bu qotib qolgan va unga tegib bo‘lmaydigan jarayon emas. U ham davrlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi.Geraklit fikricha, olamda hamma narsa harakatda. ―Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling