Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 163 xayolotga keng yo‗l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‗zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‗rsatishi mumkin. Qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta‘limotlarning o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, bunda asosiy e‘tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar – polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‗rin oldi. Evropada xristianlikning, SHarqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‗rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. «theos» – «markazdan o‗rin olgan xudo») xususiyat kasb etdi, ya‘ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‗onish davrida falsafa san‘at (estetika)ga va ko‗p jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII–XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‗landi, natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‗rin oldi. Diniy dunyoqarash mifologiya afsona negizida shakllangan va rivojlangan,voqelikning kelib chiqishi,rivojlanishi,istiqbolini xayoliy obrazlar,tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir.Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki,u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas balki xudoning qudrati bilan tushuntiradi.U hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta‘siri va mo‘jizaviy kuchi bor ,deb uqtiradi.Alloh tomonidan insoniyatga tushirilga muqaddas diniy kitoblarning har biri o‘z davridagi fikrlar va dunyoqarashning shaklllanishida alohida ahamiyatga ega.Bularga misol qilib Avesto,zabur,tavrot,injil va islom olamining muqaddas kitobi bo‘lgan Qur,oni Karimni va uning asosida yaratilgan hadislarni misol tariqasida ko‘rsatishimiz mumkin. Muqaddas kitobimiz sanalgan Alloh tomonidan mo‘min –musulmon olami uchun dasturul amal bo‘lgan Qur‘oni karim barcha diniy-ilmiy bilimlarni o‘zida qamrab olgan. Ayniqsa ,hozirgi kunda yurtimizda dinga bo‘lga e‘tibor,diniy-axloqiy dunyoqarashni rivojlantirishga berilgan imkoniyatlar talabalarda diniy dunyoqarashni shakllantirishda alohida ahmiyatga ega. Falsafiy dunyoqarash olam haqidagi yaxlit va sistemalashtirilgan bilimlar yig‘indisidir.Falsafa fanlarning onasi ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak,falsafiy dunyoqarash hissiy azolarimiz orqali erishilgan ma‘lumotlar asosida ilm-fan yordamida to‘plangan bilimlar yig‘indisidir. Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. YA‘ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‗zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya‘ni, inson, o‗z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali- zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya‘ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‗zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling