Ko‘p kriteriyali masalada yechim qabul qilish nazariyasi
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarining muammolari va yechish usullarini sinflash
Download 31.13 Kb.
|
Guli Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interaktivlik
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarining muammolari va yechish usullarini sinflash
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarini yechish davomida maqsadlarning aniqmasligi va o'lchamsiz kriteriyalarga o‘tish kabi o‘ziga xos savollarni aniqlashtirishga to'g'ri keladi. Ko‘p kri teriyali optimizatsiyaning usullarini yaratishda vujudga keladigan asosiy muammolarni sanab o'tamiz. 1.Kriteriyalarni normallashtirish, ya’ni ularni umumiy (o‘lchamsiz) masshtab o‘lchamiga keltirish muammosi. 2 . Optimallik prinsipini tanlash, ya’ni optimal yechim qaysi m a’noda boshqa yechimlardan (afzal) ustun ekanligini aniqlash muammosi. 3. Afzal kriteriyalarni aniqlash, ya’ni fizik, iqtisodiy va boshqa m a’nolardan kelib chiqqan holda, ayrim kriteriyalarning boshqalaridan afzal ekanligi muammosi. 4. Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarida optimumni hisoblash muammosi. Bu yerda, aniq xossaga ega bo‘lgan masala optimumini hisoblash uchun, chiziqli, nochiziqli, diskret optimizatsiya usullaridan foydalanish muammosi nazarda tutilgan. Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarini yechish davomida fk{x) kriteriyalarni normallashtirish zaruriyati kelib chiqadi, ya’ni barcha kriteriyalarni umumiy masshtab va o'lchamsiz ko‘rinishga keltirish kerak bo‘ladi. Keyinchalik, barcha kriteriyalar manfiymas, ya’ni 0 < fk(x), x G D holga keltiriladi. Ko‘p hollarda quyidagicha Ak(x) = A P almashtirish, yorda- * k mida o‘lchamsiz holga keltiriladi, bu yerda /£ = maxfk(x). BunxeD day normallashtirilgan kriteriyalar quyidagi ikki muhim xossaga ega bo‘ladi: birinchidan ular o'lchamsiz, ikkinchidan, ixtiyoriy x £ D da 0 < Ajfc(s) < 1 tengsizlikni qanoatlantiradi. Bunday holga keltirish kriteriyalarni bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi. 4.3-rasmda ko‘p kriteriyali masalalarni yechishda qo‘llaniladigan asosiy usullar keltirilgan. Ushbu usullar quyida batafsil bayon qilingan. Interaktivlik Yechim qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi sistema tomonidan taqdim etilgan m a’lumotlar asosida tanlash va yechim qabul qilishni hal qiluvchi "ekspert" ishtirokida ko‘p kriteriyali masalani yechish amalga oshiriladi. Bunda bir nechta "ekspertlardan" iborat bo'lgan guruhlar ishtirok etishi mumkin. Yechimni qidirishdagi algoritm va usullarda inson omilining ishtirok etishi interaktivlik deyiladi. 4-3-rasm Download 31.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling