Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


IX bob. Investitsiya muhiti, investitsiya va qurilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

IX bob. Investitsiya muhiti, investitsiya va qurilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar 

2020-yil 1-yarim yilligida o„zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 84,8 trillion so„m (prognoz — 

104 trillion so„m) yoki o„tgan yil mos davriga nisbatan 87,2 foizni tashkil etdi. 

Xarajatlarni optimallashtirish natijasida markazlashgan mablag„lar hisobiga investitsiyalarni 

o„zlashtirish  hajmi  o„tgan  yilning  mos  davriga  nisbatan  35,4  foizga,  aholi  mablag„lari  esa  —  25,7 

foizga qisqaradi. 

Shuningdek,  tarkibiy  islohotlarni  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  infratuzilmalarini  yaratish 

qismi  bo„yicha  davom  ettirish  va  markazlashgan  investitsiyalardan  foydalanishni  ko„paytirish 

maqsadida quyidagilar taklif etiladi: 

a) qisqa muddatli chora-tadbirlar: 

asosiy  kapitalga  investitsiyalarni  o„zlashtirish  hajmi  (barcha  moliyalashtirish  manbalari 

hisobiga)  216,8  trillion  so„mni,  shundan  to„g„ridan  to„g„ri  xorijiy  investitsiyalar  —  6,7  milliard 

dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar — 2,4 milliard dollarni tashkil etishi 

prognozlashtirilmoqda; 

206  ta  yangi  yirik  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  foydalanishga  topshirish  (Sho„rtan  GKK 

tozalangan  metani  negizida  sintetik  suyuq  yoqilg„i  ishlab  chiqarish,  “Navoiyazot”  AJ  negizida 

ammiak  va  karbamid  ishlab  chiqarish,  Taxiatosh  IESda  230  —  280  MVt  quvvatdagi  2-bug„-gaz 

qurilmasini ishga tushirish); 

O„zbekiston Respublikasi nomidan  yoki davlat kafolati ostidagi tashqi qarzlarni jalb qilish 

bo„yicha yangi imzolanadigan kelishuvlarga o„rnatiladigan yillik limitlar doirasida budjetni qo„llab-

quvvatlash  hamda  sog„liqni  saqlash,  ta‟lim,  qishloq  va  suv  xo„jaligi,  ichimlik  suvi  ta‟minoti  va 

oqava,  infratuzilma  va  yo„l  qurilishi,  energetika  va  boshqa  sohalardagi  loyihalarni  amalga  oshirish 

uchun  xalqaro  moliya  institutlari  va  xorijiy  hukumat  moliyaviy  tashkilotlarining  moliyaviy 

mablag„larini jalb qilish; 

420  million  dollar  miqdoridagi  grant  mablag„larini  jalb  qilish  bo„yicha  ishlarni 

tashkillashtirish; 




2021  —  2027-yillar  uchun  YI-O„zbekiston  hamkorligi  yangi  indikativ  dasturini  ishlab 

chiqish,  mazkur  dastur  doirasida  “koronavirusning  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlarini  kamaytirish”ni 

yaqin yillar uchun hamkorlikning ustuvor yo„nalishlaridan biri sifatida belgilab qo„yish; 

xorijiy  investorlarga  ko„zda  tutilgan  imtiyozlar  tizimini  mahalliy  investorlarga  qo„llash 

orqali ularni rag„batlantirish; 

quyidagilarga  investitsiya  loyihalarini  monitoring  qilishning  to„liq  va  uzluksiz  3  bosqichli 

tizimini joriy etish: 

tarmoq  (soha)  va  butun  iqtisodiyot  rivoji  uchun  loyihani  amalga  oshirishning  maqsadga 

muvofiqligi,  ustuvorligi  va  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligi  baholanishini  ta‟minlagan  holda 

investitsiya davridan oldin (loyihaning TIAni tasdiqlashdan oldin) takliflarni tayyorlash

investitsiya  davri  uchun  monitoringni  amalga  oshirish  (zayom,  qarz  shartnomalari 

imzolangan davrdan boshlab loyihani foydalanishga topshirgunga qadar); 

loyiha  foydalanishga  topshirilgandan  so„ng,  undan  foydalanish  davrida  (ekspluatatsiya) 

belgilangan natijalarga erishish jarayonini monitoring qilish

iqtisodiyotning  va  ijtimoiy  sohaning  ustuvor  yo„nalishlarini  inobatga  olgan  holda  davlat 

xususiy sherikchiligi asosida tarmoq rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish

tuman  (shahar)  markazlarini  sifatli  oqava  suv  tizimlari  bilan  ta‟minlashni  inobatga  olgan 

holda  Ichimlik  suvi  ta‟minoti  va  oqava  suv  tizimlarining  rivojlanish  dasturlari  va  konsepsiyalarini 

qayta ko„rib chiqish va ishlab chiqish

umumta‟lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun energotejamkorlik, 24 o„quv 

o„rnigacha sig„imli va boshqa talablarni inobatga olgan holda namunaviy loyihalarni ishlab chiqish

tarmoq va hududlarni rivojlanish sur‟atlarini ta‟minlash maqsadida xomashyodan — tayyor 

mahsulot  ishlab  chiqarish  zanjirini  o„zida  mujassamlashtirgan  yirik  investitsiya  loyihalarini  amalga 

oshirish borasida takliflar tayyorlash (birinchi navbatda, teri, ipak va qishloq ho„jaligi mahsulotlarini 

qayta ishlashga hamda “OKMK” AJ va “O„zeltexsanoat” uyushmasida misni chuqur qayta ishlashga 

e‟tibor qaratish lozim). 

Yuqoridagi chora-tadbirlar bilan birga quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: 

Davlat  budjeti  daromadlarini  prognozlash  parametrlarida  foydalanish  maqsadida  soliq  va 

bojxona  ma‟muriyatchiligida  yangi  axborot  tizimlarini  (onlayn  KKM,  elektron  hisobvaraqa,  dala 

hovli  va  turar  joyni  ijarasi,  o„zini  o„zi  band  qilish,  alkogol  mahsulotlarni  markirovkalash  )  joriy 

etishni kuchaytirish; 

qurilish  sohasidagi  manzilli  ishlar  hisobidan  soliq  to„lovchilarning  soliq  tushumlar 

to„liqligini  ta‟minlash,  shuningdek,  ish  haqi  fondini  kamaytirish  va  ishchilar  sonini  yashirish 

faktlarining oldini olish; 

tadbirkorlik  subyektlari  tomonidan  plastik  kartalarni  qabul  qilish,  kassa  mashinalarida 

nazorat  cheklarini  berish,  shuningdek,  soliqdan  qochishning  boshqa  yashirin  holatlari  yuzasidan 

nazoratni kuchaytirish. 

b) 2021-yilda qo„llash yuzasidan chora-tadbirlar: 

kambag„allikni  kamaytirish,  yangi  ish  o„rinlarini  yaratish,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 

oshirish  va  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  ta‟minlash  yuzasidan  “Davlat  investitsiyalarini 

boshqarish”  (PIMA  —  Public  Investment  Management  Assessment)  tomonidan  olingan  baholash 

natijalarini  hisobga  olgan  holda  2021-yildan  boshlab  investitsiya  loyihalarini  tanlab  olishning 

mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

birinchi  navbatda,  yuqori  kumulyativ  samara  ko„rsatadigan  (sanoat  korxonalari,  qishloq 

ho„jaligi,  xizmat  ko„rsatish  va  aholini  hududlarda  yuqori  taqsimlanish  darajasini  inobatga  olib) 

infratuzilma  loyihalarini  moliyalashtirish  yuzasidan  budjet  mablag„larini  samarali  va  oqilona 

taqsimlash maqsadida budjet resurslarini qayta yo„naltirish; 

tarmoq  va  hududlarning  to„g„ridan  to„g„ri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilishdagi 

salohiyatidan  kelib  chiqib,  ustuvor  yo„nalishlarni  inobatga  olgan  holda,  2025-yilga  qadar 

mo„ljallangan O„zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash; 

5  ta  hududda  “Loyihalar  fabrikasi”  mexanizmini  amaliyotga  joriy  etish  (Jizzax,  Navoiy, 

Samarqand, Surxondaryo va Farg„ona viloyatlarida); 




ko„priklar  va  yo„l  o„tkazgichlarni  qurish  va  rekonstruksiya  qilish  ishlarini  inobatga  olgan 

holda,  2030-yilgacha  mo„ljallangan  avtomobil  yo„llarini  kompleks  rivojlantirish  dasturini  ishlab 

chiqish; 

qishloq xo„jaligi sohasining qayta shakllanishi va rivojlanishini inobatga olgan holda, 2030-

yilgacha  mo„ljallangan  irrigatsiya  va  melioratsiya  tizimlarini  kompleks  rivojlantirish  dasturlarini 

ishlab chiqish; 

2030-yilgacha  mo„ljallangan  birinchi  tibbiy  yordam  ko„rsatish  obyektlarini  kompleks 

rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish

aholi yashash massivlarini qurish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali tuman 

(shahar)  markazlarida  urbanizatsiya  jarayonini  rivojlantirish,  shuningdek,  shahar  va  unga  tutash 

tumanlar orasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; 

chet  el  kapitali  ishtirokidagi  korxonalarning  daromadini  mamlakat  hududlariga  qayta 

investitsiya kiritishga jalb qilish; 

mavjud  va  barpo  etilayotgan  maydonlardan  oqilona  va  samarali  foydalanishni  inobatga 

olgan  holda,  qurilish  me‟yorlari  va  qoidalarini  zamonaviy  talablarga  (xalqaro  standartlarga) 

moslashtirish. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling