Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


VIII bob. Sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

VIII bob. Sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar 

Joriy  yilning  mart-aprel  oylarida  koronavirus  pandemiyasi  bilan  bog„liq  ichki  va  tashqi 

cheklov  choralari  natijasida  2020-yilning  birinchi  yarmida  sanoat  ishlab  chiqarishining  pasayishi 

o„tgan yilning shu davriga nisbatan 98,1 foizni tashkil etdi. 

Tashqi  talabning  qisqarishi  (gaz  ishlab  chiqarish,  avtomobilsozlik,  to„qimachilik),  import 

qilinadigan  qismlarni  yetkazib  berishni  cheklash  (elektrotexnika,  farmatsevtika)  va  ichki  talabning 

qisqarishi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, maishiy texnika, 

mebel) tarmoqlarda ishlab chiqarish faolligining pasayishidagi asosiy omillar sifatida xizmat qildi. 

a) qisqa muddatli chora-tadbirlar: 

sanoat  korxonalariga  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  (shu  jumladan,  sektorlar 

vakillari),  xo„jalik  birlashmalari  va  respublika  iqtisodiy  organlarining  birgalikdagi  sa‟y-harakatlari 

bilan (muammolar darajasini hisobga olgan holda) quvvatlardan foydalanishning karantindan oldingi 

darajasini (to„liq foydalanishga kirishni rejalashtirish bilan) tiklashda maqsadli yordam ko„rsatish; 

uchta  yoki  undan  ortiq  ishtirokchi  —  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar  (kabel  va  simlar, 

elektrotexnika,  to„qimachilik,  poyabzal,  oziq-ovqat  mahsulotlarining  va  h.k.)  ishtirokida  mahalliy 

ishlab chiqaruvchilar orasida davlat xaridlari tendyerlarini o„tkazish; 

O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “2020-yil  uchun  O„zbekiston 

Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta‟minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo„yicha 

qo„shimcha  chora-tadbirlar  to„g„risida”  2020-yil  16-apreldagi  232-son 

qaroridagi

 O„zbekiston 

Respublikasi  Davlat  budjeti  xarajatlarining  tegishli  bandlari  bo„yicha  mahalliy  ishlab 

chiqaruvchilardan davlat xaridlarini amalga oshirishda o„rnatilgan cheklovlarni echish; 

davlat xaridlarida mahalliy qurilish materiallari (sement, metall buyumlar) to„liqligini qat‟iy 

nazorat qilish; 

kuzgi-qishki  zaxira  uchun  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarini  (gurunch,  kartoshka,  sabzi, 

piyoz) sotib olish uchun ishlab chiqarish hajmini kengaytirish; 

tovar  bozorlarida  adolatli  raqobatni  ta‟minlovchi  va  ichki  ishlab  chiqaruvchilarning 

raqobatbardoshligini oshiruvchi sanoatga xos “Raqobatbardoshlik yo„l-xaritalari”ni ishlab chiqish va 

amalga oshirish

mahalliylashtirish  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  onlayn  monitoring  tizimini  ishga 

tushirish (www.localization.ijro.uz). 

yoqilg„i-energetika va kimyo sanoatida: 

respublikadagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kuvvatlardagi solishtirma shartli yoqilg„i 

sarfi miqdorini 340 dan 216 gr kamaytirish orqali tabiiy gaz iste‟molini 1,5 baravarga pasaytirish; 

“O„zbekneftgaz”  AJning  2020-yilga  mo„ljallangan  tabiiy  gaz  qazib  olish  prognozini 

ta‟minlash  uchun  (qo„shimcha  ravishda  4,47  milliard  kubometr  tabiiy  gaz  qazib  olish)  36  ta 

texnologik  chora-tadbirlari  bo„yicha  qurilish-montaj  ishlarini  o„tkazish,  121  ta  yangi  quduqni 

burg„ulash ishlari hamda 549 ta quduqni kapital ta‟mirlash ishlarini amalga oshirish; 

“Navoiyazot”  AJda  ammiak  va  karbamid  ishlab  chiqarish  hamda  “Qo„qon  superfosfat 

zavodi”  AJda  superfosfat  ishlab  chiqarish  uchun  yangi  ishlab  chiqarish  obyektlarini  loyihadagi 

quvvatlariga yetkazish; 

dunyoning  yetakchi  mamlakatlarining  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  0,4  —  6  —  10  kV 

past  kuchlanishli  elektr  tarmoqlarini  yangilash  va  rekonstruksiya  qilish  bo„yicha  maqsadli 

dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

eskirgan yuqori kuchlanishli 35 — 110 kV va 220 — 500 kV liniyalarni va podstansiyalarni 

yangilash va modernizatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish. 

metallurgiya va geologiya sanoatida: 




mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida foydali 

qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini qidirish ulushini 2020-yilda 35 foizga oshirish

geologiya-qidiruv ishlari natijalari to„g„risidagi hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini 

joriy qilish, foydali qazilma konlarini JORC Kodeksiga asosan qayta baholash va Davlat balansidagi 

zaxiralar balansining hisobini yuritish uchun JORC bo„yicha baholash natijalaridan foydalanish; 

ilmiy tashkilotlar, o„quv muassasalarini  yirik va  kichik biznes korxonalari  o„rtasida o„zaro 

yaqin hamkorligini bog„lash; 

avtomobilsozlik  sanoatini,  kamyob  metallardan  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  va  uning 

xomashyo  bazasini  rivojlantirish  maqsadida  mahalliy  xomashyo  resurslari  negizida  qo„rg„oshin-

kalsiyli,  qo„rg„oshin-nikelli  va  boshqa  turdagi  qotishmalarni  ajratib  olishda  innovatsion 

texnologiyalarni ishlab chiqish (kam uchraydigan metallardan foydalanish bilan) va jalb qilish

qimmatbaho  komponentlarni  ajratib  olib  tovar  mahsulotiga  aylantirish  imkonini  beruvchi, 

birlamchi  ishlab  chiqarish  va  boyitishda,  shuningdek,  ikkilamchi  texnogen  xomashyodan  yo„ldosh 

metallarni ajratib oluvchi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish; 

rangli,  qimmatbaho  va  noyob  metallarini  xorijiy  kompaniyalar  bilan  birgalikda  qazib  olish 

va  ishlab  chiqarish  bo„yicha  hamkorlik  qilish,  bu  rangli  metallurgiya  mahsulotlarining  tijorat 

tarkibini yaxshilaydi, uning raqobatbardoshligini va bozor talablariga muvofiqligini oshiradi; 

“Muruntog„”  karyerida  kon-transport  kompleksini  boshqarishning  avtomatlashtirilgan 

tizimini joriy etish; 

moliyaviy 

hisobotning 

xalqaro 


standartlarga 

muvofiq 


shakllantirish 

jarayonini 

avtomatlashtirish; 

strategik  ahamiyatga  ega  bo„lgan  qattiq  foydali  qazilmalarni  o„zlashtirish  uchun 

litsenziyalash tizimini takomillashtirish; 

zamonaviy  yuqori  samarali  geologiya-qidiruv  uskunalarini  joriy  etish  va  ilg„or  texnikalar 

bilan ta‟minlash. 

qurilish materiallari sanoatida: 

geologiya-qidiruv ishlari, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish 

sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish

sement  va  oyna  ishlab  chiqaruvchi  xususiy  korxonalar  soni  va  quvvatini  sezilarli  darajada 

oshirish  orqali,  ushbu  turdagi  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarishni  demonopolizatsiya  qilish  va 

kelgusida sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan chiqarish; 

sohadagi  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  “O„zsanoatqurilishbank”  ATB 

orqali xorijiy banklarning 175 million dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish; 

mashinasozlik sohasida: 

Respublikada  avtotransport  vositalarini  ishlab  chiqaruvchi  barcha  korxonalar  uchun  teng 

sharoitlar  yaratilishini  nazarda  tutuvchi  “Avtotransport  vositalarini  ishlab  chiqarish  sanoati 

to„g„risida”gi Nizomni qabul qilish; 

Qozog„iston  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda  Ozarbayjon,  Tojikiston  va  boshqa 

mamlakatlarda  ham  avtotransport  vositalarining  sanoat  usulida  yig„ishni  tashkil  etish  bo„yicha 

ishlarni jadallashtirish

elektromobillar  bozorini  rivojlantirish  uchun  zarur  infratuzilmani  yaratish  bo„yicha 

“maqsadli dastur” ishlab chiqish; 

“ERP”  (ishlab  chiqarish  jarayoni  va  sotishni  hisobini  yuritish)  zamonaviy 

avtomatlashtirilgan hisobot yuritish tizimini joriy etish; 

qishloq  xo„jaligi  texnikalarining  narxlarini  pasaytirish  maqsadida,  metall  prokat  iste‟moli 

uchun belgilangan standartlarni qayta ko„rib chiqish; 

qishloq xo„jaligi texnikalarining plastmassa qismlari, g„ildirak disklarini ishlab chiqarish va 

metall quyish sexini tashkil etish bo„yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; 

elektrotexnika  mahsulotlarining  eksportini  oshirish  maqsadida,  chegaradosh  hududlarda 

savdo zonalarini yaratish (Toshkent, Andijon, Farg„ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari); 

mis xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 49 ming tonnagacha oshirish, misni chuqur 

qayta  ishlash  va  yuqori  qo„shilgan  qiymatga  ega  tayyor  mahsulotni  (elektrotexnika  va  boshqa 




sohalarda)  ishlab  chiqarish  imkoniyatlarini  yaratish  maqsadida  yangi  investitsiya  loyihalarini  ishlab 

chiqish, ularni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish; 

elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish. 

iste‟mol tovarlarini ishlab chiqarishda: 

17 ta to„qimachilik korxonalarining 569,1 milliard so„m kredit qarzlarini to„lash grafiklarini 

inventarizatsiya qilish; 

narxlarni  belgilash  mexanizmlarini  takomillashtirish,  dori  vositilarini  markirovkalash  va 

kuzatish tizimini joriy qilish; 

oziq-ovqat  va  qishloq  xo„jaligi  mahsulotlarini  sotish  bo„yicha  O„zbekiston  Respublikasi 

tovar xomashyo birjasida maxsus alohida savdo maydonchasini yaratish; 

oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlari jarayoniga keng jalb etish; 

Respublikaning barcha hududlarida chakana savdo qoidalariga rioya qilgan holda oziq-ovqat 

mahsulotlari  bilan  “ko„chma  savdo”ni  rivojlantirish  orqali  tayyor  mahsulotlarni  sotish  hajmini 

kengaytirish. 

b) tarmoq islohotlarini davom ettirish choralari: 

davlat  ulushi  ishtirokidagi  korxonalarda  korporativ  boshqaruvni  takomillashtirish,  ularni 

xususiylashtirishga tayyorlash, shu maqsadda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish; 

davlat  korxonalarini  xususiylashtirishni  jadallashtirish  maqsadida  qarz  vositalari  va 

aksiyalar bozorini rivojlantirish. 

sobiq  “Toshkent  mexanika  zavodi”  misolida  hududlarda  mavjud  bo„lgan,  bo„sh  turgan  va 

kam quvvatda ishlaydigan obyektlar negizida texnoparklar yaratish; 

iqtisodiyotda  energiya  barqarorligini  ta‟minlash  uchun  ijtimoiy  limit  yoki  kompensatsiya 

mexanizmining joriy  etilishi  bilan energiya bozorini (tabiiy  gaz va elektr  energiyasi) erkinlashtirish 

va ushbu sohaga xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. 

yoqilg„i-energetika va kimyo sanoatida: 

ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  suyultirilgan  gazni  sotishni  faqat  birja  savdolari  orqali 

amalga oshirishga o„tish; 

gidroenergetika sohasida yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish; 

“O„zbekko„mir” AJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; 

logistika tizimini takomillashtirish uchun temir yo„l vagonlariga onlayn ariza berish tizimini 

qo„llash hamda shu orqali murojaat holatini kuzatish imkoniyatini joriy etish; 

Navoiy  viloyatidagi  Sangruntov  Aktau  konlarida  slanetsli  gazni  qayta  ishlash  bo„yicha 

ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni o„rganish; 

davlat  ulushi  ishtirokidagi  tarmoq  korxonalarini  investitsiya  majburiyatlarini  qabul  qilgan 

holda xorijiy investorlarga sotish. 

metallurgiya va geologiya sanoatida: 

kon-transport  kompleksini  boshqarishning  avtomatlashtirilgan  tizimini  joriy  etish  orqali 

“Yoshlik-I” konini o„zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish; 

qimmatli  komponentlarni  ajratib  olib  tovar  mahsulotiga  aylantirish  imkonini  beruvchi, 

birlamchi  ishlab  chiqarish  va  boyitishda,  shuningdek,  ikkilamchi  texnogen  xomashyodan  yo„ldosh 

metallarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish; 

mineral-xomashyo (kamyob elementlar, volfram, molibden, qalay, nikel kabi) konlarida (shu 

jumladan,  kam  tonnali)  tadqiqot  ishlarini  olib  borish,  kompleks  qayta  ishlash  bo„yicha  yangi 

texnologiyalarini  ishlab  chiqish  va  ushbu  metallarni  ishlab  chiqarish  bo„yicha  yangi  loyihalarni 

tashkil etish; 

kukunli  metallar  va  rangli  metallarni  qayta  ishlash,  zanglamaydigan  po„latdan  yasalgan 

buyumlar va undan navli prokat ishlab chiqarish uchun ustuvor texnologiyalarni ishlab chiqarish; 

mineral  gidroresurslar  (plast  suvlar,  minerallashgan  suv)ni  sanoat  ishlab  chiqarishga  jalb 

etish  uchun  kamyob  metallardan  tuzlarni  ajratib  olish  bo„yicha  ixtisoslashgan  ishlab  chiqarishni 

(korxona) yaratish; 

rangli  metallarga  asoslangan  holda  yuqori  darajada  ishlov  berilgan  mahsulotlar  ulushini 

ichki bozordagi talabning umumiy hajmidan kelib chiqib oshirish; 




yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun 

davlat-xususiy  sherikchilik  mexanizmidan  foydalangan  holda  yangi  obyektlar  qurilishini 

moliyalashtirishni tashkil etish; 

tadbirkorlik  subyektlarining  kichik  quyuv  sexlarini  yaratish  loyihalarini  amalga  oshirishda 

ishtirokini  cheklaydigan  qora  va  rangli  metallarning  parchalari,  chiqindilarni  sotib  olish  va  ularni 

qayta ishlash bo„yicha monopoliya tartibini bekor qilish; 

foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2021-yilda 40 foizga yetkazish

bozorbop  noruda  qazilmalarni  (kvars  qumi,  dolomit,  pardozbop  toshlar,  bazalt,  grafit  va 

boshqalar) izlash ulushini keskin oshirish; 

geologik  hisobotlarni  raqamli  formatga  o„tkazish  hamda  jahon  talablariga  mos  elektron 

ma‟lumotlar bazasini yaratish. 

qurilish materiallari sanoatida: 

qurilish  materiallarini  diversifikatsiya  qilish  va  uning  turlarini  kengaytirish,  ustuvor 

yo„nalishlarga  muvofiq  mahalliy  xomashyodan  sement,  qurilish  oynasi,  zamonaviy  energiya 

tejaydigan  devorbop  materiallar,  keramik  plitkalar  va  mahsulotlar,  tabiiy  tosh  va  kompozitsion 

materiallardan  tayyorlangan  mahsulotlar,  pardoz  materiallari  va  boshqa  materiallar  ishlab  chiqarish 

hajmlarini ko„paytirish; 

qurilish  materiallari  ishlab  chiqarishning  energiya  sig„imini  kamaytirish  (quruq  ishlab 

chiqarish usulda yoqilg„i sarfini 127 sh.yo. gacha kamaytirish); 

pishgan  g„ishtning  anologik  hajmini  ishlab  chiqarishga  nisbatan  tabiiy  gaz  sarfini  6 

barobarga  kamaytirish  imkonini  beruvchi  devorbop  materiallar  ishlab  chiqarishda,  pishgan  g„isht 

ishlab chiqarishdan energiya tejaydigan devorbop materiallarga (gazobeton yoki g„ovakli penobeton) 

bosqichma-bosqich o„tish; 

sement ishlab chiqarish korxonalari negizida qurilish materiallari klasterini yaratish. 

mashinasozlik sohasida: 

xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish 

Strategiyasini ishlab chiqish; 

avtomobilsozlik  sanoatida  jahonning  yetakchi  ishlab  chiqaruvchilari  (Yaponiya  va  Janubiy 

Koreya) tajribalaridan kelib chiqib, har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash; 

avtomobilsozlik  sanoatida  mahalliy  sanoat  korxonalari  tomonidan  ishlatiladigan 

xomashyolar asosiy turlarini mahalliylashtirish (po„lat, yassi shisha, kauchuk); 

avtomobilsozlik  sanoatida  yuqori  texnologik  ehtiyot  qismlarini  (shassi,  transmissiya,  rul 

boshqaruvi) mahalliylashtirishni asosiy yo„nalish etib belgilash; 

texnologik  uskunalarni  (shtamplash,  payvandlash,  bo„yash  va  yig„ish  liniyalari 

texnologiyalari) ishlab chiqish va rivojlantirish; 

sohaning  muhandislik  salohiyatini  rivojlantirish  (ikkilamchi  bozor  uchun  butlovchi  qism, 

aksessuarlar ishlab chiqarish va tyuning); 

milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish

“Lean  menedjment”,  “Kaydzen”,  “5S”,  “Kanban”  texnologiya  va  standartlari  asosida 

kamxarj usullarda qishloq xo„jaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; 

qishloq xo„jaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, ba‟zi kam 

samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish; 

import  qilinayotgan  tayyor  elektrotexnika  va  elektromaishiy  texnika  mahsulotlariga 

utilizatsiya yig„imini joriy etish; 

elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish; 

elektrotexnika  sanoatida  energiya  va  boshqa  resurslarni  tejaydigan  texnologiyalarni,  shu 

jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg„or texnologiyalarni joriy etish 

orqali energiya samaradorligiga erishish; 

mudofaa  sanoatida  yangi  avlod  elektrotexnika  mahsulotlari  va  sanoat  jihozlari  ishlab 

chiqarishni tashkil etish; 

Koreyaning  Ilg„or  Texnologiyalar  Instituti  (KAIST),  Tokio  Ilg„or  Texnologiyalar  Instituti 

(Yaponiya), “Nanyang” Texnologiya Universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari 

bilan muzokaralar o„tkazish orqali davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani 



yuqori  malakali  kadrlar  bilan  ta‟minlash  maqsadida,  elektronika  va  elektrotexnika  sohasidagi 

mustaqil o„quv yurtini tashkil qilish. 

iste‟mol tovarlarini ishlab chiqarishda: 

tijorat  banklari  tomonidan  eksportdan  oldingi  moliyalashtirishni  kamida  6  oy  muddatga 

aylanma liniyalar shaklida taqdim etish amaliyotlarini joriy etish

2020  —  2022-yillarda  150  million  dollardan  kam  bo„lmagan  miqdorda  charm-poyabzal 

sanoatidagi  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  xorijiy  banklarni  uzoq  muddatli  kredit 

liniyalarini jalb etish; 

respublikada,  shu  jumladan,  mavjud  kichik  biznes  subyektlari  negizida  qo„shma 

korxonalarni  tashkil  etish  uchun  tayyor  mahsulotlarni  tikish  bo„yicha  yirik  buyurtmalarni 

shakllantirish  hamda  eksportbop  tayyor  tikuv-trikotaj  mahsulotlari  ishlab chiqarishga  ixtisoslashgan 

jahon brendlarini jalb qilish; 

xalqaro  tashkilotlar  ko„magida,  tarmoq  korxonalariga  AQSh  va  Yevropada  tan  olingan 

zamonaviy xalqaro sertifikatlarni olishni tashkil etish; 

korxonalarda  sifat  boshqaruvi  tizimini  va  xalqaro  standartlar  talablariga  muvofiq  ilg„or 

texnologiyalarni joriy etish; 

Yevropa  Ittifoqi,  Turkiya,  Koreya,  Hindiston,  Xitoy  va  boshqa  mamlakatlardan  kiyim-

kechak,  trikotaj,  charm-poyabzal  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bo„yicha  yetakchi  mutaxassislarni 

maslahatchi sifatida sohani isloh qilish bo„yicha jalb etish; 

xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali kadrlar (texnolog va dizaynyerlar), 

ularni  zamonaviy  usullarda  hamda  ishlab  chiqarish  uchun  innovatsion  yondashuvlarga  o„rgatish 

bo„yicha chet el universitetlarini (Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya) tashkil etish; 

farmatsevtika  sanoatida  kadrlarni  tayyorlash  uchun  Buyuk  Britaniyaning  ilg„or 

universitetlarini (De Montfort, Sanderlend, Dandi) jalb qilish; 

ichki  bozorda  narx  barqarorligini  ta‟minlash  va  iste‟mol  tovarlari  ishlab  chiqaruvchi 

korxonalarning  eksport  salohiyatini  oshirish  maqsadida  iste‟mol  tovarlari  va  qayta  ishlangan 

mahsulotlar uchun yangi quvvatlar va omborlar yaratish. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling