Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


X bob. Xizmatlar va raqamlashtirish sohasidagi eng muhim chora-tadbirlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

X bob. Xizmatlar va raqamlashtirish sohasidagi eng muhim chora-tadbirlar 

Koronavirus  pandemiyasi  xizmatlar  sohasiga,  ayniqsa,  transport  xizmatlari,  mehmonxona 

xizmati,  umumiy  ovqatlanish,  noiste‟mol  tovarlari  bilan  savdo  qilish,  ta‟lim  xizmatining  barcha 

turlari, san‟at va dam olish obyektlari xizmati sohasiga nisbatan kuchli ta‟sir qildi. 

Ushbu  sohalardagi  korxonalar  faoliyatining  qisqartirilishi  karantin  choralariga  va  gavjum 

joylarda infeksiya tarqalishining oldini olish bilan bog„liq. 

Hisob-kitoblarga  ko„ra,  joriy  yilning  birinchi  yarmida  ko„rsatilgan  xizmatlar  hajmi  2,6 

foizga  o„sdi,  shu  jumladan,  transport  xizmatlari  —  9,1  foizga  kamaydi,  savdo  —  0,8  foizga  o„sdi, 

yashash va umumiy ovqatlanish — 17,1 foizga kamayishi kuzatildi. 

Shu bilan birga, bank-moliya, axborot va telekommunikatsiya hamda tibbiyot kabi tarmoqlar 

qo„shimcha imkoniyatlarga ega bo„ldi. 

Xususan,  masofaviy  bank  xizmatlariga  bo„lgan  talabning  ortishi  moliyaviy  xizmatlar 

hajmining 35,9 foizga o„sishiga turtki bo„ldi. 

Aholining Internet tarmog„iga uzluksiz ulanish imkoniyati bilan ta‟minlash, elektron tijorat 

kanallarining  ishlashi,  maktab  o„quvchilari  va  universitet  talabalari  uchun  onlayn  darslarni 

translatsiya  qilish,  videokonferensiyalar  o„tkazish,  masofaviy  ishlarni  tashkil  etish  va  karantin 

sharoitida  ijtimoiy  tarmoqlarni  faollashtirish  bo„yicha  ko„rilgan  chora-tadbirlar  natijasida  axborot-

kommunikatsiya xizmatlari 15,1 foizga o„sdi. 

Xizmatlar  sohasi,  ayniqsa,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  faoliyatini  tiklashda 

asosiy  muammo  koronavirus  pandemiyasi  davrida  ularning  faoliyatini  tiklashga  ehtiyotkorlik  bilan 

yondashishdir. Shu munosabat bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko„zda tutilgan: 

nooziq-ovqat  tovarlari  savdosining  zamonaviy  shakllarini  tashkil  etish  va  kengaytirish 

(“Ekobozor”, “Korzinka” va “Makro” kabi yirik savdo tarmoqlari tajribalariga asoslangan holda); 

umumiy  ovqatlanish,  tozalash,  yuvish  va  tikish,  maishiy  texnikalarni  ta‟mirlash  kabi 

zamonaviy  xizmatlar  ko„rsatuvchi  savdo  tashkilotlari  tarmog„ini  rivojlantirish,  bu  o„z  navbatida, 

bank  tizimi  orqali  moliyaviy  aylanmalarni  faollashtiradi  va  budjetga  soliq  tushumlarini  oshiradi, 

shuningdek,  savdo  tizimidagi  raqobatni  oshiradi  va  mijozlarga  xizmat  ko„rsatish  madaniyatini 

takomillashtiradi; 

ulgurji  savdoning  barcha  turlarida,  jumladan,  qishloq  joylarda  xo„jalik  yurituvchi 

subyektlarning  tovar  bozorlariga  kirish  imkoniyatini  kengaytirishga  qaratilgan  raqobat  muhitini 

shakllantirish; 

“dala-peshtaxta”  tamoyiliga  asoslangan  holda  qishloq  xo„jaligi  bozorlariga  mahsulotlarni 

to„siqsiz yetkazib berilishini ta‟minlash. 

Ko„plab xizmat ko„rsatish korxonalari uchun joriy yilning oxirigacha tiklanish omili bu — 

ularni qisqa muddatli aylanma mablag„lari bilan ta‟minlash, sanitariya-gigiyena talablarini joriy etish 

uchun  zarur  bo„lgan  moliyaviy  resurslarni  ajratish  va  tezkor  tarzda  faoliyat  yuritishga  ruxsat 

berishdir. 



Xizmatlar  sohasini  qo„llab-quvvatlashda  turizm  va  mehmonxona  biznesiga  alohida  etibor 

qaratish  lozim. Joriy  yilning  birinchi  yarim  yilligida  turistik  xizmatlar  eksporti  hajmi  203,2  million 

dollarni (o„tgan yilning shu davriga nisbatan 66,3 foizga kam) tashkil etdi. 

Ushbu  sohani  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  qabul  qilingan  qarorlarni  hisobga  olgan  holda, 

barcha  tegishli  normativ-huquqiy  hujjatlarni  tezkor  ravishda  tasdiqlash  va  ularning  to„liq  va  sifatli 

ijrosini har oyda qattiq nazorat qilish talab etiladi. 

Joriy  va  kelgusi  yilda  xizmat  ko„rsatish  sohasining  asosiy  “o„sish  nuqtasi”  axborot 

texnologiyalari sohasi bo„ladi. 

Xizmatlarning  uzluksizligini  ta‟minlash  bo„yicha  vazifalarni  amalga  oshirish  natijasida, 

shuningdek,  karantin  davrida  aholining  telekommunikatsiya  xizmatlariga  bo„lgan  talabining  ortib 

borishini hisobga olgan holda, AKT faoliyati bilan shug„ullanuvchi korxonalar soni 16,1 foizga o„sdi 

va  8,4  mingtani  tashkil  etdi,  shundan  dasturiy  ta‟minot  ishlab  chiqaruvchilar  2,5  ming  korxonani 

tashkil etadi (19,9 foizga o„sish). 

9 186 ta (47 foiz) ijtimoiy soha obyektlariga 7 068 km optik-tolali aloqa liniyalari o„rnatildi 

va buning natijasida 4 693 ta (46 foiz) maktab, 2 811 ta (49 foiz) maktabgacha ta‟lim hamda 1 682 ta 

(48 foiz) sog„liqni saqlash muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish imkoni yaratildi. 

11 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 119,7 million dollari miqdorida yoki 

prognozga nisbatan 130 foiz investitsiyalar o„zlashtirilishi kutilmoqda (o„sish sur‟ati — 2,4 baravar). 

6 ming km dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari hamda 281 mingta ulanish portlari o„rnatildi. 

“Jizzax”  EIZ  hududida  yiliga  50  ming  kmgacha  mahsulot  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega 

optik-tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi. 

Natijada, AKT sohasidagi xizmatlar hajmi 5,7 trillion so„mni tashkil etib, o„sish sur‟ati 122 

foizga  teng  bo„lishi  prognoz  qilinmoqda,  shu  jumladan,  dasturiy  mahsulotlar  hajmi  435  milliard 

so„mga (o„sish sur‟ati 104,3 foiz) o„sishi kutilmoqda. 

AKT  xizmatlari  eksporti  hajmi  30  foizga  o„sib,  78  million  dollarni,  shundan  dasturiy 

mahsulotlar — 6,8 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 

Internet tezligi 6 foizga, mobil internet tezligi esa 18 foizga oshdi. 

Raqamlashtirishni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  quyidagi  ustuvor  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish rejalashtirilgan: 

a) 2020-yil yakuniga qadar: 

Internet tezligini 10 foizga, mobil Internet tezligini esa 22 foizga oshirish; 

kamida 700 ming keng polosali ulanish portlarini o„rnatish va ularning umumiy sonini 2,8 

millionga yetkazish orqali Internetga ulanish imkoniyatini kengaytirish

Respublika  bo„yicha  1  052  ta  mobil  aloqa  bazaviy  stansiyalarini  o„rnatish  va  ularning 

umumiy  sonini  28,3  mingtaga  yetkazish  orqali  mamlakatning  aholi  punktlarini  qamrab  olish 

darajasini 70 foizdan 90 foizga oshirish; 

Toshkent shahrida mobil Internet tarmog„ining beshinchi avlodini (5G) joriy etish bo„yicha 

tajriba loyihasini amalga oshirish; 

rejalashtirilgan 6 ming kmga qo„shimcha 1,5 ming km optik-tolali aloqa liniyalarini qurish 

va ularning umumiy uzunligini 50 ming kmga yetkazish orqali telekommunikatsiya xizmatlari sifatini 

yaxshilash; 

xalq  ta‟limi  muassasalarining  70  foizini  hamda  maktabgacha  ta‟lim  va  sog„liqni  saqlash 

muassasalarining 100 foizini yuqori tezlikdagi Internetga ulash; 

“O„zbektelekom”  AK  ma‟lumotlar  saqlash  va  qayta  ishlash  markazining  (ma‟lumotlar 

markazi) sig„imini 5 baravarga kengaytirish (5 Petabaytgacha); 

dasturlash, grafik dizayn, elektron tijorat asoslari bo„yicha  yoshlarni o„qitish uchun barcha 

hududlarda raqamli texnologiyalar bo„yicha o„quv markazlarini ochish

Oliy ta‟lim va xalq ta‟limi muassasalarining Internet-resurslariga bepul kirish imkoniyatini 

yaratish (14 ta ta‟lim resurslari); 

elektron  vaucher  va  kesh-bek  xizmati  tizimini  rivojlantirish  orqali  elektron  tijoratni 

takomillashtirish; 

elektron tijorat sohasida qonun hujjatlari, statistik hisob va soliq tizimini takomillashtirish




elektron sog„liqni saqlash sohasidagi axborot tizimlarini, jumladan “Yagona elektron tibbiy 

karta”,  “Poliklinika”  va  “Laboratoriya”  tizimlarini,  COVID-19  koronavirusini  yuqtirgan  shaxslarni 

ro„yxatga  olish  ma‟lumotlar  bazasini  hamda  karantin  davrida  harakatlanish  uchun  ruxsat  berish 

tizimini joriy etish; 

o„quv axborot tizimlari va dasturiy ta‟minot mahsulotlarini, shu jumladan, maktablar uchun 

elektron  kundalik  va  jurnal  tizimini,  ta‟lim  muassasalariga  kirish  uchun  hujjatlarni  onlayn  qabul 

qilish (“Abituriyent”) tizimini hamda oliy o„quv yurtlarida masofaviy ta‟lim platformasini joriy etish; 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini modernizatsiya qilish va uning mobil ilovasini 

ijtimoiy  himoya,  notarial  faoliyat,  hujjatlarni  rasmiylashtirish,  to„lovlarni  amalga  oshirish  va 

boshqalarga doir kamida 50 ta yangi elektron xizmatlarni joriy etish hisobiga takomillashtirish

elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida elektron hukumat 

foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo„yicha yagona axborot tizimini modernizatsiyalash; 

“Elektron  litsenziyalash”  tizimini  modernizatsiyalash,  litsenziya  va  ruxsatnomalar 

turlarining kamida yarmini elektron shaklga o„tkazish; 

davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  va  tashkilotlarning  axborot  tizimlari  bilan 

integratsiya qilingan elektron hukumat axborot tizimini joriy etish

Toshkent  shahridagi  IT-Park  ijtimoiy  infratuzilma  obyektlarini  hamda  Al-Xorazmiy 

nomidagi  ixtisoslashgan  IT-maktab  hududida  va  viloyatlarda  (Namangan,  Buxoro,  Samarkand, 

Urganch, Nukus, Guliston shaharlarida) uning filiallarini qurish; 

jamoaviy  moliyalashtirishni  (kraudfanding)  tashkil  etishga  qaratilgan  investitsiya 

platformalaridan 

foydalangan 

holda 

startap-loyihalarni 



moliyalashtirishning 

alternativ 

mexanizmlarini joriy etish; 

IT-park  rezidentlarining  loyihalarini  xorijda  targ„ib  qilish  maqsadida  AQShda  IT-Park 

vakolatxonasini ochish; 

Internet-do„konlar bilan ishlash va o„z mahsulotlarini tashqi savdo maydonchalarida reklama 

qilish bo„yicha tadbirkorlarni onlayn o„qitish uchun platforma yaratish; 

yuridik ahamiyatga ega bo„lgan elektron hujjatlarni hisobga olish va yetkazib berish davlat 

axborot tizimini joriy etish. 

Mazkur  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  2020-yil  yakunigacha  AKT  xizmatlari 

hajmini  8  foizga  va  dasturiy  mahsulotlar  hajmini  20  foizga  oshirib,  AKT  xizmatlari  eksportini  172 

million dollarga, jumladan, dasturiy mahsulot eksportini 20 million dollarga oshirishga imkon beradi. 

b) o„rta muddatli chora-tadbirlar va boshlangan tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 

to„g„ridan  to„g„ri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etgan  holda  mahalliy  uyali  aloqa 

operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish bo„yicha takliflar tayyorlash

mintaqaviy  va  xalqaro  ma‟lumot  o„tkazish  tarmoqlarining  viloyat  markaziga  o„tkazish 

imkoniyatini  400 Gbit/s gacha (2 baravar) va viloyat  markazidan tuman markazigacha 60 Gbit/s  ga 

(1,5 baravar) oshirish; 

xalqaro aloqa kanallarining o„tkazish imkoniyatini 3 000 Gbit/s gacha (2,5 baravar) oshirish 

orqali xalqaro kommunikatsiya markazlarini kengaytirish; 

qishloq joylarda qo„shimcha 2,2 mingta bazaviy stansiyalarni o„rnatish va ularning umumiy 

sonini 30,5 mingtaga yetkazish orqali uyali aloqa sifatini yaxshilash; 

respublikaning  barcha  ijtimoiy  muassasalari,  qishloq  va  mahallalarini  yuqori  tezlikdagi 

Internet tarmog„iga ulash bo„yicha ishlarni yakunlash; 

sig„imi 100 Petabayt bo„lgan ikkita yangi korporativ ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlash 

markazlarini va 20 Petabayt sig„imiga ega bo„lgan elektron hukumat markazlarini qurish; 

davlat  bojlari  va  yig„imlarini  kamida  yarmini  elektron  to„lov  shakliga  o„tkazish  hisobiga 

elektron hukumatning yagona billing tizimini modernizatsiyalash; 

respublikaning boshqa mintaqalarida (Jizzax, Qarshi, Navoiy va Termiz) IT-Park faoliyatini 

kengaytirish  va  10  ta  oliy  o„quv  yurtlarida  startap-loyihalarni  qo„llab-quvvatlash  markazlarini 

yaratish; 

“O„zbekiston pochtasi” AJning elektron savdo maydonchasi uchun axborot tizimini yaratish 

va uni xorijiy Internet platformalari bilan integratsiyalash. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling