Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati
Korrupsiyaga oid ma’muriy va boshqa javobgarlik turlari
Download 489.05 Kb.
|
1.1. Маъруза матн (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu 79-moddada keltirilgan qoidaga muvofiq, …
Korrupsiyaga oid ma’muriy va boshqa javobgarlik turlari:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi moddalari: 15-m.Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi; 61-1-m. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish; 179-3-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish 179-5-m. Qasddan bankrotlikka olib kelish; XVI1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (241-1-241-11 m.m.). O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi moddalari: 6-modda. Mehnatga oid munosabatlarda kamsitishning taqiqlanishi; 34-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik; 78-modda. Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi. Ushbu 79-moddada keltirilgan qoidaga muvofiq, … “O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek erxotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, - bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi”. Ushbu 79-moddada keltirilgan qoidaga muvofiq, … “O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek erxotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, - bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi”. XULOSA Xulosa qilib aytganda, davr o‘zgarishi bilan dunyo ham o‘zgarib, korrupsiyaning shakli va ko‘lami ham o‘zgarib borgan. Bugungi globallashuv va jahon iqtisodiyotining keskin rivojlanishi sharoitida korrupsiyaning xalqaro darajaga chiqishiga va zamonamizning eng ommaviy va xavfli hodisalaridan biriga aylanishiga imkon yaratib berdi. Hozirgi kunda korrupsiya butun dunyodagi eng dolzarb va jiddiy muammolardan biri hisoblanadi: Jahon Banki Institutining Global Dasturlar direktori Daniel Kaufmanning The Cato Journalining 2007 yildagi nashridagi so‘zlariga ko‘ra, 2007 yildan boshlab ishbilarmonlar doirasida olinayotgan va berilayotgan pora miqdori trillion dollardan oshib ketgan - bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 2 foizidan ortig‘ini tashkil etadi degani. Korrupsiya nima o‘zi, uning sabablari va oqibatlari davlatlar rivojiga, jamiyatga va iqtisodiyotga ta’siri nimada va XXI-asrda unga qarshi kurashish tendensiyasi va yo‘nalishlari qanday bo‘lishi joiz, bularning barchasi chuqur taxlil va munozaralarga sabab bo‘ladigan juda ulkan jiddiy mavzu. Ushbu talablardan kelib chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va kelajakda qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qonunlar huquqni muhofaza qilish organlarini, xususan ichki ishlar idoralarini xizmat faoliyatini me’yoriy tartibga solish, huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari, ish prinsiplari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda. Korrupsiyaga va uning ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurash muntazam va kompleks tarzda olib borilib, ijtimoiy xayotning barcha sohalarini, ayniqsa davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni qamrab olmog‘i darkor. Bu borada albatta katta e’tibor korrupsiyani oldini olish chora tadbirlariga qaratilishi bilan bir vaqda jinoiy-huquqiy choralar majmuiga ham e’tibor qaratishimiz joiz. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar milliy qonunchiligimizning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jihatlarini jiddiy kuchayishiga olib keldi. Ayniqsa, 2014 yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi, 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasiga kiradi. Mazkur qonunning alohida muhim jihati shundan iboratki unda nafaqar korrputsiyaga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan, balkim “korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi” kabi huquqiy atamalarga ham izoh berib ketilgan. Lekin, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ko‘lami yanada keng. Korrupsion jinoyatlarni maxsus profilaktika qilish, bu boradagi maxsus qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini samaradorligini oshirish, mansabdor shaxslarni huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish, ular tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik shuningdek, boshqaruv faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni talab etadi. Bunday sharoitda, korrupsiyaga oid qonunchilikdagi salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish, yanada keng ko‘rinishdagi ijtimoiy-huquqiy nazoratni kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi. Shuningdek, korrupsion illatlarga qarshi kurashda mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vakolatini suiste’mol qilishni oldini oluvchi maxsus huquqni cheklovchi maxsus profilaktik kompleks tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Download 489.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling